1 Mavzu. Mutaxassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari va predmeti Reja: 1.Mutaxassislikka kirish fani va uning vazifalari 2.Oliy maktabning o’rta maktabga nisbatan xususiyatlari Tayanch iboralar mutxassislikka kirish, oliy maktab, o’rta maktab, tahlil va sintez makro va mikro daraja, didaktik, deduksiya, induksiya
1. Mutaxasisslikka kirish fani va uning vazifalari O’zbekiston qadimdan yuqori darajada taraqqiy etib kelgan dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi bo’lib, u bir necha ming yillik tarixga ega. O’zbekistonO‘zbekiston qadimdan yuqori darajada taraqqiy etib kelgan dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi bo‘lib, u bir necha ming yillik tarixga ega. O‘lka aholisi mazkur hudud uchun an’anaviy bo‘lgan paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Hunarmandchilikning qator xillari rivojlangan. Tarixiy davr ichida o‘zbek avlodlari sug‘orish ishlarini keng yo‘lga qo‘ygan edilar.
Jahonda Al Xorazmiy, Imom al Buxoriy, Ahmad al Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Naqshbandiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon kabi nomlari dunyoga tanilgan qomusiy olimlar, shoirlar, ma’rifatchilar, lashkarboshilarni etkazib bergan o‘zbek xalqi o‘z mamlakatining mustaqil bo‘lishini orzu qilib kelgan edi. Mushtoqlik bilan kutilgan ana shu kun keldi.
1991 yil O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi, shu yilning 1 sentabrida mamlakatimiz mustaqilligi e’lon qilindi. 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), O‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibiga kirishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shunday qilib, O‘zbekiston jahon tarixida nufuzli bo‘lgan tashkilotning teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi tasdiqlandi. Bu hujjat ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida chuqur islohotlar asosida davlatimiz siyosatini ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi. Ta’lim jarayonining mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu bosqichning dastlabki yo‘nalishi ―Mutaxassislikka kirish‖ o‘quv kursini o‘rganishdan boshlanadi.
Bu kursni o‘rganish jarayonida talaba faqat oliy ta’lim haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish bilan chegaralanmasdan, uning o‘rta ta’limdan farqini yaxshi tushunib olishi kerak, oliy maktabni tuzilishi o‘quv jarayonining tashkiliy masalalari, tartib intizom, yo‘nalishlari haqida etarli darajada xabardor bo‘lishi kerak. Bu biz o‘rganayotgan kursning umumiy vazifasi va yo‘nalishidir.