251
ishlarga qaraganda koʻproq ishlashadi. Talabalarga yetkaziladigan mulohaza turi
ham juda muhimdir va bular haqda ushbu boʻlim soʻngida batafsil bayon etiladi.
4-qadam: Koʻrsatmani ma’lumotlarga tayangan holda oʻzgartirish.
Bilimni baholashning eng muhim qismi bu oʻqituvchining baholashdan
olingan ma’lumotlarni koʻrsatmani oʻzgartirish uchun ishlatishidir. Bu kabi
oʻzgartirishlar dars oʻrtasida oʻqituvchi talabalarning
javoblaridan ularning
yangi mavzuga tayyorligini sezganida, yoki talabalarning xulq-atvoridan ular
vazifani yaxshi tushunmaganliklar va yana tushuntirib
berishi kerakligini
sezganida paydo boʻladi. Oʻzgartirishlar shuningdek, oʻqituvchi darsni
tugatgach va keyingi kun rejasini tuzayotgan
paytda mulohaza yuritishi
natijasida ham paydo boʻladi.
5-qadam: Ota-ona va boquvchilar bilan suhbatlashish.
Talabalarning bilimi va rivojlanishini oshirish uchun oʻqituvchi ota-onalar
bilan bolalarining ishlari toʻgʻrisida muntazam suhbat oʻtkazishi kerak.
Oʻqituvchi ota-onalar bilan turli yoʻllar orqali suhbat oʻtkazishi mumkin,
jumladan, xatlar, telefon suhbatlari, elektron pochta, maktab vebsaytlari va ota-
onalar majlislari. Suhbat samarali boʻlishi uchun oʻqituvchidan baholash
maqsadi va xarakteristikasini, shuningdek, talabalar ishi mazmunini ham oydin
tushuntirib berish talab etiladi. Bu oʻzida oʻqituvchi
yaratgan va
standardlashtirgan baholash tizimi toʻgʻrisida chuqur bilimni shu jumladan, aniq
suhbatlashuv qobiliyatlarini ham mujassam etadi.
Biz endi bilimni baholash jarayonidagi har bir qadamni batafsilroq
yoritamiz. Munosib baholash texnikalarini tanlab amalda qoʻllay bilish uchun
oʻqituvchi
turli tuman texnikalardan, shuningdek, ushbu baholash texnikalari
yuqori sifatda ekanligini qanday kaftorlar orqali bilish
mumkinligidan bohabar
boʻlishi kerak. Yuqori sifatli baholash tizimlarini koʻrib chiqishdan boshlaymiz.
Dostları ilə paylaş: