Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


-qadam: Baholashdan motivatsiyani va ishonchni oshirishda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

3-qadam: Baholashdan motivatsiyani va ishonchni oshirishda 
foydalanish. 
Talabalarning motivatsiyasi va oʻzlariga boʻlgan ishonchiga tanlangan 
baholash turi va shuningdek ushbu baholash natijalari haqida berilgan mulohaza 
ta’sir koʻrsatadi. Tasavvur qiling, kollej talabasi Samanta tarix darslariga 
qatnashadi, va professorning ma’ruzalari va qoʻllanmalari qiziqarli asosiy 
mavzularga qaratilgan. Biroq, baholash tizimining bari fakt soʻrovchi tanlovli 
testdan iborat boʻladi, va darslardan va oʻqishdan bahra olgan Samantaning endi 
jahli chiqadi, ishonchni yoʻqotadi. U yaxshi ishlay olmaydi va sinf 
materiallariga 
kamroq 
vaqt 
sarflaydigan 
boʻladi. 
Aksincha, ba’zi 
instruktorlarning kuzatishlaricha, koʻplab ta’limiy psixologiya sohasidagi 
talabalar mustaqil ish kabi baholash tizimida an’anaviy imtixon va yozma 


251 
ishlarga qaraganda koʻproq ishlashadi. Talabalarga yetkaziladigan mulohaza turi 
ham juda muhimdir va bular haqda ushbu boʻlim soʻngida batafsil bayon etiladi. 
4-qadam: Koʻrsatmani ma’lumotlarga tayangan holda oʻzgartirish. 
Bilimni baholashning eng muhim qismi bu oʻqituvchining baholashdan 
olingan ma’lumotlarni koʻrsatmani oʻzgartirish uchun ishlatishidir. Bu kabi 
oʻzgartirishlar dars oʻrtasida oʻqituvchi talabalarning javoblaridan ularning 
yangi mavzuga tayyorligini sezganida, yoki talabalarning xulq-atvoridan ular 
vazifani yaxshi tushunmaganliklar va yana tushuntirib berishi kerakligini 
sezganida paydo boʻladi. Oʻzgartirishlar shuningdek, oʻqituvchi darsni 
tugatgach va keyingi kun rejasini tuzayotgan paytda mulohaza yuritishi 
natijasida ham paydo boʻladi. 
5-qadam: Ota-ona va boquvchilar bilan suhbatlashish. 
Talabalarning bilimi va rivojlanishini oshirish uchun oʻqituvchi ota-onalar 
bilan bolalarining ishlari toʻgʻrisida muntazam suhbat oʻtkazishi kerak. 
Oʻqituvchi ota-onalar bilan turli yoʻllar orqali suhbat oʻtkazishi mumkin, 
jumladan, xatlar, telefon suhbatlari, elektron pochta, maktab vebsaytlari va ota-
onalar majlislari. Suhbat samarali boʻlishi uchun oʻqituvchidan baholash 
maqsadi va xarakteristikasini, shuningdek, talabalar ishi mazmunini ham oydin 
tushuntirib berish talab etiladi. Bu oʻzida oʻqituvchi yaratgan va 
standardlashtirgan baholash tizimi toʻgʻrisida chuqur bilimni shu jumladan, aniq 
suhbatlashuv qobiliyatlarini ham mujassam etadi. 
Biz endi bilimni baholash jarayonidagi har bir qadamni batafsilroq 
yoritamiz. Munosib baholash texnikalarini tanlab amalda qoʻllay bilish uchun 
oʻqituvchi turli tuman texnikalardan, shuningdek, ushbu baholash texnikalari 
yuqori sifatda ekanligini qanday kaftorlar orqali bilish mumkinligidan bohabar 
boʻlishi kerak. Yuqori sifatli baholash tizimlarini koʻrib chiqishdan boshlaymiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin