252
Yaroqlilik
Yaroqlilik bu berilgan individuallar guruhi uchun “baholash natijalarining
qoʻllanilishi va izohlari yetarliligi va munosibligi” tahlilidir.
Misol uchun,
imigrantlarga berilgan matematik kasr boʻyicha test natijalari ularning kasrni
tushunganligini anglatadi deya xulosa qilish oʻrinlimi? Oʻqituvchi oʻz
kuzatuvlaridan kelib chiqqan holda, bogʻcha oʻquvchisi Jasmin, oʻqituvchining
ogʻzaki koʻrsatmalariga tushunmasligi uchun, e’tibor
tanqisligi kasalligiga
chalingan deb xulosa qilishi oʻrinlimi? Har ikkala vaziyatda ham boshqacha
mulohazala boʻlishi mumkin, masalan, imigrantlar matematikaga qaraganda
ingliz tilidan sustroq boʻlishlari va Jasminning eshitish qobiliyati zaiflashgan
boʻlishi mumkin.
Shuni tushunish kerakki, yaroqlilik talqinga ham aloqador va u baholash
protsedurasidan emas, balki, uning natijalaridan foydalanadi. Masalan,
kasrga
doir xuddi shunday test natijalari toʻgʻrisida qaror chiqarish faqatgina
talabalarning bari ingliz tilini yaxshi tushunsagina yaroqli boʻlishi mumkin.
Oʻqituvchining talaba e’tibor tanqisligi kasalligiga chalingan deb hisoblashi
faqatgina talaba eshitish apparatlari va boshqa kasalliklarga tekshirilganidagina
toʻgʻri kelishi mumkin (shunga qaramay, kasalliklar tasnifi faqat bitta oʻqituvchi
tomonidan
qoʻyilmaydi).
Yaroqlilik
tahlillar
va
baholash
natijalari
tasdiqlanganligi darajasi haqida umumiy qaror chiqarishni oʻz ichiga oladi.
Yaroqlilik bu daraja masalasidir (masalan, yuqori, oʻrta yoki past yaroqlilik), u
keskin rad yoki qabul emas (masalan, butunlay yaroqli yoki yaroqsiz).
Yaroqlilikni baholashda uchta dalil manbaalari hisobga olinadi – mazmun,
konstruksiya va taxminiy. Mazmun yaroqlilik dalili quyidagi savol bilan bogʻliq:
Baholash tizimi oʻz ichiga mazmun va vazifalarni qanchalik yaxshi qamraydi?
Masalan, tasavvur qiling, sizning ta’limiy psixologiya instruktoringiz oraliq test
oʻylab topdi va sizga bu test oʻz ichiga qoʻllanmadagi birdan yettigacha boʻlgan
boʻlimlarni qamrashini aytdi. Aniqki, testdagi barcha mavzular sizning
metodlaringiz yoki madaniyat darsliklaringizdan emas, balki ta’limiy
psixologiya mazmuniga asoslangan boʻlishi kerak.
Shuningdek, mavzular
barcha yettita boʻlim mazmunini qamrab olishi kerak, faqatgina uchdan
253
yettigacha boʻlganlarini emas – agar instruktoringiz shu boʻlimlar muhimroq
ekanligini aytmasa.
Oʻqituvchilar mazmun yaroqliligiga
asoslangan
dalil
yigʻishni
boshlashdan
avval,
ular
oʻz
maqsadlari
va
vazifalarini
aniqlashtirib olishlari kerak. Mazmun
yaroqliligi baholash tizimi oʻqituvchi
(yoki
test
tuzuvchi)
tomonidan
baholangan
vazifalarga
munosib
ekanligi darajasini
belgilaydi va ular
oʻzlarining maqsad va vazifalarini
tasvirlaydilar. Oʻqituvchilar baholash
vazifalarini yaratayotganda, mazmun yaroqliligi haqida ham oʻylashlari
muhimdir.
Konstruksiya yaroqlilik dalili mazmun yaroqlilik dalilidan ancha
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga
qiziqamiz va kasr kabi aniq qobiliyatlari bizni unchalik qiziqtirmaydi. E’tibor
asosan matematik mulohaza yoki oʻqish mashqlariga qaratilgan boʻlishi
mumkin. Konstruksiya bu biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun yaratilgan
deb hisoblovchi odam xarakteristikasidir. Misol uchun, biz havotirlanish testi
konsepsiyasini ishlatamiz, va bunda nima uchun individuallar test paytida
e’tiborlarini bir yerga jamlashda qiynalishlarini, terlash kabi fiziologik
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq
bajarishlarini tushuntirib beramiz.
Shu tarzda, matematik mulohaza va oʻqish
mashqlari konstruksiyalardir va biz ulardan baholashdagi ishlarni izohlashda
foydalanamiz. Konstruksiya yaroqliligi bu baholashdagi ish izohlana oladigan
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash
jarayonidir. Misol uchun, yuqorida keltirilgan imigrantlarning ingliz tilida
matematik mulohaza testi haqidagi qarorlar ingliz tiliga bogʻliq boʻlganda
pastroq yarorlilikni tashkil etgan boʻlardi, lekin bu narsaning matematikaga
aloqasi yoʻq.
Xuddi shunday tarzda, semestr soʻngidagi imtihonlar ham oddiy
254
vazifalarga qaraganda test paytida koʻp havotirlanadigan talabalar uchun ogʻir
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan
konstruksiyaga nomunosib boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya
yaroqliligini oshirishga yordam berishlari mumkin. Yaroqlilik dalilining
uchinchi shakli bu kriteriyaga asoslangan yaroqlilikdir. AQShdagi tanlov orqali
oluvchi kollejlar ACT yoki SAT dasturlaridan foydalanishadi chunki ushbu
standardlashtirilgan testlar birinchi kurs talabalarini topishda yordam beradi,
masalan, ularda yuqori kriteriyaga asoslangan yaroqlilik mavjud. Ba’zi
maktablar kuzgi semestrda talabalarga matematika yoki oʻqish boʻyicha
testlar
berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor
va qaysilari yordamga muhtojligini bilib olishadi. Agar kuzgi testlar
talabalarning mehnatini aniq belgilay olmasa, keyinchalik kerak boʻlmagan
talabalarga kriteriyaga asoslangan yaroqlilik toʻgʻrisida qoʻshimcha yordam
berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: