256
deya baholashi mumkin (masalan, imigrantlar uchun Amerika futboli). Yoki bir
guruhga oʻz jamoalarining konsepsiyasiga simfonik orkestr yordamida modul
yaratish buyurilsa, bu ish oldin orkestr ijrolariga qatnagan talabalar uchun
osonroq kechishi mumkin – ehtimol, serob oilalardan chiqqan talabalarda.
Adolatsiz jazolashlar faqatgina talabalar darsda yomon qatnashganida sodir
boʻlmaydi. Masalan, fizikaviy ta’lim darsida qaysidir sport haqida muhokama
qilib, keyin u haqda savol berish adolatsiz jazolash hisoblanmaydi, chunki bu
savol sinfda oʻrgatiladigan bilimdan tashqari narsani qamramaydi. Koʻp irqli
sinfxonalarda ilk bora dars berayotgan oʻqituvchilar uchun murakkablik paydo
boʻlishi mumkin, chunki ular guruh a’zolarini noqulay holga solmaydigan
baholash tizimlarini yaratishlari kerak. Oʻqituvchilar talabalarning turli kelib
chiqishlari kuchli ta’sir qilishini jiddiy oʻylab koʻrishlari kerak. Talabalar nima
deyishini diqqat bilan tinglash va ularning kelib chiqish bilimlari haqida
oʻrganish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: