Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Bilimni baholash: jarayon tahlili



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Bilimni baholash: jarayon tahlili. 
Baholashdan 
talabalarning 
bilimini 
mukammallashtirish 
uchun 
foydalanish unga oʻqitishning barcha fazalarini birlashtirgan jarayon sifatida 
qarashni talab etadi, masalan, rejalashtirish, sinfxona interaksionlari va 
koʻrsatmalari, ota-onalar bilan suhbat va oʻzi haqida mulohaza.
Bilimni baholashdagi eng muhim qadamlar quyidagilardir:
1-qadam: Aniq koʻrsatmali maqsadga ega boʻlish va ular haqda 
talabalarni xabardor etish. 
Oldingi boʻlimda biz oʻqituvchilarning dars va boʻlim maqsadlari haqida 
ehtiyotkorlik bilan oʻylashlari muhimligini yozgandik. Bu endi ish boshlagan 
oʻqituvchilar uchun murakkab boʻlishi mumkin. Masalan, oʻrta maktabda 
ijtimoiy bilimlar oʻqituvchisi Vanessa quyidagicha deydi: “Talabalar Fuqarolar 
Urushi toʻgʻrisida oʻrganishadi.” Bundanda aniqroq maqsad Vanessadan 
talabalari Qoʻshma Shtatlardagi Fuqarolar Urushi toʻgʻrisida nima bilishlari 
lozimligini talab etadi, masalan, janglarning nomlari va sanalari, Qoʻshma 
Shtatlar Fuqarolar Urushi sabablari, Janubda va Shimolda yashovchilar nuqtai 
nazarlarining farq qilishi yoki urushda kurashgan askarlarning kunlik tajribalari. 
Vanessa oʻz maqsadlarini aniqlashtirmasa, u talabalarning Qoʻshma Shtatlardagi 
Fuqarolar Urushi haqidagi bilimlarini baholovchi munosib tizim yaratolmaydi. 


250 
Oʻqitish samarali boʻlishi uchun, Vanessa shuningdek maqsadlar va 
vazifalardan talabalarni xabardor etishi kerak, shunda ular nima oʻrganish 
muhimligini bilib olishadi. Oʻqituvchining rejasi qanchalik chuqur oʻylangan 
boʻlmasin, 
agar 
talabalar 
nimalarni oʻrganishlari kerakligi 
haqida bilmasalar, ular koʻp narsa 
oʻrgana olmaydilar. 
2-qadam: Munosib baholash 
texnikalarini tanlash. 
Koʻrsatma maqsadlariga va 
shuningdek talabalar darajasining 
rivojlanishiga munosib baholash 
texnikalarini tanlash va amalda qoʻllash bilimni baholashdagi eng muhim qism 
hisoblanadi. Oʻqituvchilar turli tuman sinfxona baholash texnikalari 
xarakteristikasidan va bu xarakteristikalar turli xil vaziyatda, qobiliyatda va 
talabalar xarakterida qanday ishlashidan xabardor boʻlishlari kerak. Ular 
shuningdek ishonchlilik, yaroqlilik va tarafkashlik yoʻqligining rolini 
tushunishlari kerak, u ham boʻlsa baholash texnikalarini tanlash va foydalanish. 
Bu boʻlimning koʻp qismi ushbu ma’lumotlarga e’tibor qaratadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin