5.1.1. Ilk oʻspirinlik davrida aqliy rivojlanish
Ilk oʻspirinlik yoshidagi oʻquvchilarning bilish jarayonlari turli nuqtai
nazarlarni tahlil etishga va bu masala boʻyicha har tomonlama fikr yuritishga
yordam bera oladi. Bu yoshdagi oʻspirinlar atrofdagi turli voqea – hodisalardagi
haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki
shu yechim va ma’lumotlarni oʻzlari mulohaza yurgizib, qidirish jarayonining
oʻzi koʻproq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar boʻyicha boʻyicha bahs va
munozaralar yuritishga va oʻzlarining fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. Bu
davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Bu rivojlanish
oʻspirinning oʻziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga
kelib, oʻspirinlar toʻla ravishda mantiqiy tafakkurga ega boʻladilar, nazariy fikr
yuritib, oʻzlarini oʻzlari tahlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va
boshqa mavzularda bahslasha olib, oʻz munosabatlarini bildira oladilar.
Oʻspirinlik davrida bolalar juda koʻp ilmiy tushunchalarni oʻzlashtirib, ulardan
turli masala va muammolarni engishda foydalana oladilar. Oʻspirinning oʻz –
oʻzini anglashi oʻquv, mehnat va muloqot motivatsiyalarini oʻzgarishida oʻz
aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik
rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi
Oʻspirinlik yoshi oʻqish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar
asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan
xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish oʻspirinning oʻziga va uning atrofidagi
266
kuzatuvchilarga kam seziladi. Oʻspirinlik davriga kelib, juda koʻp bolalarda oʻz
faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan boʻladi.
SHuningdek, oʻz – oʻzini boshqarish ham oʻspirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol
koʻzga tashlanadi.
Oʻspirinning oʻquv mashgʻulotiga munosabati oʻz xususiyati va mazmuni
jihatidan boshqa yoshdagi oʻquvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan
tubdan farq qiladi. Oʻquv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va
mavzularning kiritilishi, oʻzlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga
oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, oʻquvchilarning
oʻqishga munosabati ham oʻzgaradi, ular ayrim fanlarga munosabatlari quyidagi
holatlarga bogʻliqdir:
1.
Fanning dunyoqarashdagi roliga.
2.
Fanning bilishdagi ahamiyatiga.
3.
Fanning ijtimoiy ahamiyatiga.
4.
Fanning amaliy ahamiyatiga.
5.
Fanning oʻzlashtirish darajasiga.
6.
Fanning oʻzlashtirish uslubiyotiga.
Oʻspirinlik davrida bilishga oid qiziqish koʻlami tobora amaliy xususiyat
kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga,
osmon jismlariga, sport va hokazolarga qiziqishi kuchayadi. Oʻspirinlarda
sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda
olib qolishning oqilona yoʻli sifatida ta’lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta
boshlaydi. Mazkur pallada oʻspirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va
ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda
oʻquvchilarning nutq madaniyati rivojlanadi. Oʻspirin turli janrdagi adabiy
asarlarini oʻqishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va
munozaraga kirishishga oʻrganib boradi. Oʻspirinlik tafakkurining sifatiga
uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi
kabilar kiradi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va
hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning oʻzaro bogʻlanish
va munosabatlari oʻspirinning fikrlash faoliyatiga toʻliq aks etganligi
tushuniladi. Tafakkurning kengligi oʻzining mazmundorligi va chuqurligi
267
sifatlari bilan bogʻliq boʻladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda oʻspirinning
shaxsiy tashabbusi bilan oʻz oldiga yangi vazifalar qoʻya bilishi, bu vazifalarni
xech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish xususiyatini
tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qoʻyilgan savolga toʻliq javob olgan vaqt
bilan belgilanadi. Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada boʻlib, oʻquv
materiallarini oʻzlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak –
atrofdagi voqelikni bilib olish maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan
foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va
faktlarni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish uchun oʻqish
faoliyatlarida faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda oʻstirib borish
kerak. Ta’limda onglilik oʻquvchining yuqori darajasidagi faolligi bilan
ta’minlanadi. Bilimlarini faol faoliyat koʻrsatib oʻzlashtirganda, oʻquvchilar bu
bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qoʻllashga ham
oʻrganadilar. Oʻquvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy hamda ijtimoiy faktlar
va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy tahlil qilish va ularga baho berish
usullarini maxsus oʻrgatish muhim va zarurdir. Boʻ oʻrinda oʻquvchilarning
mustaqil fikrlashlarini follashtirishga, toʻgʻri rahbarlik qilgan holda rivojlantirish
lozim. Oʻspirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli
kattadir. Oʻspirin adabiy asarlarni oʻqish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash,
mulohaza yuritish va munozaralarga kirishish oʻrgana boradi. Unda asta – sekin
tabiat va jamiyat haqida oʻzining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi.
Malumki, shaxsning ana shu fazilatlari uning fikrlashi, mustaqil oʻylashi, toʻgʻri
hukm va xulosalar chiqarishi, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir.
Oʻspirinlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni
bildirishi, muammo yuzasidan bahslashuvi insoniy hislatlarning muayyan
darajada ishtirok etishi tanqidiy tafakkurning aynan oʻzginasidir. Turmushda
uchraydigan nooʻrin tanqidiylik esa oʻspirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi
zaifligidir.
Oʻqituvchining asosiy vazifasi oʻquvchilar tafakkuridagi
tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga koʻtarishdan, ularga voqelikka odilona,
oqilona, tanqidiy nuqtai nazardan qarashni oʻrgatishdan iborat. Oʻspirinlarda
moddiy dunyo toʻgʻrisida shaxsiy fikrlar, mulohazalar ilmiy dunyoqarash tarkib
topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi.
268
Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi oʻquv materiallarni puxta oʻzlashtirishga,
ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash
koʻnikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi.
Hodisalar toʻgʻrisida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor
qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Oʻspirinning qobiliyati va iste’doi ta’lim
jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qobiliyatning oʻsishi bilimlar,
koʻnikmalar, malakalarning sifatiga bogʻliq boʻlib, shaxsning kamol topish
jarayoniga qoʻshilib ketadi. Demak, maktabda oʻtiladigan darslar, laboratoriya
ishlari, amaliy mashgʻulotlar, referat, konspekt yozish kabi faoliyat turlari
oʻspirinlar oʻzlashtirilishi uchun zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga
olib keladi.
Bularning barchasi ilmiy – nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak –
atrofdagi voqelikning umumiy qonuniyatlarini oʻsishiga, aqliy imkoniyatlarining
vujudga kelishiga, tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglashiga
muhim shart – sharoit yaratadi. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻsmirlik
yoshida oʻquvchilar aqliy faoliyatining omillari va usullari bilan qurollangan
boʻladilar.
Shunga koʻra har kim qobiliyatiga yarasha kasb – hunar tanlasa, bu
sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyotiga muhim hissa
qoʻshgan boʻladi. Oʻspirinlar u yoki bu kasbni oʻz ixtiyorlari bilan ongli
ravishda tanlashlari uchun ular mustaqillik, dadillik, qat’iylik, oʻzini tuta bilish,
chidamlilik, sabr – toqat kabi irodaviy hislatlarga ega boʻlishlari kerak. Mehnat
269
qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar
oʻrganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir
koʻrsatadi.
Oʻspirinlar aqliy rivojlanishda tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki
inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta
olishi kerak. Tasavvursiz xech qanday ishni toʻgʻri rejalashtirish mumkin emas.
Oʻspirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan boʻlsagina, u oʻz
hayotidagi idealni tasavvur eta oladi, shunga koʻra uzoq va yaqin rejalarini
tuzadi.
Hozirgi yigit va qizlarni 30 – 40 yil avvalgi tengqurlari bilan
solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar oʻsganligini koʻrish
mumkin. Oʻspirinlarning intellektual qiziqishlari doirasi keng va koʻpqirralidir.
Oʻspirinlarning qiziqishlari aksariyat hollarda oʻzi tanlagan kasb va yoʻnalish
shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. Oʻspirinlik yoshiga kelib, yigit va
qizlarning dunyoqarashlari yuksak pogʻonaga koʻtarila boshlaydi. Bu esa
oʻspirinning tashqi olamni tushunishga, baholashiga boʻlgan munosabatlarini
aniqlashga yordam beradi. Oʻspirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy,
falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir.
Ma’lum bir kasbda faoliyat koʻrsatishni boshlayotgan oʻspirin unga
intellektual, ijtimoiy – psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor boʻlishi kerak.
Oʻsmirlik davrining oxirlari va oʻspirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat
koʻnikma va malakalari rivojlanadi. Bu koʻnikma va malakalari ularning
kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan toʻgʻridan – toʻgʻri bogʻliq.
Har qanday kasbiy koʻnikma va malakalarning oʻsishi avvalo, oʻspirin
intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bogʻliq. SHuning uchun ham bu
davrdagi oʻspirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim.
Bu yoshdagi bolalar uchun muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi
ham juda muhim, lekin u juda yetakchi emas, faqat tanlagan kasb va
yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻul boʻlmagan oʻspirinlargina koʻproq tengdoshlari
bilan muloqotda boʻlishga ehtiyoj sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat
faoliyati bilan xuddi kattalardek shugʻullana oladilar. Ilk oʻspirinlik davrini
kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning shakllanishi uchun sensitiv davr deb
270
hisoblash mumkin. Oʻzining kasbiy taqdirini tasodifan yoki notoʻgʻri hal etilishi
murakkab ichki kechinmalarga , ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi
mumkin. Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar
keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk oʻspirinlar oʻz moyilligi va qobiliyatlarini
shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati
emotsional – irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zurur.
Dostları ilə paylaş: |