Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
5.1.2. Ilk oʻspirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari 
 
Oʻspirinlarni hali toʻla katta deb hisoblab boʻlmaydi, chunki ularning
shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, 
berayotgan baholarida, hayotga va oʻz kelajaklariga munosabatlari koʻzga 
tashlanadi. Koʻpchilik oʻspirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb 
tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr oʻspirinning axloqan 
oʻz – oʻzini anglashi, shuningdek, axloqning yangi bosqichiga oʻtishi bilan 
xarakterlanadi. Intellekti yaxshi rivojlangan oʻspirinlar kattalarni tashvishga 
solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta 
oladilar. Oʻspirinlar juda koʻp muammoli savollarga javob oʻylaydilar. Ularning 
diqqatini koʻproq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi 
oʻquvchilar uchun axloqiy masalalarni echish manbai – oʻqituvchilar boʻlsa, 
oʻsmirlar bu savollarga javobni koʻproq tengdoshlari davrasidan qidiradilar. 
Oʻspirin yoshdagilar esa savollarga toʻgʻri javobni topishda koʻproq katta 
kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan 
real, koʻpqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy – ommabop, badiiy, 
publitsistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televidenie boʻlib 
hisoblanadi. Bugungi oʻspirinlarga hayotga nisbatan xushyor, aqliy – amaliy 
qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy boʻlish tushunchasiga ham 
real tarzda yondashadilar. Litsey va kollejni tugallash vaqtiga kelib, juda koʻp 
oʻsmirlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan 
xususiyatlarga ega boʻladilar. 
Oʻspirinlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, 
iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar boʻyicha ma’lum bir 
qarashlar vujudga keladi. Juda koʻp yillardan beri oʻspirinlarni yaxshilik va 


271 
yomonlik, haqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari
tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr oʻspirinlari har bir narsaga ishonuvchan 
yoki salbiy munosabatlarda boʻlmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy 
qaraydigan, koʻproq erkin va mustaqil boʻlishga intiluvchi yoshlardir.
Oʻspirinlar ongli ravishda egallagan axloq normalari asosida oʻz
xatti – harakatlarini yoʻlga solishga intiladilar. Bu esa avvalo oʻspirin oʻzini
anglashining oʻsishida namoyon boʻladi. Oʻzini anglash murakkab psixologik
struktura boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
-
birinchidan, bolada tashqi olamdagi predmet ta’siridan paydo boʻlgan 
sezgilarni oʻz tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi; 
-
ikkinchidan, oʻzining shaxsiy “Men”ligini aktiva faoliyati asosida 
anglashi; 
-
uchinchidan, oʻzining psixik xususiyati va hislatlarini anglashi; 
-
toʻrtinchidan, ijtimoiy, axloqiy oʻz – oʻziga baho berishning ma’lum 
sistemasini anglashi.
Mana shu elementlarning barchasi bir – biri bilan funksional va genetik 
bogʻlangandir. Lekin, bularning hammasi sizga ma’lumki, bir vaqtning oʻzida 
shakllanmaydi. Bolaning “men”ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo boʻladi, 
bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan, men, meniki, menga, 
menda va hokazo.
Oʻspirinlar har joyda oʻzini koʻrsatish xususiyatiga ega boʻlgan oʻsmirlik 
vaqtidayoq, oʻzlarining shaxsiy xususiyatlarini kuzata boshlaydilar. Ya’ni 
oʻzlarining semizlik, yuzidagi husnbuzarlar yigit va qizlarni bezovtalantiradilar, 
ular iztirob chekadilar. Kech etiladigan oʻgʻil va qizlar yashirin kechinmalar
kechiradilar. Kishining oʻz obrazi – bu oʻspirinlikning oʻzini anglashi ancha 
muhim komponent boʻlib hisoblanadi. Oʻzining psixik sifatlarini anglashi va oʻz 
– oʻziga baho berish oʻspirinlik yoshida, borgan sari koʻproq ahamiyat kasb eta 
boshlaydi.
Oʻspirinlikda oʻz shaxsiy hislatlariga baho berish kuchayadi, oʻspirin ham 
oʻsmir singari oʻz qadr – qimmatini, uning nimalarni qilishga arzishi va 
nimadlarga qodir ekanligini bilgisi keladi. Oʻziga baho berish ikki hil usulda 
boʻladi.


272 
1.
Kishi oʻzi qoʻlga kiritgan yutuqlari natijasi bilan baholaydi. Masalan: 
bola qiyin vaziyatda oʻzini yoʻqotmadi yoki yosh bolani yongʻindan qutqazdi – 
“Men qoʻrqoq emasman”. Ma’lum qiyin topshiriqni bajardi. “Men 
qobiliyatliman” – deydi. Axloqqa oid bunday xatti – harakatlar, oʻspirinning oʻz 
qat’iyligini sinashi hamdir. 
2.
Ijtimoiy taqqoslash, ya’ni oʻzi va xatti – harakatlarini boshqalarning 
ishlari, fikrlari bilan solishtirishdan iboratdir. Masalan: oʻquvchila tomonidan 
“mardlik” deb ma’qullangan xatti – harakatni oʻqituvchi “qalbaki oʻrtoqlik” deb 
aytdi. Bunda bolalar oʻz xatti – harakatlari toʻgʻrisida oʻylab, bosh qotira 
boshlaydilar. 
Shaxsiy “men” obrazi, juda murakkabdir. Hatto kattalarning oʻzini 
anglashi ham qarama – qarshiliklardan xoli emas. Bu holat ayniqsa
oʻspirinlarda yanada kuchliroq boʻladi. Ba’zi oʻspirinlar oʻzini kuzatish uchun 
kundalik daftarlar tutadi. Bu holat qizlarda ertaroq va koʻproq uchraydi. Bu 
holat shaxsda mohiyat jihatdan tubdan oʻzgargan tarzda oʻz shaxsining 
ma’naviy – ruhiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush – tarzi, maqsad va vazifalarini
anglashi, ularni oqilona baholash zaruratini aks ettiradi. Undagi oʻz – oʻzini 
anglash, turmush, yashash, oʻqish, mehnat va sport faoliyatlari tarzida namoyon 
boʻladi. Oʻquv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo 
munosabatlar va muomala koʻlamining kengayishi oʻspirinning oʻziga xos
tipologik aqliy , axloqiy, irodaviy, xissiy xususiyatlarini oqilona baholashi, 
qoʻyilayotgan talablarga javob berish, uning oʻz – oʻzini anglashini
jadallashtiradi. Oʻspirin oʻquvchilarining oʻz – oʻzini anglashga aloqador oʻziga 
xos xususiyatlari mavjud, ular dastavval oʻzlarining kuchli va zaif jihatlarini, 
yutuq va kamchiliklarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega boʻladilar. 
Oʻspirin oʻquvchining oʻsmirlik davridagi boladan farqli yana bir 
xususiyati bu – murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon 
hissini anglash, oʻz qadr – qimmatini e’zozlashiga koʻproq moyilligidir. 
Oʻspirin oʻquvchida oʻzini anglashi negizida oʻzini tarbiyalash istagi tugʻiladi. 
Natijada unda oʻz – oʻzini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik 
turmushga tadbiq qilib koʻrish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, oʻz – oʻzini 
tarbiyalash jarayoni oʻspirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, 


273 
ijobiy hislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga etgan 
kishilarga xos koʻpqirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi. Oʻquvchilar oʻzida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, 
oʻquv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda 
egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va hislatlarini hosil qilishga 
harakat qiladilar; oʻz – oʻzini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy – 
ruhiy qiyofani shakllantirishga intiladilar.
Oʻspirin oʻquvchilarning oʻz – oʻzini tarbiyalash jarayoni oʻquv muassasa, 
jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida 
boʻlmogʻi shart. Toki oʻz – oʻzini tarbiyalashning takomillashtirilishi jamoada 
munosib oʻrin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish 
ishiga xizmat qilsin. Oʻz – oʻzini tarbiyalashni toʻgʻri izga solib yuborish uchun 
uygʻun birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora tadbirlar majmuas tarzida ta’sir 
oʻtkazish jamoa majburiyati, oʻzaro yordam va nazorat qilish, oʻzaro baholash 
va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmushda uchraydigan 
ba’zi bir salbiy yurish – turish koʻrinishlariga, illatlariga, sarqitlariga 
qaqshatgich zarba berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash, yot 
tashviqot mohiyatiga qarshi kurash olib borish pedagoglar jamoasining bosh 
vazifasidir. Oʻspirinlarda balogʻatga etganlik tuygʻusi takomillashib borib, oʻz 
– oʻzini qaror toptirish, oʻz ma’naviy qiyofasini ifodalash tuygʻusi oʻsib boradi. 
Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida oʻz ifodasini 
topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qoʻyish, taviriy 
san’atga, musiqaga, kasb – hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyon 
qilishga harakat qiladilar. Oʻquv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, 
jasurlik, sabr – toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar 
takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, 
qoʻrqoqlik, gʻayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi. 
Oʻspirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, 
qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, oʻz harakatlarini tanqidiy baholash singari 
fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. Oʻspirin yigit va qizlarning 
jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati


274 
namoyon boʻladi. Oʻzining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, oʻzini nimaga 
hurmat qilishi aniqlashga intiladilar. Doʻst va dushmanlarning kimligi, oʻz 
istaklari, oʻzini va tevarak atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun uchun nima 
qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, oʻspirinlarning hamma 
savollari 
anglangan 
boʻlmaydi. 
Ba’zan oʻspirinlar oʻzlaridan hech 
qanoatlanmaydigan, oʻz oldilariga haddan tashqari koʻp vazifalar qoʻyadigan, 
lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan boʻladi. Mana bulardan koʻrinib 
turibdiki, oʻspirinlar oʻz – oʻzini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni
bajarish kerakligini oʻzida aks ettira boradilar. Bu esa oʻspirinlarning kelgusi 
yutuqlari shartlaridan biridir. 
Yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek, shaxsning erta oʻspirinlikdagi eng muhim 
hislatlaridan biri oʻz – oʻzini hurmatlash, oʻz – oʻziga baho berish hamda oʻzini 
shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. Oʻspirinlar oʻzlarida shaxsning 
muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. Ularni oʻz – oʻzini 
tarbiyalash borasida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish 
masalasi qiziqtiradi. Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta 
ahamiyatga ega. Masalan: oʻgʻil bolalar – qahramonlik, yaxshi ota, tadbirkor, 
oʻqituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilmdaagi obrazlarni oʻzlariga 
ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli 
uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. Oʻzaro munosabat va emotsional hayot 
oʻz mavqeini belgilashning murakkab muammolarini oʻspirinning oʻzi hal qila 
olmaydi. Bu masalani oʻspirinning ota – onasi, oʻz tengqurlari, oʻqituvchilar 
ishtirokida ularning qoʻllab – quvvatlashida hal qilishi mumkin. Demak, ilk 
oʻspirinlik davri katta mustaqil hayotga qadam qoʻyish boʻsagʻasidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin