Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 TALABALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA OʻQUV



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
5.2. TALABALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA OʻQUV
FAOLIYATI 
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim – 
tarbiya 
ishlari 
samaradorligini 
keskin 
oshirishdan 
iboratdir. 
Chunki 
respublikamizning rivoji, ravnaqi va istiqboli koʻproq oliy maktab 
tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga bogʻliqdir. Shuning uchun 


275 
oʻqitishning yangi ilgʻor, faol usullarini qoʻllash, oqilona vositalaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.Oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim – tarbiya 
jarayonini samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan oʻqituvchilar oʻrtasida 
uzluksiz ta’sir oʻtkazish hukm surishi lozim. 
Oʻqituvchi bilan talabaning hamkorlikdagi faoliyati negizida oʻquv – 
tarbiya ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish muammosi yotadi. Bu muammo oliy 
maktab psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli xuddi ana shu 
muammo yuzasidan kengroq mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. 
 
5.2.1. Talabalarning psixologik xususiyatlari 
Tadqiqotlarda talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda 
ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus 
dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi. 
Oliy oʻquv yurtidagi ta’limning oʻziga xos xususiyatlari talabalarning 
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy, xoh norasmiy boʻlishidan qat’i 
nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik 
davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan 
roʻyobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur 
aqliy qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni 
egallashda (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda 
qatnashishga (mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur 
jarayonning bosh mezonlari va koʻrsatkichlari oʻrta ma’lumotlilik, jamoatchilik 
topshirigʻi, mehnatda faollik koʻrsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis 
boʻlish imkoniyati, unga intilish tuygʻusi, irodaviy zoʻr berish, yosh otalik va 
onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini oʻtash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, 
sport bilan shugʻullanish, boʻsh vaqtni tashkil eta olish, toʻgarakda qatnashish va 
hokazolardan iboratdir. 
Talabalik davri oʻspirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat boʻlib, 17 – 22 
– 25 yoshni oʻz ichiga oladi va oʻzining qator betakror xususiyatlari va qarama 
– qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan oʻspirinlik davri shaxsning 
ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada 
oʻspirinlik oʻziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan 


276 
kattalarning har xil koʻrinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’i nazar) 
rollarini tez suratlar bilan bajarib koʻrishga intiladi, turmush tarzining yangi 
jihatlariga koʻnika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga oʻtish jarayoni 
shaxsning kamol topish xusustyatlariga bogʻliq ichki qarama – qarshiliklarni 
keltirib chiqaradi. 
Pedagogik psixologiya fanida ma’lumki, oʻrta maktab oʻquvchilarni har 
(biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta’limiga 
tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavxumlashtirish, sistemelashtirish kabi 
qobiliyatlarda koʻrinadigan fazilatlar namoyon boʻladi. Shu bilan birga 
oʻspirinda aqliy, axloqiy, estetik va gʻoyaviy – siyosiy jihatdan muayyan 
darajada oʻsish roʻy beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy oʻquv yurtida 
mutaxassislikni egallashga bogʻliq yangi vazifalar paydo boʻladi. Xozirgi fan – 
texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma’lumotlarni koʻpaytirsa, 
ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror 
qiziqishning yoʻqolishiga olib keladi, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy 
zoʻr berish oʻrnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular 
“tayyor axborotlarning quli” ga aylanadilar. Chunki komyuter, displey, EHM, 
kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zoʻr berishdan 
xalos qiladi. Ana shular sababli oliy oʻquv yurti ta’limi oldidagi muhim vazifa 
talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir. 
Talabalarga mustaqil bilim olish, oʻz faoliyatini oʻzi tashkil qilish, oʻzini 
oʻzi boshqarish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqarish va hokazolarni oʻrgatiladi. Bu 
vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan dialogik 
(talaba va oʻqituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga oʻtishdir. 
Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, V.Ya.Lyaudis, 
I.S.Kon, V.T.Lisovskiy, A.A.Bodalev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, 
I.I.Ilyasov, A.V.Dmitrieva, Z.F.Yesareva, A.A.Verbiskiy, V.A.Tokareva va 
boshqalarning tadqiqotlariga koʻra, oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish talabalar 
uchun juda ogʻir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, 
hislatlari, sifatlari takomillashish bosqichi boʻladi. Mazkur yosh davrdagi 
ijtimoiy – psixologik oʻsishning xususiyatlaridan biri oʻqish faoliyatining ongli 
motivlarining kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning oʻsishi sust 


277 
amalga oshsa–da, lekin xulqning eng muhim sifatlari – mustaqillik, 
tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi. 
Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, 
ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi. 
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda 
oʻzligini anglash vujudga kelishini koʻrsatadi. Shaxsiy hayotning mazmunini 
anglash, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yoʻlini belgilash shular 
jumlasidandir. Talaba asta – sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga 
koʻnikib boradi, oʻzining haq – huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, 
shaxslararo munosabatlarning yangicha koʻrinishini urnatadi, turmushdagi 
ijtimoiy rollarni amаlda shaxsan sinab koʻrishga intiladi. Ulardagi romantik his 
– tuygʻular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi. Chunki 
ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy – psixologik ildizlari 
nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlmaydilar. 
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida toʻplangan materiallar 
tahlilidan koʻrinadiki, talaba 17 – 19 
yoshda ham oʻz hulqi va bilish 
qobiliyatini 
ongli 
boshqarish 
imkoniyatiga 
ega 
boʻlmaydi 
va 
shunga 
koʻra 
hulq 
motivlarini 
asoslanmagani, 
uzoqni 
koʻra 
olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar 
roʻy 
beradi. 
V.T.Lsovskiyning 
fikricha, 19 – 20 yoshlarda ayrim salbiy xatti – harakatlar koʻzga tashlanadi. 
Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha 
ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol oʻynaydi, chunki 
talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya 
bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan 
xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi. 
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida oʻzini – oʻzi 
kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol oʻynaydi, lekin oʻzini boshqarishning 
tarkibiy qismlari (oʻzini – oʻzi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va 


278 
boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) 
“Men”ni real (aniq voqea) “Men” bilan taqqoslash orqali oʻzini – oʻzi 
boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega boʻladi. Talabaning nuqtai 
nazaricha, ideal “Men” ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib 
koʻrilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, gʻayritabiiy his etilishi 
muqarrar, binobarin, real “Men” ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha 
yiroqdir, talaba shaxsining takomillashuvida bunday ob’yektiv qaramam – 
qarshiliklar oʻz shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, oʻqishga nisbatan 
salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan. Oʻquv yili boshida talabada 
koʻtarinki kayfiyat, oliy oʻquv yurtiga kirganidan zavq – shavq tuygʻusi 
kuzatilsa, ta’limning shart – sharoiti, mazmuni, mohiyatida keskin tushkunlikka 
roʻy beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida 
uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga 
ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his – tuygʻular namoyon 
boʻladi. Bizningcha, oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta’lim 
jarayonida talabaga oʻziga xos munosabatda boʻlish mazkur davrning muhim 
sharoitlaridan biridir. 
Yuqorida aytilganlardan qat’i nazar, yigit va qizlarni oliy oʻquv yurtiga 
qabul qilish ularda oʻz kuchlari, qobiliyatlari, aql – zakovatlari, ichki 
imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch bildiradi. Ana shu ishonch oʻz 
navbatida toʻlaqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his – tuygʻusini 
vujudga keltiradi. 
Oʻspirinlikning ikkinchi davri hulqqa, voqelikka baho berishda 
imkoniyatidan tashqari talab qoʻyish va qat’iylik xususiyati bilan farqlanadi. 
Shuning uchun talabalar har doim prinsipial boʻla olmaydilar. Ba’zan 
qat’iyatlilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning 
oʻqituvchi tavsiyalarini inkor qilishi koʻpincha nizolarni keltirib chiqaradi. 
B.G.Ananev raxbarligida oʻtkazilgan ilmiy – tadqiqot ishlarida ma’lum 
boʻlishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari 
ularnig aqliy imkoniyatlarini toʻla ishga solish va sermahsul oʻquv faoliyatini 
tashkil qlish uchun muhim imkoniyat, shart – sharoit yaratadi. 


279 
Yu.A.Samarinning ta’kidlashishicha, yoshlarning kamol topishida har xil 
ijtimoiy – psixologik xususiyatli oʻziga xos qarama – qarshiliklar, ichki 
ziddiyatlar mavjud boʻladi. Ularning moddiy jihatdan ota – onaga, oliy oʻquv 
yurti ma’muriyatiga bogʻliqligi iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu hol 
talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli 
sodir boʻladi. 
Odatda talabalar 2 va 3 kurslarda oliy oʻquv 
yurti va mutaxassislikni nima uchun tanlangani 
haqida yana jiddiy oʻylaydilar.
Mazkur yosh davrida oʻzini boshqarishning 
tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy 
tajriba oʻzlashtirilgan bilimlarni tartibga solish 
asosida his – tuygʻular, qarashlar, axloqiy 
qarashlar, axloqiy qadriyatlar, oʻzligini anglash va 
barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va 
xulosa chiqargach, oʻz xatti – harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi, u 
hayotning turli sohalari boʻyicha har xil darajadagi koʻnikma va malakalarga 
nazariy bilimlar ijtimoiy – psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq 
etish imkoniyatiga ega boʻladi. 
B.G.Ananev rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, 18 – 20 
yosh 
pallasida 
fiziologik 
imkoniyatlar 
yuksak 
darajada 
rivojlanadi. 
Organizmning tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, 
qon kislorod bilan toʻyinadi va hokazo. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyati 
vujudga keladi. Uquv insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolish va 
xotirada 
saqlash 
qobiliyatini 
bildiradi. 
Keyinchalik 
insonda 
psixik 
funksiyalarning 
dinamikasi, 
uquvlilik 
imkoniyatlari 
sira 
pasaymaydi. 
Odamlarning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi: 1) turli 
funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir 
bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur); jadal sur’at bilan oʻsadi; 2) 
yoshga qarab turli funksiyalar oʻzaro bogʻliq muvofiqlashgan xususiyat kashf 
eta boshlaydi; 3) yetuk inson aqlining funksional oʻsish darajasi yosh 
evolyutsiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori boʻladi; 4) mazkur 


280 
funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish boʻlmaydi; 5) yetuklik 
davrida uquvlilik kamaymaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin