Talabalar bilimini nazorat qilish
Nazorat metodlari
Test
Ogʻzaki
Yozma (amaliy)
afzalligi
kamchiligi
afzalligi
kamchiligi
afzalligi
kamchiligi
Tezkorligi
Xamma uchun
bir xilligi
Nutk
rivojlanmaydi
Anik bilim
darajasini
bilolmaydi
tavakkalchilik
Nutk shakllanadi
Bahs munozara
orqali bilimlar
yana ham
mustahkamla-
nadi.
Fikr
almashiniladi
Hayajoni
kuchli tlabalar
bor bilimini
yetkaza
olmaydi
Vaqt kop talab
qiladi
Oʻz fikrini
to;iq bayon
eta oladi
Kam vaqt
ichida
hammadan
olish mmkin
Boshqa
ma`lumotlarda
n foydalanishi
mumkin
5.2.4. Oliy ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yoʻllari
Qiyinchiliklarning asosiy sabablari talabalar oʻquv faoliyatining toʻgʻri
usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay
olmasligidan iborat boʻlib, bular aqliy zoʻriqishning negizi hisoblanadi.
Talabalarda vujudga kelgan aqliy zoʻriqish tasodifiy psixologik hodisa emas,
uning zamirida shaxsiy oʻquv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi
yotadi. Shunga oʻra oliy oʻquv yurti talabalari koʻpincha oʻquv materiallarini
oʻzlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bunda
muayyan materiallar mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa, qolganlari mutlaqo
diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma’ruzaning bir qismini tinglaydilar,
uning mohiyatini ba’zoʻr anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar.
288
Oʻquv yili mobaynida ana shu holning davom etishi imtixon sessiyalarini talaba
uchun qattiq sinovga aylantiradi.
Shunga koʻra oliy oʻquv yurtining asosiy vazifalaridan biri talabani oʻquv
materiallarining asosiy manbalari bilan ishlashga oʻrgatishdan, uning mustaqil
bilish faoliyatini tashkil qilishdan, uni oʻzini boshqarish usullari bilan
tanishtirishdan iboratdir. Ma’lumki oliy maktabda mustaqillik va mustaqil oʻquv
faoliyatini uyushtirish talab qilinadi.
Oliy ma’lumot olish talabaning maqsadga muvofiq, muntazam, rejali,
izchil oʻquv faoliyatini ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirishini
taqozo etadi.
Oliy maktab psixologiyasi fanida talabalarning oʻquv faoliyati auditoriya
va auditoriyadan tashqari qismlarga ajratiladi. Shu bilan birga talabalar oldida
oʻquv faoliyatining tarkibiy qismlari bilan bogʻliq muayyan qoidalarga rioya
qilib hal etiladigan masalalar koʻriladi: 1) Qanday yoʻl bilan auditoriyada toʻgʻri
oʻqish va oʻqitish mumkin? 2) Qay yoʻsinda auditoriyadan tashqari vaqtlarda
mustaqil faoliyatning umumlashgan usullaridan foydalansa boʻladi? 3)
Ma’ruzada talabaning aqliy faoliyati uchun optimal shart – sharoitlar qanday
yaratiladi? 4) Amaliy va seminar mashgʻulotlariga tayyorgarlik natijasini
qanday aniqlash va ifodalash mumkin? 5) talabaning imtixon va sinovlarga
tayyorgarlik saviyasini aniqlash imkoniyati bormi va hokazo. Mazkur fanda
ma’ruzaning muhim beshta turi qonuniy ravishda tavsiflangan. Ular axborot
beruvchi, yoʻnaltiruvchi, ragʻbatlantiruvchi, metodik, rivojlantiruvchi va
tarbiyalovchi ma’ruzalar deb ataladi. Ana shu ma’ruzalarning sifatini
baholashda quyidagilar hisobga olinadi.
1. Ma’ruzaning mazmuni (gʻoyaviy – siyosiy yoʻnalishi, ilmiyligi,
ommabopligi, nazariya amaliyotning birligi,emperik materiallar koʻlami, bayon
qilish shakli va boshqalar).
2. Talabani oʻylashga, bosh qotirishga yetaklovchi materiallarning
muammoli bayon qilinishi (uning darajalari, jabhalari, jihatlari, davriyligi
kabilar).
3. Ma’ruzaning asosliligi (yaqqol dalillar bilan mustahkamlanuvchi
nazariy qoidalarning haqqoniyligi, loʻndaligi).
289
4. Ma’ruzaning mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bogʻliqligi
(qay darajada, qay shaklda, qay yoʻsinda).
5.
Ma’ruzaning
tizimi
(rejaliligi,
tartibliligi,
yigʻinchoqligi,
umumlashganligi).
6. Ma’ruza oʻqish usuli (koʻrsatmalilik, jonli nutq, his – tuygʻuga
boyligi, material bayonining sur’ati, oʻrinli toʻxtalish, mantiqiy urgʻu).
7. Oʻqituvchining talabaga munosabati (e’tiborligi, talabchanligi,
samimiyligi, mehribonligi, odobliligi).
8. Auditoriya bilan aloqa qilish (bevosita, jonli, yakkama – yakka,
guruhiy, jamoaviy, uzluksiz, ahyon - ahyonda).
9. Talabalarning leksiyadagi davomati (akademik guruhning toʻla
qatnashuvi, bir oz kamchiligi, umuman kamchiligi).
10. Ma’ruzani konspektlashtirish (koʻpchilik tomonidan, yarmisi,
ayrimlari).
11. Lektorlik faoliyatini boshqarish (erkin, ishonch bilan, tezisga
asoslanib bayon qilish, ma’ruza konspektidan uzoqlashmay bayon qilish).
12. Maqsadga erishish (ishlab chiqilgan yoʻllar, sinalgan vositalar,
egallangan usullar, shaxsiy nuqtai nazarni bayon qilish, talabaning mustaqil
holda ishlashi uchun imkoniyat yaratish va boshqalar).
Ma’lumki, oliy maktabdagi oʻquv tarbiya jarayonida ma’ruza bilan
seminar mashgʻulotlari bogʻlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar
mashgʻulotlari asosan talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi kabi
aqlning zarur tarkibiy qismlari shakllanishiga qaratilgan boʻladi. Seminar
mashgʻulotlarida oʻqituvchi oʻrganilayotgan muammo yuzasidan talabalarning
bilimlarini tekshirish, ularda tafakkurning mustaqilligini, mahsuldorligi va
teranligini oshirishi, atrof – muhitga munosabatni shakllantiritishi, ularga ilmiy
nazariyalar, konsepsiyalar boʻyicha shaxsiy fikrlarini bildirishga oʻrgatishi
kerak.
Seminar mashgʻuloti talabaning oʻz oʻquv faoliyatini boshqarishida
muhim rol oʻynaydi. Masalan, ta’limning turli shakllarida (mustaqil ishlar,
toʻgarak mashgʻulotlari, ilmiy – tadqiqot, leksiya va bahslarda olingan bilimlar
yaqqollashadi, tartibga tushadi, yanada chuqurlashadi, mustaqil bilim olish
290
malakalari oʻsadi, aqliy mehnat usullari oʻzlashadi, ogʻzaki va yozma nutq
takomillashadi).
Oliy maktabda koʻpincha seminar mashgʻulotining ikki turidan
foydalaniladi: a) seminar rejasiga kirgan masalalardan har birini alohida keng
smuhokama qilish; b) har bir talabaning oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan
ma’ruzasini tinglash. Bizningcha, seminarning ikkinchi turi keng koʻlamda
axborotlar almashishi imkoniyatiga ega. Chunki unda dolzarb muammolar,
qonuniyatlar, xususiyatlar boʻyicha mulohaza yuritiladi va tegishli qarorga
kelinadi.
Tajribalarda talabalarning seminar mashgʻulotidagi faoliyati quyidagi
mezonlar asosida baholanadi:
1. Seminar mashgʻulotiga chiqishning muayyan maqsadga yoʻnalgan
(masalaning qoʻyilishi, boʻlgʻusi mutaxassislikda nazariy bilimlarni amaliy
bilimlarga bogʻlash).
2. Talaba ma’ruzasining rejasi: oqilona rejalashtirish, masalani birlamchi
va ikkilamchi alomatlarga ajratish, bibliografiyani thgʻri tuzish (nodir, yangi va
kasbga oid manbalar tanlangani).
3. Talabaning xulqi: oʻrinli baxslashuvi, toʻgʻri javobi, materialni chuqur
tahlil qilishi, dalilni qayta bayon etishi, oʻz nuqtai nazari mavjudligi, ixcham va
loʻnda tahlil: ma’ruzaning zerikarliligi, boʻshligi.
4. Oʻzaro aloqa: talabaning kursdoshlarga tanqidiy, samimiy, e’tirozli
munosabati; seminar qatnashchilari bilan tez muloqotga kirishish imkoniyati.
5. Talabaning mashgʻulotini ishonch bilan, mutaxassislarcha yakunlashi,
tengdoshlari bilimini boyitishi yoki aksincha; seminarda barcha holatlar va
munosabatlarni yozib borishi, unga qarashlarini bildira olishi.
Ma’ruza va seminar mashgʻulotlari samaradorligini oshirish uchun
quyidagi psxologik holatlarga e’tibor berish lozim:
1. Matn va birlamchi manbalar boʻyicha muhim va nomuhim belgi
hamda alomatlarni ajratish yoki mavhumlashtirish.
2. Oʻzlashtirilayotgan oʻquv materiallarni oʻz vaqtida tahlil qilib borish va
umumlashtirish.
291
3. Talaba oʻquv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatning barcha
jabhalari boʻyicha yoʻl – yoʻriqlar berish.
4. Oʻqituvchi nutqidan hayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini
oldindan fahmlay bilish va boshqalar.
Shunday qilib ma’ruza va seminar mashgʻulotlarining samaradorligini
oshirish bilan oliy maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi
hamda tarbiyalovchi prinsiplarni amalga oshirish, talabalarga oʻzini oʻzi
boshqarishni oʻrgatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |