292
b) audivizual vositalarga
tayangan monologik mulohaza;
v) evristik suhbat shaklidagi suhbat;
g) tom ma’nodagi evristik suhbat;
d) dialogik bahs, disskussiya – muhokama qilinadigan
muammo
yuzasidan qarama – qarshi nuqtai nazarlar.
III. Leksiya mazmuni:
1) ma’ruzaning mazmunining konspekti va rejasi;
2) yaxlitlik, sistemalilik, koʻrsatmalilik, izohlilik, soddalikni ta’minlovchi
didaktik usullar va oʻquv vositalari (konspekt hoshiyasida) mavjudligi.
IV. Leksiya jarayonida oʻqituvchining yaxlit obrazi (timsoli):
1) lekqiya mazmunini har qaysi qismiga taaluqli boʻlgan vazifalarni
bajarishda talaba bilan oʻqituvchi hamkorligida shakllari (birgalikda muammo
yoki masalani yechish, berilgan namunaga taqlid qilish: raqobat, sheriklik,
raqiblik kabilar);
2) fikr bildirishning til orqali (nutq faoliyatida) ifodalanishi (leksik,
grammatik, stilistik, semantik xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyatni
tashkil qilish);
3) oʻqituvchining
auditoriya bilan noverbal, emosional, ifodali muloqot
vositalari (imo – ishora, mimika, pantomimika, intonasiya, temp, ritm, pauza,
ovozni kuchaytirish yoki pasaytirish).
Seminar mashgʻulotining metodik ishlamasi.
I. Mashgʻulot mavzusi:
a) mavzu tanlashni asoslash;
b) kurs prgrammasida mavzu oʻrnini aniqlash;
v) mashgʻulotning maqsadi,
vazifasi, bilishga oid, tarbiyaviy uslubiy
xususiyatlari;
g) adabiyot, tekst murakkabligi, hajmini hisobga olish va an shu negizda
birlamchi manbalarni saralash.
II. Seminar mashgʻulot oʻtkazish formasi:
1) auditoriyaning tayyorgarligi xarakteriga bogʻliq ravishda seminar
mashgʻuloti oʻtkazish formasini tanlash:
293
a) savol – javob, b) plan asosida keng koʻlamda suhbat oʻtkazish, v)
oʻzaro taqriz qilingan ma’ruza sifatida fikr almashish, g) bahs elementi mavjud
yozma referatlar muhokamasi, d) guruhiy bahs (disskussiya);
erkin ravishda
yoki maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda, ye) oʻquv – qurolli oʻyin tarzda;
2)
adabiyotga,
mashgʻulot
xarakteriga,
operasiyaga,
ob’yektga,
muammolarga, masalalarga bu mavzuga oldindan talabalarni yoʻnaltirish
dasturi;
3) muhokama qatnashchilariga rollarni taqsimlash, dokladga, referatga,
mavzu muhokamasiga, xarakteriga, formasiga qoʻyiladigan talablar.
III. Mashgʻulotni oʻtkazish rejasi (plani) va konspekti:
1) mashgʻulot mazmunining dasturi,
mavzuning asosiy qismlari, har bir
qismning asosiy vazifasi, tahlil qilinayotgan muammoni hal qilish jarayonida
vujudga keladigan asosiy ziddiyatlar, qarama –
qarshiliklarni qayd qilish
(fiksatsiyalash);
2) dasturning asosiy qismlari mazmunining konspekti; qarama –
qarshiliklarni ochishni ta’minlovchi didaktik usullarni ajratish, nuqtai nazarlarni
ajratish; mashgʻulotning har bir bosqichlarida guruhiy kommunikasiya vositalari
va usullarini saralash;
3) seminar mashgʻulotlarida mavzuni turlicha shakllarda muhokama qilish
yoʻllari;
4) seminar mashgʻuloti oʻtkazilgandan soʻng uni tahlil qilish va
yakunlash.
Dostları ilə paylaş: