Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
6.1.3. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari 
Ta’lim jarayonining natijasi oʻzlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni 
maqsadga muvofiq ravishda oʻzgartirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga 
bilim va koʻnikmalar berishidir. Bilim, koʻnikma va malakalar ta’lim 
jarayonining 
natijasidir. 
Bilimlarni 
oʻzlashtirish jarayoni muammosi 
P.Ya.Galperin va N.F.Talizina tomonidan oʻrganilgan. Ular aqliy xatti – 
harakatlarni bosqichma – bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. 
Mualliflar aqliy xatti – harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda 
aqliy shaklda, fikrda namoyon boʻlishini izohlab berdilar. Aqliy xatti – 
harakatlarning 
birinchi
bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar 
tarzida oʻz ifodasini topadi. Aqliy xatti – harakatlarning
ikkinchi
bosqichi 
koʻrgazmalardan olgan tasavvurlari toʻgʻrisida oʻquvchilarning ovoz chiqarib, 
fikr yuritishdan iboratdir. 
Uchinchi
bosqich esa, sub’yekt ongida tasavvur, 
tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operasiya, usul tariqasida namoyon 
boʻladi. Ma’lumki, oʻquvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar 
qilmaydigan darajada tezlik bilan koʻpayib bormoqda. Shuningdek, ularning 
juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham oʻz – oʻzidan ma’lum 
boʻlmoqda. 


305 
Toʻrtinchi 
bosqichda bajarilgan xatti – harakatlar ichki rejada ovoz 
chiqarilmay bajariladi. 
Beshinchi
bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga oʻtiladi. Bundan 
ravshan koʻrinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab 
qolishga asoslanadigan ta’lim hozirgi talabalarga qisman javob bermoqda. 
Oʻquvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda 
oʻzlashtirib borishga va oʻqishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur’atlar 
bilan oʻsib borayotgan fan – texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik 
imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini 
tarkib toptirish muaamosi birinchi oʻrniga chiqib bormoqda. Ta’lim jarayonida 
oʻzlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bogʻliq: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin