Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

4.
 
Xotira. 
5.
 
Ma’lumotni qoʻllash. 


299 
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanish muammosi yosh davrlari va
pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish 
muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan biri: 
1. Aqliy xatti – harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni bosqichma – 
bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya. Galperin). 
P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni olti 
bosqichni boshidan kechirib, ularga: 
1
. Motivasiya. 
2
. Tushuntirish. 
3
. Modiy formadagi xatti – harakatlarni bajarish. 
4
. Baland ovozda xatti – harakatlar va vazifalarni bajarish. 
5
. Bajariladigan xatti – harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 
6
. Faoliyatni fikran bajarishga kiradi. 
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: 
-
birinchi
turda – tatti – harakatlarni oʻzlashtirish xatolar bilan kechadi, 
berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning 
asl mohiyatini tushunib yetmaydi; 
-
ikkinchi
turda – materialni nisbatan dadil va toʻla tushunilishi va 
material bilan bogʻliq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; 
-
uchinchi
tur – tez, samarador va bexato xatti – harakatlarni 
oʻzlashtirilishini ta’minlab beradi. 
V.V.Davidov
nazariyasi. Ushbu nazariya 
kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni ilmiy 
tushunchalarni 
oʻzlashtirilishini 
tashkil 
qiladi. Bunda oʻquvchilar tomonidan ta’lim 
jarayonida nazariy tushunchalar tizimini 
oʻzlashtirilishi lozim boʻlib, bu oʻz oʻrnida
xususiydan 
umumiy 
bilimlarga
oʻtilishini ta’minlaydi. 
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan 
bogʻliq 
boʻlib, 
L.V.Zankov 
va 


300 
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli
darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixologik asoslari muammosi koʻpgina masalalarni qamrab 
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʻliq boʻladi. 
Avvalo, oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat 
diqqatda, his – tuygʻularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning
tutgan yoʻlida namoyon boʻladi. 
Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga solishni talab etadi. 
Darslarda koʻrgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan 
foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim 
jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga 
keltirishdagina emas, balki oʻquvchilarning darsda oʻtiladigan materialini idrok 
etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida oʻquvchilarning
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va
oʻquvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni 
takrorlash kerak. 
Ta’lim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan
beriladigan koʻrsatmalarga ham bogʻliq. Oʻqituvchining roli shundan iboratki, u 
oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod 
esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan faqat tushunib 
olish kifoya qilishini, nimani soʻzma – soʻz esda olib qolishni, nimaning ma’nosini
oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini koʻrsatib oʻtish 
lozim. Kuzatishlar koʻrsatadiki, bunday 
koʻrsatmalar berilmaganda, oʻquvchilarda
koʻpincha notoʻgʻri tasavvurlar vujudga 
keladi. 
Oʻqitishning 
emotsionalligi 
ta’limning 
muvaffaqiyatliligini
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim 
berish jarayoni emotsional jarayon. Agar 
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda 
hech qanday his – tuygʻu uygʻotmasa, uni 


301 
oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik 
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi 
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat oʻquv faoliyatini juda 
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq
oʻzlashtirib oladilar. 
Oʻtkazilgan tajribalar oʻquvchilar hech qanday his – tuygʻu 
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq 
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni 
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. 
Chunki, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa gʻoyatda 
kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga erishish uchun 
oʻquvchilarning kuchaytirish lozim. Ijobiy tuygʻular oʻquv mehnatining
samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan begʻaraz munozara 
paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy 
munosabatda boʻlgan ishga esa, hech qanday hafsala boʻlmaydi. 
Jamiyatimizdagi mehnat – haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab 
oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijobiy munosabat uygʻotib, mehnatning haqiqiy 
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga koʻmaklashish kerak. 
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qoʻllaganlar: “Talaba – toʻldirilib 
turilishi kerak boʻlgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim boʻlgan
mash’aldir”. Bu fikrning tagida juda chuqur ma’no bor. Zero, oʻqituvchi biz 
yuqorida ta’kidlab oʻtgan ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish 
metodi va tadqiqot metodlaridan keng qoʻllanilishi kerak. Ta’lim jarayonini 
bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga
ega boʻlgan shaxsni shakllantirish boʻlib, yuqorida aytib oʻtilgan metodlardan 
foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo boʻlishini ta’minlab beradi. 
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilishga qiziqishlari gʻoyat katta rol 
oʻynaydi. Ma’lumki qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, 
biror faoliyatni tanlash munosabati va yoʻnalishidir. 
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi oʻquvchilarning ta’lim 
jarayonida aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin