304
Ichki manbalar. Ular insoniy tugʻma yoki orttirilgan extiyojlari bilan
belgilanadi. Ulardan eng muhimi tugʻma axborotga boʻlgan extiyojdir.
Orttirilgan extiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy extiyojlar hisoblanadi.
Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart –
sharoitlari bilan
belgilanadi.
Talabalar ularning birinchisi boʻlib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan
doimiy xulq – atvorini bildiradi. Bogʻcha, maktab, oila boladan juda koʻp
ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, koʻnikmalar
darajasini
boʻlishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi
kerak, 7 yoshdan u oʻqishi kerak, 15 yoshdan
u kasb tanlashi kerak deb
hisoblaymiz. Imkoniyatlar – shaxs faoliyatini belgilovchi ob’yektiv shart –
sharoitlardir. Masalan, boy kutubxona bolani koʻp kitobga oʻqishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: