Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
6.3.2. Kasbiy etuklik va shaxs komilligi 
Jahon psixologiyasi fanida shaxs toʻgʻrisida oʻnlab nazariyalar, qarashlar, 
yondashuvlar mavjud boʻlishiga qaramay, inson kamoloti yuzasidan 
hanuzgacha umumiy bir fikrga kelinganicha yoʻq. Xuddi shu bois 
insonshunoslikda shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar 
qoʻllanilishi an’ana tusiga kirgan, jumladan, shaxs, inson, odam, kishi, sub’yekt, 
individ, individuallik, komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipiklik va 
tipologik xususiyatlar shular jumlasidandir. Psixologiya fanida munosabatlar 
nuqtai nazaridan “sub’yekt – ob’yekt – sub’yektlararo”, “subekt – sub’yekt – 
ob’yektlararo” singari yondashuvlar mavjud boʻlib, ularning barchasi tabiiy 
(biologik) va ijtimoiy (sotsial) shartlanganlik manbalaridan kelibchiqqan holda 
tahlil hamda talqig qilishga asoslangandir. 
SHaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual psixologiya
neofreydizm, beganalashish nazariyasi, gumanistik psixologiya, epigenetik 
nazariya, fruchtratsiya nazariyasi, rollar nazariyasi, ekzistensial psixologiya, 
tushunuvchan psixologiya, fransuz sotsiologik maktabi.yu sobiq sovet 
psixologlarining har xil nazariyalari mavjuddir. 
Lekin bu oʻrinda shaxsning tuzilishi, uning tabbiiy va ijtimoiy shartlangan 
xususiyatlari munosabati, tipiklik va tipologik jabhalar, ijtimoiylik va tarixiylik, 
filogenetik va ontogenetik tomonlari boʻyicha konsepsiyalar mohiyatini tahlil 
qilish masalasi ilmiy izlanishlarimizning maqsadiga kirmaydi. Xuddi shu 
sababdan ularning mazmuni, tuzilishi toʻgʻrisida mulohaza yuritish boshqa 


321 
sahifalarga moʻljallanganligi tufayli nomlarini ta’kidlab oʻtish bilan qanoat hosil 
qilamiz, xolos. 
Uzoq va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik 
nuqtai nazardan muayyan, qat’iy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiqi 
qilingan. Shuning uchun biz shaxsan oʻzimiz taklif qilayotgan sxema boʻyicha 
mulohaza yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning oʻziga xos 
xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularni quyidagi 
davrlarga ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam 
(individ), inson, shaxs, sub’yekt, komil inson. 
Shaxsning kamoloti murtaklik davrdan boshlanish toʻgʻrisidagi asosli 
fikrlar 
A.Vallon, 
D.Bromley 
tadqiqotlarida, 
ayrim 
psixologlar 
va 
psixofiziologlarning maqolalarida uchraydi, xolos. Shu narsani ta’kidlab oʻtish 
joizki, murtaklik davrining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirish imkoniyati
muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki tabiatshunoslar, 
biologlar, 
fiziologlar 
tomonidan 
tavsiflab 
berilganligi, 
tibbiyot 
mutaxassislarining esa bu borada oʻzlarining qarashlari, yondashuvlari 
shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos boʻlib hizmat qila oladi. 
Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va 
D.Bromley boʻlib hisoblanadi. Jumladan, D.Bromley mazur davrni quyidagi 
bosqichlarga ajratib tahlil qilishni tavsiya qiladi: zigota – embrional – homila – 
tugʻilish oldi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni kamolot 
bosqichi qatoriga kiritadi. Mazkur psixologlar murtaklik davrini insonning 
umumiy kamoloti nuqtai nazaridan tahlil qilmaydilar, balki ular ontogenezning 
(tugʻilgandan to umrning oxrigacha davr) tarkibiy qismi sifatida talqin etadilar, 
xolos. Ushbu davrning oʻziga xos tomonlari va xususyaitlarini psixologik 
jihatdan yoritib berishga intiladilar va bu yoʻnalishda ma’lum bir yutuqqa 
erishishga muyassar boʻladilar. 
Ularning ilmiy – amaliy mulohazalarini asosli dalil sifatida qabul qilgan 
holda bu boradagi oʻz shaxsiy mulohazalarimizni bildiramiz. Buning uchun 
murtaklik davrining muayyan tarkiblardan iborat ekanligini izohlash va 
tavsiflashning oʻzi kifoya. Jahon psixologlari va fiziologlarining fikriga 
qaraganda, mazkur kamolot davrining har bir bosqichi oʻziga xos xususiyatlarga 


322 
ega boʻlib, ma’lum bir ma’noda qulay (sezitiv) palla sifatida muayyan fuknsiya 
bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin