6.2. TARBIYA PSIXOLOGIYASI
6.2.1. Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning
asosiy yoʻnalishi sifatida
Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan
pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini
oʻrganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.
Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga
tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda
ta’sir koʻrsatish jarayonidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil
fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi, oʻzining qadr – qimmatini
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega
boʻlgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega boʻlamiz” deb ta’kidlaganlaridek,
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bugungi
kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda.
Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi etadigan, qonunlarni yaxshi
oʻzlashtirgan mutaxassis – ma’naviyatsiz, tarbiyasiz, axloqsiz boʻlsa nima
boʻlishi mumkin? U oʻz manfaatini koʻzlaydi. Vatan uchun biror narsa qurbon
qila olmaydi, chunki u xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik,
309
milliy gʻurur yoʻq. U muhtojlarga yordam bera olmaydi, chunki unda tarbiya
shakllanmagan.
Hulq atvor va odatni shakllantirish – ma’lumki, odam ongining yuksak
belgilaridan biri, uning oʻzini anglashidir. Odamning oʻzini anglashi oʻz
navbatida shaxsning mim belgisi hisoblanadi.odam oʻz tevarak – atrofidagi
olamga ta’sir etuvchi sub’yektdir. Odamning idrok etadiga, tasavvur qiladigan
narsalari uning uchun ob’yektdir. Ana shu nuqtai – nazardan olganda, odamning
oʻzini anglashi sub’yektiv ravishda oʻzini “men” deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot boʻlganligidan unga oʻzligini anglash qobiliyati xosdir.
Faqat ijtimoiy hayotda, oʻzga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda
odamning oʻzini anglashi, oʻzini “men” deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy
etadi.odam oʻzini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, oʻzining oʻtmishi va
kelajagini anglashi, oʻz huquq va burchini anglai va nihoyat oʻzining fazilat
hamda kamchiliklarini anglashi, oʻzini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini oʻzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir
qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jaiyat ishlab
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish kuchlari
hamda ishlab chiqarish munosabatlarining oʻsishi va oʻzgarishidir. Bundan tashqari
yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan
tajribalarning tarbiya vositasi orqali belgilarga berilishidir. Shunday qilib inson
shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya boʻlib, u kishining individual hayoti
davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin asta tarkib topadi.
Ulardan birinchisi, odam tugʻilib oʻsadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri boʻlsa,
ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali ravishda beriladigan ijtimoiy
ta’lim – tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yoʻl bilan
beriladigan irsiy omillarning ta’siridir.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida
tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal etuvchi ahamiyatga egadir. Lekin,
inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, faqat shu
ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogʻliqdir. Bu faktor
nasliy yoʻl bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga
nasliy yoʻl bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi.
310
Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va koʻzlarining rangi, ovozi, gapirish
uslublari, ayrim harakatlari tugʻma ravishda berilishi mumkin. Bunday
imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni roʻyobga chiqarishi uchun albatta,
ma’lum sharoit boʻlishi kerak.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqaan iste’dodli olimlar,
muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari,
iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yoʻl bilan berilgan
barcha imkoniyatlarning roʻyobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga
kelganligini dalili boʻla oladi.
Bolalar maktab yoshiga etgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni
boshlanadi. Kichik maktab, oʻsmirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon boʻladi.
Inson shaxsini oʻrganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika
kabi fanlar shugʻullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar
fanlarning umumiy tadqiqot ob’yektiga aylanib bormoqda. SHunga qaramasdan,
bir tomondan, inon taraqqiyotining sintetik tavsifi boʻyicha integratsiya holati
yirik tarzda tasavvur etish uchun, uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan
oʻrganish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining
operatsional (oʻquv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida
funksional mexanizmiga oʻsib boradi, binobarin, unda koillik belgisi
shakllanadi, natijada u kamolot choʻqqisining muayyan darajasiga erishadi.
Inson – jamiyat – taiat – turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari
S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev odamning ular bilan
har xi turdagi va koʻrinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va
makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta’kidlab oʻtganlar.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli
“Homo Sapiens” sifatida oʻrganiladi.
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob’yekti, ham sub’yekti tariqasida
shaxs tadqiq etiladi.
311
Uchinchidan,
individ
muayyan koʻlamda oʻzgaruvchan,
taraqqi yotning genetik dasturiga
asoslanuvchi alohida xususiyatli
jonzot
tarzida
ilmiy
jihatdan
tekshiriladi.
Insonni
jamiyat
ishlab
chiqarishining yetakchi tarkibi.
Bilish,
kommuniatsiya
va
boshqaruv
sub’yekti,
tarbiya
predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq
bilan koʻp qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda
namoyon boʻlishi mumkin:
-
Tabiatning biotik va abiotik omillari – inson;
-
Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti – inson;
-
Inson – texnika;
-
Inson – madaniyat;
-
Inson va jamiyat – yer va fazo.
21 asrda ham odam individ. Shaxs, sub’yekt, komil inson sifatida talqin
qilinishida davom ettiriladi, lekin, har bir tushuncha mohiyatida sifat
oʻzgarishlari yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual
– tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyusiya
bosqichlarida izchil ravishda namoyon boʻladi va takomillashuv jarayonida oʻz
ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning
individual – tipologik xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi, bioximik
individuallik) holatlar, simmetriya va assimmetriya juft retseptorlari, effektorlari
funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va
molekulyar tuzilishining barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal
va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik extiyojlar
tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab,
312
ularning integratsiyasi temperamentida va tugʻma mayllarda ifodalanishini
ta’kidlab oʻtish joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik
evolyusiyadan iborat boʻlib, ular filiogenetik dasturga asoslanib xukm suradi.
Yosh va individual oʻzgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy – tarixiy taraqqiyoti
ta’siri ostida har xil koʻrinishda namoyon boʻladi. Individning dinamik
xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta’sir etib, uning individual
oʻzgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning
muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi
(iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan oʻrni)
orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy oʻzaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning
ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yoʻnalganlik shaxsni
faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yoʻnalganlik shaxs xususiyatlarining
birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos boʻlib hizmat qiladi.
Shaxsning ta’rifi xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l – atvor tuzilishini
belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi sifatlarining oʻzaro ta’sirini birlashtiruvchi
yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga kelad. Insonning shaxs
hislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl – uning jamiyatdagi hayot yoʻli va
ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va sub’yekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga
e’tibor qilish lozim:
-
Inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart – sharotlar (ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
-
Insonning oʻziga taalluqli, asosiy tavsiflar. Uning ichki qonuniyatlari,
mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyusiya;
-
Inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning oʻzaro aloqalari,
shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning
takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning
amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda
yashash muhiti tarixiy tajribani egallash, interiorizatsiya va eksteriorizatsiya
amalga oshadi.
313
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida
hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatning funksional sistemasi
protsesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, koʻnikma va
malakalarni, kishining ijtimoiy tajribalarini oʻzlashtiribgina qolmay, balki
oʻzining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir soʻz bilan
aytganda, voqelikka boʻlgan ongli munosabatini hamda oʻz harakatlari va xulq –
atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti - xarakatlari
shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab
qurilmadan iborat boʻlgan hamda shartli ravishda toʻrtta oʻzaro mustahkam
bogʻlangan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi – boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi – stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi – stabilizatsiyalash tizimi;
Toʻrtinchisi – indikatsiyalash tizimi.
Shaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan barcha sifatlari
ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq –
atvori va xatti – harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil boʻlishida analizatorlar oʻrtasidagi doimiy tabiiy
aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol oʻynaydi. Birq, bu
analizatorlar oʻrtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qoʻshilib
keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga oʻtib ketadigan
yuksak darajaa integratsiyalangan ma’lum ichki sensor komlekslarni hosil
qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, koʻrish hamda sensomotor
komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning
hayot – faoliyati jarayonida oʻzaro bir – biri bilan doimiy aloqaga kirishib,
sensor –persptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratdi.
Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizmi barqaror psixik holatlarni oʻz ichiga oladi. Bu holatlar
bolaning aniq maqsadin koʻzlovchi va foydali faoliyatining ong sub’yekti
sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridanoq shakllana boshlaydi.
314
Temperament intellektual bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar
jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim – shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir.
Yoʻnaltirilganlik, qobiliyat. Mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini
tashkil etadi.
Yoʻnaltirilganlik – shaxsning integral va generalizatsiya qilingan
xususiyatlardir.
Yoʻnaltirilganlik, bilim munosabatlarni hamda shaxsning xulq – atvori
hamda xatti – xarakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan. Motivlarning
bir butun ekanligida oʻz ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi,
qiziqishlari va ma’navyi ehtiyojlarida namoyon boʻladi.
Yoʻnaltirilganlik strukturasida gʻoyaviy e’tiqod katta rol oʻynaydi.
Gʻoyaviy e’tiqod – bilimning, oʻsha shaxsga xos boʻlgan intellektual,
emotsional iroda sifatlarining sintezi gʻoyalari va xatti harakatlari bir
butunligining negizidir. Tizim oʻz ichig ashunday xususiyatlar, munosabatlar va
xatti – harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy “oʻy – fikrlari va
his – tuygʻulari” aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli,
ijtimoiy taraqqiyotli, mas’ul arboblari sifatida xulq – atvorini belgilab beradi.
Bunga gumanizm. Kolliktivizm, optimizm va mehnatsevarlik azilatlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |