Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Sub’yekt oʻzining mana shu xususiyatlari bilan shaxsdan tafovutlanadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Sub’yekt oʻzining mana shu xususiyatlari bilan shaxsdan tafovutlanadi: 
-
xulq – atvorda, faoliyatda, muomalada mustaqillikning ustuvorligi
-
ijtimoiy hayotning har bir jabhasida shaxsiy pozitsiyaga egalik; 
-
ilgʻor insonparvarlik gʻoyalarini ilgari surish va originalligi, 
nostandartligi, innovatsion ekanligi bilan ajralib turishlik; 
-
gʻoyalarni qaror toptirishda ob’yektiv va sub’yektiv toʻsiqlarni engish. 
Sub’yektning eng muhim koʻrsatkichi – bu professionalizmga erishuv va 
ijtimoiy – siysiy etuklikni namoyish qilishdir.
Nomdor mutaxassislar, fan va 
texnika, jamoat arboblari, ijodiy – tarixiy fikrlovchilar, siyosatchilar, davlat 
rahbarlari sub’yekt bosqichida faoliyat koʻrsatishlari mumkin. Shuning uchun 
ushbu vaziyatda ommaviylikka erishishga intilish jamiyatning taraqqiyotini 
tezlashtirish sari etaklaydi, fidoiy, tooliqmas kishilar safini kengaytirishga 
xizmat qiladi. 
Komil inson gʻoyasi insoniyatning asriy orzusi boʻlib hisoblanadi va 
ushbu darajaga erishish borliqni, tabiatni, jamiyatni bilishning muhim manbai 
sanaladi. Komil inson toʻgʻrisida tasavvuf, soʻfizim ilmiy maktablari muayyan 
ma’lumotlar toʻplashga muvaffaq boʻlganlar, shuningdek, bu mavzuga oid 
qarashlar jahonning insonparvarlik gʻoyalari bilan qurollangan allomalarning 
izlanishlarida alohida oʻrin egallagan. Ularning nazariyalariga tanqidiy 
munosabatni bildirish mavridi boʻlmaganligi sababli faqat ta’kidlab oʻtish bilan 
kifoyalanamiz, binobarin, tariqat, haqiqat, ma’rifat toʻgʻrisida mulohaza 


328 
yuritmaymiz. Aksincha, bu borada oʻzimizning shaxsiy qaqrashlarimizni bayon 
qilamiz xolos. Bizningcha, hozirgi zamon nuqtai nazaridan mazkur muammoga 
yondashsak, komil insonlikni toʻrt bosqichga ajratib talqin qilish maqsadga 
muvofiq boʻladi. 
1. Inson kamolotining bu bosqichiga kelib oʻzining sohasi boʻyicha piri 
ixtisos darajasiga erishadi. Buning natijasida etuk inson hayot va faoliyatda 
ijtimoiy – tarixiy psixologik namumna bosqichiga oʻsib oʻtadi, oʻzining 
salohiyati bilan sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik 
namunasi milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi 
mexanizm vaxifasini bajaradi. Bu bosqichdagi insonlarning asosiy xususiyatlari 
quyidagilarda oʻz aksini topadi: 
- yuksak aql – zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik; 
- antipatsiya kundalik faoliyat mahsuliga aylanganlik , ya’ni amalga 
oshirish rejalashtirilgan faoliyat natijasining oldindan modelini yaratish; 
- xulq, faoliyat, muomala jarayolari oʻz imkoniyatini oqilona baholash va 
oʻzgalar tomonidan xuddi shunday darajaga erishish; 
- sohaga oid talant va salohiyatning amaliy ifodalanishini ta’minlash. 
2. Ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolotining navbatdagi yuksak 
bosqichi boʻlib, hozirgi davrda bir necha sohalar boʻyicha mukammal 
bilimlarga, qarashlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Sohalarning kengayishi tufayli 
bu darajaga erishish imkoniyati tobora cheklanib bormoqda, chunki fan va 
texnika jadal suratlar bilan oʻsishi, axborotlar salmogʻining soniya sayin ortishi 
vaqt taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Fazoviy va vizual munosabatlar 
toʻgʻrisidagi miqdor hamda sifat oʻzgarishlari inson da’vosi bilan uning 
imkoniyati oʻrtasidagi ziddiyatli holatlarni vujudga keltirmoqda. 
Ixtisoslararo bilimdonlik oʻziga xos ikki xususiyati bilan boshqa kamolot 
bosqichlaridan ajralib turadi: 
-
uzluksiz ravishda kashfiyotlarni amalga oshirishga qobillik; 
-
har bir ixtisos predmetiga oid qarashlarda mukammallikka, 
sermahsullikka va dinamizmga erishish. 
3. Komil insonning navbatdagi kamolot bosqichi aqliy donishmandlik deb 
atalib, tabiatga va jamiyatga, biosfera va noosferaga nisbatan super onglilik 


329 
koʻrsatkichiga erishish bilan tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy 
madaniyat, yuksak his – tuygʻular, muomala maromi, tabiat va jamiyat 
normalariga rioya qilishlik bilan uzviy uygʻunlikda hukm suradi. Axloqiy 
etuklik siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy ong koʻrinishlariga oqilona yondashishni 
ta’minlaydi. 
Aqliy donishmandlik axloqiy, intellektual, estetik va praksik (mehnat 
natijasidan lazzatlanish) yuksak his – tuygʻular manbasiga bevosita asoslansa, 
toʻkislik, mukammallik namunasini aks ettiradi. Ma’naviy barkamollik 
etuklikning tarkibiy qismlari bilan bir tekis qurollantiradi, xulq, faoliyat va 
muomala regulyatori funksiyasini oʻtaydi. 
4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga 
keluvchi imkoniyat yoki zaruriyatning mahsulidir. Fan, texnika, siyosat, din, 
davlat qurilishi sohasida keskin oʻzgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar 
kamolotining oxirgi bosqichiga erishishi mumkin. Bunday darajaga erishganlar 
oʻzlarining valeligi, bashoratchanligi bilan davrdan, zamondan ancha ilgarilab 
ketish hollari bilan tavsiflanadi. 
Komil insonlik toʻgʻrisidagi mulohazalar ideal sharoitni aks ettirishga 
qaratilganligini ta’kidlab oʻtish joiz. Chunki reallikdan uzoqlashish unga 
erishish imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson oʻzini – oʻzi 
kashf qilish, oʻzini roʻyobga chiqarish, qulay shart – sharoitlar yaratishorqali 
yuksak darajaga erishsa boʻladi. Lekin, komil insonlikka qoʻyiladigan talablar 
darajasiga nisbiy yondashish, mezonlarni ixchamlashtirish orqali komil insonni 
shakllantirish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin