Metod (yunoncha metodos) so'zning keng ma'nosida "bir narsaga yo'l", sub'ektning har qanday ko'rinishdagi faoliyat yo'li



Yüklə 1,68 Mb.
tarix28.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#104327
Ilmiy tadqiqot metodologiya Tayyorladi Narzullayeva P.A.

Metod (yunoncha - metodos) - so'zning keng ma'nosida - "bir narsaga yo'l", sub'ektning har qanday ko'rinishdagi faoliyat yo'li.

Metod bu........vo-qelikni amaliy va nazariy egallash oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl-yoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.


Mavzu:Ilmiy tadqiqotda metod tushunchasi

Metod oʻz mazmuni jihatidan 2 ga bo`linadi: Metod o`z mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy metod.lari vujudga keldi.

O`rta Osiyoda ko`plab olimlar fan metodlarini rivojlantirgan . Bular ......

Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham M. taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnits singari faylasuflar M.lar haqida maxsus asarlar ham yozishdi.

  • Hozirgi zamon fanlarida koʻplab umumiy, xususiy ilmiy metodlar qoʻllaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashtirish va matematik metodlarning yangi shakllari rivojlandi, kibernetik modellashtirish va kompyuter modellashtirish metodlari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Zamonaviy ilmiy metodlar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishda yordam bermoqda.

Nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlarga taxlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, modellashtirish usullari kiradi.

Taxlil usulida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga ajratib o’rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining moxiyati ularning bog’liqligi va o’zaro ta’siri asosida o’rganiladi.

Sintez esaobyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o’zaro bog’liqligi asosida o’rganadi. Sintez taxlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni o’rganishda qo’llaniladi. Taxlil va sintez bir-biriga bog’liq metodlaridir, ular bir-birini to’ldiradi.

Deduktsiya umumiydan xususiyga bo’lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qo’llaniladi.

Induktsiya deduktsiyaga qarama-qarshi bo’lib, mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga tomon amalga oshiriladi.

Modellashtirish usulida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy sistema, ya’ni modelda o’rganiladi. Model obyekt bilan ko’p jixatdan o’xshash bo’ladi, ular orasida deyarli farq bo’lmaydi.

Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir:

  • Masalaning qo’yilishi
  • Modellashtirishni yaratish va tanlash
  • Modellashtirishni o’rganish
  • Model bo’yicha olingan bilimlarni originalga ko’chirish.

Gepotetik usul – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun asosiy metod hisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo’llaniladi.

  • Tarixiy metod – obyektning tug’ilishini, shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o’rganishga asoslangan. Texnik sohalarda kam qo’llaniladi.

Nazariy tadqiqot metodlariga umumlashtirish, aksiomatik va abstraktsiyalash metodlari kiradi.

  • Umumlashtirish deb umumiy holatni shakllanishi va obyektlar majmuasidagi eng ahamiyatli munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi ilmiy tushunchalarni hosil bo’lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun vosita hisoblanadi.
  • Aksiomatik metod - aksiomalarga, ya’ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduktsiyadan foydalanilgan holda mantiqiy isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko’proq nazariy fanlarni rivojlanishda ishlatiladi.
  • Abstraktsiyalash metodi- obyektni ahamiyatsiz xossolardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba’zi bir tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraktsiyalash metodi 2 ta bosqichga bo’linadi.(1-bosqichda e’tiborga olinmasa ham bo’ladigan omillar aniqlanadi.2- bosqichda obyektni xossalarga uncha boy bo’lmagan soddalashtirilgan model bilan almashtiriladi.)
  • Formatlashtirish – u obyektni biror –bir sun’iy tilning (masalan matematika, ximiya ) belgisi shaklida tasvirlash orqali o’rgatishga imkon beradi. Ushbu metod muammoni umumiy holda echish imkonini beradi.Bunda obyektning e’tiborli tomonlari matematik termin va tenglamalar bilan ifodalanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin