257
Kuzatish.
Samarali oʻqituvchilar talabalarini sinfxonaga kirgan paytdanoq
kuzatishni boshlashadi. Ba’zi oʻqituvchilar talabalarga eshik oldidan salom berib
kelishadi va shu bilan ular talabalarning kayfiyati va motivatsiyasini kuzatishga
urinishadi. Anna bilan Naomi haligacha bir-biri bilan gaplashishmayaptimi?
Etanning kitoblari bormi? Shu tarzdagi savollar bilan ma’lumot toʻplash
talabalar bilimini samarali oshirishda yordam beradi (masalan, Etanga hali
qoʻngʻiroq chalinguncha borib shkafidan materiallarini olib kelishni tavsiya
etish yoki Anna bilan Naomini bir guruhga qoʻshib qoʻymaslik).
Koʻrsatma paytida oʻqituvchilar talabalarning mashgʻulotga tayyorlik
darajasi va qiziqishlarini aniqlash uchun kuzatish olib boradilar. Kuzatish oʻz
ichiga tana harakatlarini kuzatish va shuningdek talabalar nima deyayotganiga
quloq solishni qamrab oladi. Misol uchun, oʻqituvchi talabalarning fan
loyihasiga qaramasdan, derazadan tashqariga qarab oʻtirganlarini kuzatishi
mumkin, yoki oʻqituvchi talabalarning dars nima haqida ekanliklarini
tushunmasdan bir-birlariga gapirayotganliklarini eshitishi mumkin. Kuzatuvlar
oʻqituvchiga keyin qaysi talabani chaqirishni belgilashda, dars tezligini
kamaytirish yoki kuchaytirishda, namuna keltirish kerak boʻlgan paytda
mashgʻulotni tugatish kerakmi-yoʻqmi, talabalar jismoniy mashgʻulotlarni
qanchalik yaxshi bajarayotganliklarini, yoki potensial xulq-atvor muammolari
mavjudligini koʻrishda yordam beradi. Koʻplab oʻqituvchilar xona boʻylab
yurishni kuzatish uchun ancha samarali deb oʻylashadi, chunki ular talabalarni
turli xil tomondan kuzata oladilar. Biroq, darslarning juda tezkorligi va
murakkabligi oʻqituvchilar uchun istaganlaricha ma’lumot toʻplashda qiyin
kechadi.
Dostları ilə paylaş: