Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ishonchlilik. 
Ishonchlilik oʻlchamning barqarorligini anglatadi. Tasavvur qiling, janob 
Garsiya oʻzining oʻninchi sinf talabalariga ozuqa kimyosi boʻyicha dars 
oʻtmoqda va dars soʻngida u oʻqituvchilar qoʻllanmasidan test mavzular 
boʻyicha baholash oʻtkazadi. Ishonchlilik quyidagi savollarga asoslangan: Agar 
talabalar vazifani Juma yoki Dushanba kuni olganlarida ularning baholari 
qanchalik oʻxshash boʻlardi? Agar janob Garsiya boshqa turdagi testlarni 
tanlaganida yoki boshqa oʻqituvchi testni tekshirganida, baholar oʻzgargan 
boʻlarmidi? 
Baholash 
talabalarning 
bir 
paytdagi 
mehnatining 
aniq 
oʻlchamlaridan foydalangan holda ular haqida ma’lumot beradi. Toki 
baholashdagi natijalar turli vaziyatlarda, turli baholovchilarda yoki turli 
vazifalarda (xuddi bir mazmunli sohada) barqarorligicha qolmasa, natijalardagi 
ishonch pasayadi va talabaning bilimini oshirishda u foydali boʻla olmaydi. 
Aniqki, biz mukammal barqarorlikni umid qilolmaymiz. Talabalarning 
xotirasi, diqqati, charchoqliklari, harakatlari va bezovtaliklari oʻzgarib turadi va 
bu ularning ishiga ham ta’sir etadi. Hatto malakali baholovchilar yozma ish, fan 
loyihasi yoki ogʻzaki prezentatsiya kabi ishlarni baholashda farq etadilar. 
Shuningdek, soʻz tanlash va aniq mavzular dezayni ham talabalar mehnatiga 


255 
ta’sir etadi. Biroq ba’zi baholash tizimlari boshqalariga qaraganda ishonchliroq 
va shuningdek oʻqituvchilar ishonchlilikni oshira oluvchi bir qancha 
strategiyalar ham mavjud. 
Birinchidan, koʻproq mavzu yoki vazifalardan iborat baholash tizimining 
ishonchlilik darajasi koʻproq. Buni tushunish uchun, ikkita test olaylik: birida 
beshta mavzu bor, ikkinchisida 50 ta mavzu bor. Imkoniyat faktorlari uzunroq 
testga qaraganda, kichikroq testga ta’sir qiladi. Agar talaba birinchi testdagi 
mavzulardan birini tushunmasa, bu umumiy bahoga katta ta’sir oʻtkazadi (20 
foizga kamayadi). Aksincha, 50 ta mavzuli testda bir mavzu tushunarsiz boʻlsa, 
umumiy bahoga kamroq ta’sir boʻladi (faqatgina 2 foiz). Aniqki, bu testlar juda 
uzun boʻlishi kerak degani emas, ammo oʻrtacha va imkoniyat farqini 
kamaytirishga yetadigan sonda mavzular qoplanishi kerak. Ikkinchidan, aniq 
yoʻllanmalar va mavzular ishonchlilikni oshirishga yordam beradi. Agar 
yoʻllanmalar va aniq mavzu va vazifalar soʻzlari noaniq boʻlsa, u holda 
talabalarning oʻzlari natija aniqligiga ta’sir etgan holda tahmin qilishlariga 
toʻgʻri keladi. Uchinchidan, aniq baholash kriteriyalari yuqori ishonchlilikni 
ta’minlashda muhim hisoblanadi. Ushbu boʻlim soʻngida biz baholash 
kriteriyalarini rivojlantirish uchun ishlatiladigan strategiyalarga izoh beramiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin