1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
O’nli kasrni o’nli kasrga bo’lish uchun: 1-qadam: bo’luvchidagi vergulni natural son hosil bo’lgunch o’ngga surish.
2-qadam: buning natijasida bo’luvchi necha marta ortganini aniqlash.
3-qadam:bo’luvchini ham undagi vergulni o’ngga surish bilan shuncha marta orttirish.
4-qadam: so’ngra bo’lishni o’nli kasrni natural songa bo’lish kabi bajarish kerak.
O’nli kasrni 0,1 ga; 0,01 ga; … bo’lish uchun uni 10 ga, 100 ga, 1000 ga, … ko’paytirish kerak.
Sonni 0,5 ga; 0,25 ga; 0,125 ga ko’paytirish uchun sonni 2 ga; 4 ga; 8 ga bo’lish kerak.