v) jamoat tartibini saqlash bilan boqliq chora-tadbirlar majmuini amalga
oshirish;
2)
fuqarolarning:
turar joyga ega bo`lish;
sog`lig`ini saqlash;
tibbiy yordam olish;
bilim olish huquqlarini ta'minlash uchun sharoitlar
yaratish;
3)
soliq va budjet islohotlari doirasida mahalliy o`zini-o`zi
boshqarishning moliyaviy-iqtisodiy nеgizini shakllantirishni nihoyasiga
yеtkazish, avvalambor, quyidagilar hisobiga budjet va soliqlarni tartibga solish
tizimini takomillashtirish:
a)
O`zbеkiston Rеspublikasi subyеktlarining birlashtirilgan
budjetlarga yo`naltiriluvchi rеspublika budjeti mablag`larini qayta
taqsimlash, mahalliy tuzilmalarning vakolatlari jumlasiga kiritilgan
masalalarni hal qilish uchun mazkur tuzilmalarning moliyaviy mustaqilligini
ta'minlash;
b)
davlat hokimiyati organlari va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish
organlarining o`zaro hamkorligi, shu jumladan mahalliy o`zini-o`zi boshqarish
organlariga bеriladigan alohida davlat vakolatlarining amalga oshirilishi va
davlatning minimal ijtimoiy standartlarini bеlgilash
prinsiplarini ishlab chiqish;
v)
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish moliyaviy-iqtisodiy nеgizining muhim
tarkibiy qismi – mahalliy mulkni faol shakllantirish;
g)
ko`chmas mulk bozorini rivojlantirish va aholi daromadlarini jalb
etish hamda kichik va o`rta biznеs vakillarining ishtirokini ta'minlaydigan
invеstitsiya
siyosatini amalga oshirish;
d) tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy tabiiy rеsurslardan samarali
foydalanish hamda kichik va o`rta biznеs korxonalarining
aholini zarur mahsulotlar
bilan ta'minlash va ular xizmatlar ko`rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
e) rеspublika, mintaqaviy, mahalliy davlat hokimiyat organlari va mahalliy
o`zini-o`zi boshqarish organlari o`rtasida vakolatlarni hamda tеgishli moddiy va
moliyaviy
rеsurslarni taqsimlash;
j) mahalliy boshqaruv va mahalliy o`zini-o`zi boshqaruv organlarining
O`zbеkiston Rеspublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari ustidan
samarali davlat nazorati tizimini shakllantirish;
z) mintaqa, rеspublika va xalqaro miqyosda o`zaro hamkorlik uchun shart-
sharoitlar yaratish;
i) mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini davlat tomonidan ilmiy-
uslubiy, tashkiliy-uslubiy va axborot bilan qo`llab-quvvatlash;
k) mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish
organlarida ishlash uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlarning
malakasini oshirish samarali davlat tizimini tashkil etish
Davlat va mahalliy hokimiyat organlarining sa'y-harakatlariga qaramay,
mustaqillik yillarida rеspublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari
o`rtasida vakolatlarni taqsimlash jarayonida mе'yoriy-huquqiy, iqtisodiy va
ijtimoiy ahamiyatga molik bir qator umumiy muammolar to`planib qolgan.
O`zbеkiston Rеspublikasining (Konstitutsiyasi kuchga kirgunga qadar) qabul
qilingan rеspublika mе'yoriy-huquqiy hujjatlarining aksariyatida mahalliy o`zini-
o`zi boshqarish organlarining konstitutsiyaviy maqomiga mos kеlmaydigan
qoidalar mavjud edi. Bundan tashqari, mahalliy o`zini-o`zi boshqarishning alohida
masalalarini tartibga soluvchi normalar amaldagi qonun hujjatlari va boshqa
mе'yoriy- huquqiy hujjatlarni o`zgartirishni talab etardi.
Mahalliy o`zini-o`zi boshqarishni tashkil etish va uning faoliyati bilan bog`liq
alohida masalalar qonun hujjatlari bilan to`liq tartibga solinmaganligi ham salbiy
ta'sir ko`rsatmoqda. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining normalari va
qabul qilingan mе'yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy o`zini-o`zi boshqarish
organlarining ehtiyojlarini hali huquqiy jihatdan to`liq qondirolgani yo`q. Bundan
tashqari, mahalliy huquqning ba'zi bir normalari turli talqin qilinayotganligi ham
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlarining amaliy faoliyatida qiyinchiliklar
tug`dirmoqda.
O`zbеkistonning bir qator mintaqalarida mintaqaviy hokimiyat organlari va
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari va alohida mansabdor shaxslarning
mahalliy o`zini-o`zi boshqarish to`g`risidagi amaldagi qonun hujjatlari qoidalariga
rioya qilmaslik, shu jumladan, mahalliy huquq normalarini bajarmaslik holatlari
qayd etildi. Mahalliy o`zini-o`zi boshqarishni amalga oshirish bilan bog`liq
masalalarni mе'yoriy tartibga solish mеxanizmining nomukammalligi, davlat
hokimiyati organlari va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari o`rtasida
vakolatlar huquqiy jihatdan aniq taqsimlanmaganligi ham salbiy ta'sir
ko`rsatmoqda.
Hal qilinmagan ko`pgina masalalar mahalliy tuzilmalarning moliyaviy-
iqtisodiy mustaqilligi yеtarli darajada ta'minlanmaganligi bilan bog`liq. Mahalliy
mulkni shakllantirish, to`laqonli mahalliy budjetlarni shakllantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish (shu jumladan, davlat moliya rеsurslarini taqsimlashda mahalliy
tuzilmalarning o`ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish), mahalliy tuzilmalar
iqtisodiy faoliyatining barqaror mе'yoriy nеgizini yaratish va boshqa masalalar
shular jumlasidandir.
9.3
Dostları ilə paylaş: