O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti Pedagogika fakulteti



Yüklə 146 Kb.
səhifə2/6
tarix16.02.2023
ölçüsü146 Kb.
#84562
1   2   3   4   5   6
Feruza JONA DEYDI

Kurs ishining maqsadi:
Xalq hunarmandchiligi misolida maktab o’quvchilarini amaliy san’atga o’rgatishning pedagogik shart –sharoitlarini aniqlash va o’qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash usullarini takomillashtirish.
Kurs ishimizning vazifasi:
- Maktablarda hunarmandchilik darslari samaradorligini oshirishga bo’lgan asosiy talablarni aniqlash,
- Maktab o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirishda sharq olimlari pedagogic qarashlaridan foydalanish yo’llarini toppish
- Maktablarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib hunarmandchilikni o’rgatish usullarini takomillashtirish.
- turli tadbirlar vositasida hunarmandchilikni o’quvchilar qalbiga singdirish.
- turli rasmlar va didaktik materiallardan foyfalanishni rivojlantirish.
- hunarmandchilikni o’quvchilar ommasi orasida keng targ’ib qilish va ishimizni tajriba qilib sinovdan o’tkazish.
Ishning metodi: manbalarni o’rganish, tahlil qilish, so’rov o’tkazish, aniqlash,
Malakaviy bitiruv ishimiz rejalaridagi mavzularni o’rganish bilan umum ta’lim maktablarida hunarmandchilikka o’rgatish mashg’ulotlarini tashkil qilish orqali yoshlarimizni kasb-hunarga yo’llashga uchraydigan muommolar, ularni hal qilishda ta’limda samaradorlik va kasbiy masalalarni axamiyatini hamda hunarmandchilikka oid kasblarni fanlararo alaqadorlik asosida tashkil qilishga harakat qildi.
Ishning hajmi: Ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar bilan 27 bet va ilovadan iborat.


I.Bob.Maktablarda hunarmandchilik darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkel etish.
1.1-§ Maktablarida hunarmandchilik darslarini samaradorligini oshirish uchun fan o’qituvchisiga qo’yiladigan asosiy talablar.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi tufayli hayotimizning barcha jabhalarida turli ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar yuz hbu ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar jamiyatning munosib davomchilarini tayyorlash ishiga, ya’ni yosh avlodlarning shakillanishi jarayonini amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni talab etmoqda. “Davlatning buyuk kelajagi fuqarolarimizning ma’lumotliligiga ,madaniyatiga, bunyodkorliligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosiga yangi jamiyatni qurib bo’lmaydi”. Ta’lim-tarbiya tizimini yangicha mazmuni asosida isloh qilishda o’qituvchining , tarbiyachining , murabbiyning ro’li beqiyosdir.
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining o’z sohasidagi savodxonligi etarli darajada bo’lsagina o’quvchi va talabalar bilan yonma-yon o’tirib o’zlari amaliy namuna ko’rsata oladilar. O’shandagina o’quvchilar va talabalar o’z ko’zlari bilan murabbiy rassomning egallagan mahorat sirlarini amaliy ishlarida ko’rib ruhan his qiladi hamda san’atning nozik sirlarini tushunib etishishiga imkoniyatlari kengayadi.
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisi boshqa o’qituvchilar kabi umuminsoniy fazilatlarga ega. U axloqiy sifatlar shakllangan, ma’naviy ruhan boy, etuk inson bo’lishi bilan birgalikda yuqori darajada shakllangan kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxasis-pedagog, psixolog bo’lmog’i lozim. “O’qituvchi tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalar bilan qurollanmasdan turib, muallimlik qilishi mumkin emas. Ayniqsa u tasviriy san’atning qalamtasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, shuningdek dekorativ-amaliy san’at va memorchilik san’ati tarixi, san’atdagi turli oqimlar maktablar uning rivojidagi tamoyillarini puxta o’zlashtirib olishi, uning ayrim turlari bo’yicha badiiy ijod olib borishi va bu bilan bolalarga namuna bo’lishi kerak”. Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisi shu turkimdagi maxsus tayyorgarlik texnalogiyasini mukammal bilmog’i, mazkur sohaning tarixini, nazaryasini, metodologiyasini, amaliyotini yaxshi o’zlashtirgan yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo’lgan metodist bo’lmog’i ham lozimdir.
1.tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining badiiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda, o’quv tadbirlarini amalga oshirishda va hal etishda lozim bo’lgan vazifalari, muammolari tizimida;
2.tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining hozirgi zamon sharoitida kasbiy mahoratiga, mas’ulyatiga qo’yiladigan talablarni uning faoliyatida aks etishi ;
3.o’qituvchining o’z oldida turgan vazifalarini va muammolarini hal etishdagi va kasbiy siymosida tasnif etilgan faoliyat turlarida ;
4.ta’limiiy-tarbiyaviy muammolarni hal etishda tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisi foydalanadigan vositalar, uslublar va faoliyatni amalga oshirish yo’llari hamda ta’lim mazmunini tanlashda ;
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining ma’lum darajada bu sohada yaratilgan bilimlarni, ko’nikma va malakalarni bir davrdan ikkinchi davrga o’tkazuvchilik mas’uliyatini tavsiflaydigan quydagi yaqqol seziladigan ko’rsatgichlar ham mavjud:
-tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining zaruriy bilimlari hajmi ;
-o’qiyuvchining o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarni, turli tadbirlarni amalga oshira olish ko’nikma va malakalari ko’lami ;
-tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining shaxsiy kasbiy fazilatlari.
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining vazifalari:1.o’quvchilarni badiiy nafosat va ijodiy sifatlarini shakillantiruvchi ijtimoiy-iqtsodiy vazifalar;2.aqliy, ijodiy, jamoatchilik muamolari ;3.nazariy ta’limni amaliy, hayotiy , tabiiy faoliyat ,ijod bilan bog’lay olish ;4.kasbiy faoliyatda ,badiiy ijodda o’quv va ijodiy mashg’lotlar birligini, uyg’unligini saqlay olish;5.o’quvchilarni badiiy, axloqiy, nafosat tarbiyasida majmuaviy va tizimli yondashishni ta’minlash.
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining kasbiy, pedagogik faoliyatini quyidagi qisimlardan tuzilgan deb faraz qilish mumkin : a) tashkilotchilik - sinfda o’quv jarayonini, o’z madaniyatini, turli tadbirlarni yo’lga qo’ya olishi; b) tuzuvchilik – kompozitsiyalar, loyihalar, qurilmalar, naqsh, badiiy tasvirlar , obrazlar va boshqalarni ko’rib, yasay olishi ; v) axborot bera olish - ranglar, ularning xususiyatlari, tasviriy va amaliy san’at tarixi, taraqqiyoti, jarayonlar va boshqalar to’g’risida; g) rivojlantiruvchi-bolalarning dastlabki tanishtirish bosqichidan boshlab, mohir rassom, haykaltarosh, me’mor va boshqalar bo’lib etishishigacha bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarni takomillashib borishiga erishish; d) kasbga yo’nalganlik; e) kasbiy safarbarlik; j) tadqiqodchilik-ijodkorlik; z) maxsus kasbiy, o’ziga xos muammolar.
Tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining yuksak mahoratli mutaxasis sifatida faoliyat ko’rsatishida quyidagi bilimlar zarur: g’oyaviy, mafkuraviy, axloqiy, psixologik, pedagogik, metodik, tabiiy-ilmiy, matematik, texnik-texnalogik (maxsus), iqtisodiy, demografik, ekologik, huquqiy, nafosat, umummadaniy, axborotlar bilan munosabatda bo’la olish.
Ko’rinib turibdiki, kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh avlodni kamol toptirishda, ayniqsa tasviriy va amaliy san’at o’qituvchisining serqirra faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin