O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat univеrsitеti
Pedagogika fakulteti
“Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” yònalishi 191- TS vaMG sirtqi bo’lim guruhi talabasi Tursunbayeva Feruza Ozodboy qizining Tasviriy
san'atni va muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi fanidan
KURS ISHI
MAVZU: O‘quvchilarni estetik tarbiyalashda xalq hunarmandchiligi va amaliy bezak san’atining ahamiyati
Bajardi: Tursunbayeva Feruza Ozodboy qizi
Ilmiy rahbar: Ibadullayeva N.E
Urganch – 2022 yil
Mundarija:
Kirish……………………………………………………….………….3
I.Bob.Maktablarda hunarmandchilik darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
1.1-§ Maktablarida hunarmandchilik darslarini samaradorligini oshirish uchun fan o’qituvchisiga qo’yiladigan asosiy talablar...……………....6
1.2-§ Maktablarda ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, hunarmandchilik sirlarini o’rgatishni takomillashtirish….10
II.Bob. Xalq hunarmandchiligi misolida maktab o’quvchilarini amaliy san’atga o’rgatishning shakl va yo’llari.
2.1-§. O`zbekiston xalq amaliy san`ati va xalq hunarmandchiligi.........14
2.2. O`rta Osiyoda xalq hunarmandchiligini rivojlanish tarixi...............19 Xulosa………………………………………………….……………....24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………........….26
Kirish
Tadqiqotning dolzarbligi mamlakatimiz ijtimoiy –siyosiy xayotining barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham ijobiy tub o’zgarishlar bo’lmoqda.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ ta’lim, jumladan oily pedagogik ta’lim muassasalari xodimlari oldiga pedagogik kadrlarni tayyorlashni tubdan yaxshilash vazifalarini qo’ymoqda.O’rta maxsus kollejlari va umumta’lim maktablarida o’quvchilarni xunarmandchilik sirlariga o’rgatishda ta’limining zamonaviy uslublaridan foydalanish muhim axamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun maktablarda amaliy san’at ta’limining yangi mazmunini shakillantirishning ilg’or padagogik texnalogiyalari, zamonaviy o’quv uslubiy majmualar, o’quv tarbiya jarayonining didaktek jihatlarini taminlash va mazkur sohaga o’qitishining ilmiy amaliy masalalarini to’g’ri hal etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Biz tanlagan bitruv ishimiz mavzusiga asosan yuqoridagi masalani hal qilish yo’llarini yangi pedagogoik texnalogiyalar asosida amalga oshirib izlanishlar olib bordik. Respublikamiz nashiryotlarida chop etilgan darslik, o’quv uslubiy qo’llanmalarni o’qib, o’rganib tahlil qilimiz shuni ko’rsatdiki,hali xalq hunarmandchiligi misolida kollej o’quvchilarini amaliy san’atga o’rgatish metodik jihatdan to’liq o’rganib chiqilmagan. Respublikamiz olimlaridan professor S.S.Bulatov,R.Xasanov,dotsent R.Shobaratov,Q.qosimov, A.Turdialiev, O.Xudayorova va boshqa amaliy san’at, kasb- hunarga aloqador xalq hunarmandchiligini turli no’qtasini tadqiq qilganlar. Jumladan, professor Bulatov S.S o’zining “O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” metodik qo’llanmasida xalq amaliy bezak san’ati turlari bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil etishga hamda o’tkazishga bo’lgan shart sharoitlar, o’qitishning nazariy- metodik asoslari hamda dasturlar bayon etilgan, atamalarning izohli lug’ati berilgan.Shuningdek “Ganchkorlik” qo’llanmasida esa o’zbek xalq dekarativ amaliy san’atining eng qadingi gurux bilan gancho’ymakorligiga bag’ishlanadi. Unda ganchkorlik san’ati tarixi rivojlanishi va o’z kasbini yoshlarga o’rgatish usullari bayon etilgan.
Xasanov R “Boshlang’ich sinflarda naqsh chizish metodikasi” nomli o’quv qo’llanmasida naqsh chizishning o’ziga xos xususiyatlari ranglar va ularni ishlatish, ranglarining xuxusiyatlari, naqsh kompozitsiyalari haqida etarlicha ma’lumotlar beriladi.
Yuqorida ko’rsatilib o’tilgan darslik o’quv metodini adabiyotlarini o’rganishimiz asosida mavzumizni nomini xalq hunarmandchiligi misolida maktab o’quvchilarini amaliy san’atga o’rgatishning pedagogik shart sharoitlari deb belgilab oldik. Maktablarda hunarmandchilik sirlarini yangi pedagogik va muammoli ta’lim metodlaridan foydalangan holda olib borilsa dars samaradorligini oshirishga erishiladi. O’quvchilar darslarni ilmiy asosida tushunishlari osonlashadi, dars talablarini boshqarishda ularni malakasi oshadi va fazoviy tasvvurlari kengayadi.
Dostları ilə paylaş: |