1.2-§.Maktablarida ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, hunarmandchilik sirlarini o’rgatishni takomillashtirish. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» respublikada uzluksiz ta’limni joriy etish va isloh qilishning ilmiy nazariy asosi ekanligi ko’p yillardan beri o’rganilib kelinmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli va ta’lim muassasalarining vazifalari to’g’risida ham davlat ta’lim standartlari tayyorlandi va amaliyotga joriy etildi.
Ta’lim - tarbiya jarayoni va amaliy san’at darslariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqildi. Mazkur ishlar bilan pedagogika fanlar ilmiy-tadqiqot instituti va RUMM ishtirokida tuzilgan markaz shug’ullanadi. Bu markazda o’zbek xalq amaliy san’ati o’quv fanining mazmuni va soatlar hajmining xilma-xilligi, sinfdagi o’rta, yaxshi va yomon o’zlashtiruvchi talabalar uchun mo’ljallangan dasturlar, metodik qo’llanma, tavsiyanoma va boshqa materiallar ishlab chiqiladi. Amaliy san’at darslarida zamonaviy texnologiyaning tarixiy taraqqiyoti to’g’risida gap borganda avvalo 1970 – yillarda kirib kelgan yangi pedagogik texnologiyani misol qilib ko’rsatish mumkin. Tarixiy manbalarda yozilishicha maktablarda dars olib borish texnik vositalar yordamida olib borilgani birinchi o’qitishning texnologiyalari xisoblanar ekan. Maktabda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyaning O’zbekistonga kirib kelishi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek, tasviriy va amaliy san’at o’qituvchilari ham ilgor tajribalarni o’rganish, aniqlash va ommalashtirishlarni bir qancha o’qituvchilar faoliyatida ko’rishimiz mumkin.
Tasviriy san’atda o’quv jarayonini texnologiyalashtirish haqida gaplashilganda avvalo pedagogik texnologiyalarning o’qitish usullariga bog’langanini misol qilib ko’rsatish mumkin.Pedagogik texnologiyani tashkil etish tarkibiy bo’laklarini tashkil etuvchi tushuncha modul bo’ladi. Bu tarkibiy bo’laklari, yangi modullar, kichik bo’laklardan iborat bo’ladi.Kompyuter va axborot texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari va metodlari haqida ma’lumotlarni o’zlashtirishlari bilan belgilanadi. Amaliy san’at darslarida kompyuterdan foydalanish o’qitish texnologiyasidan foydalanish yo’llarini o’rganish bilan hamkorlikda o’qitish texnologiyasi foydali va ko’proq narsalarni o’rgatadi. Amaliy san’at o’qituvchisining tayyorgarligi bilan bu masallar bog’liq o’zlashtiriladi. O’quvchining bilish faoliyatini tashkil etish ham shunga hizmat qiladi. Amaliy san’at darslarida didaktik o’yin texnologiyasidan foydalanish. Chunki ta’lim va tarbiyaning mohiyatini quyidagi didaktik sistemasidagi prinsiplar ochib beradi. Ta’lim-tarbiyada o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda mutaxassislik maqsadga intilish, yosh avlodni mustaqillik ta’limotlari ko’rsatmalari asosida har tomonlama ma’lumotlar oladilar.
Tasviriy san’at va chizmachilik o’qitishning zamonaviy texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari. Mazkur fanning maqsadi tasviriy san’atdan maxsus fanlarni o’qitish jarayonini texnologik yondoshuv asosida qurish va yakuniy natijani kafolatlash qonuniyatlarini umumdidaktik pedagogik texnologiyalar darajasida talabalarga o’rgatishdan iboratdir. «Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar»,- degan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Haqiqatdan ham kelajak yoshlarning qanchalik bilim olishiga, erkin fikrlay olishiga, ko’rgan, eshitganlarini tahlil qilib qiyosiy o’rgana olishi bilan bog’langandir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati haqida tushunchalar berish, muzkur pedagogik texnologiyalarni nazariy asoslari bilan tanishtirish, tasviriy san’at va muxandistlik grafikasi asoslarini egallashda yangi pedagogik texnoligiyalarni qo’llashning shart-sharoitlari haqida tasavvur hosil qilish, umumiy o’rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at va chizmachilik mashg’ulotlaida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashning turlari va mazmuni bilan tarishtirish, umumiy o’rta ta’lim maktablarida bu texnologiyalarni qo’llashning o’ziga xos jihatlarini ochib berish.
Metodika va metadologiya tushunchalarini, o’qitish jarayoni va tadqiqot usullarining nazariy asoslarini, o’qitishning didaktik tamoyillarini, muxandistlik grafikasi o’qitishning metodlarini, mashg’ulot turlari (ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar va boshqalar) ni o’tkazish va nazorat qilishning faol shakllarini, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’qitishning muammoli va dasturlashtirilgan usullarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, muxandistlik grafikasi kursining boshqa fanlar bilan bog’liqligini, o’quvchilarning fazoviy tasovvkrlarini rivojlantirish, o’quvchilarning grafik bilimi,ko’nikma va malakalarini baholish, nazorat qilishni, tasviriy san’at va chizmachilik bo’yicha to’garak ishlari, olimpivdalar tashkil etish, o’tkazish, o’qitish sifati va kadrlarni kasbiy tayyorgarligiga ta’sir etuvchi faktorlarni, pedagogik muloqqat asoslarini, ilimiy tadqiqot ishining asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi kerak.
Tasviriy san’at va muxandistlik grafikasi bo’yicha o’quv ishlarini tashkil etish, ma’ruza matnlarini tuzish, tasviriy sang’at va chizmachilik xonasini jihozlash va texnik vositalarni qo’llash, sinf doskasida ishlash, iqtidorli va iste’dodli o’quvchilarni tanlash va ular bilan pedagogik ishlarni tashkil qilish, grafik topshiriqlar, tarqatma kartochkalar, modellar, qo’rgazimali plakatlar kabi o’qitish fositalari ishlab chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar, ularni tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o’qitishda qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak.
Zamonaviy fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq eta olish, muammoni echishga ijodiy yondoshish, mutaxasislikning ilmiy muammolarini esishda qarorlar qabul qilish va undan ish faoliyatida foydalana olish, ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar va hisobatlar tuzish, tasviriy san’at va chizmachilik fanlari bo’yicha o’qitish vositalari, o’qitishning interaktiv metodlari, pedagogik texnologiyalari, tizimli va muloqqatli yondoshkv kabi etakchi tamoyillar asosida o’quv ishlarini tashkil eti shva o’tkazish malakalariga ega bo’lish.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati va metodika haqida ma’lumotlar. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim va tarbiya jarayonini faollashtiruvchi o’qitish usullarining majmuasidir. Metodika deganda ta’lim va tarbiyani maqsadga mos amalga oshirishning turli samarali yo’l va usullar yig’indisini tushunamiz. Metodika pedagogikada ikki turga bo’linadi ya’ni, umumiy metodika va xususiy metodikaga.