2.2. O`rta Osiyoda xalq hunarmandchiligini rivojlanish tarixi.
9—10-asrlarda Oʻrta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo boʻldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarogʻ-aslaha, pichoq tayyorlash (Fargʻona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. 13-asrda moʻgʻullar bosqini hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Oʻrta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari 20-asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosa-batlarida hunarmandlik katta rol oʻynadi (19-asrning 60-yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 doʻkoni boʻlgan, 80-yillarda shaharda 2528 xoʻjalik hunarmandchilik bilan shugʻullangan).
Oʻzbekistondagi huanrmandchilik chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Masalan,terini qayta ishlash sohasida koʻnchilar, etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, poʻstinchilar, kamarchilar, toʻqimachilik sohasida boʻzchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan.
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda oʻtirib shugʻullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud boʻlgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning oʻz rahnamosi, yaʼni piri va "Risolasi" boʻlgan, avloddan-avlodga oʻtuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta oʻz pirini yodga olib undan madad soʻrash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan.
Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, hunarmandchilik metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunonchi, kiyim-kechak, idish-tovoq, turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi. Hunarmandchilikning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Masalan, AQShdan keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo boʻldi. Germaniyadan "Zinger" firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi.
20-asrning 20-yillarida shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar doʻkonlar va matbubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (masalan, 30-yillarda Toshkentda oʻquv ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda taʼlim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qoʻqonda yogʻoch oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika birinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun "Tashabbus" tanlovining gʻolibi deb topildi.
Hunarmandchilik tovar — pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʻarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambagʻallashgan hunarmandlar yo'llanib ishlay boshladi. Natijada hunarmandchilikning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish dastgohlari takomillashdi, 14-asr oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi metallurgiyada jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14—15-asrlarda oʻq otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, hunarmandchilikning koʻpgina sohalari tush-kunlikka uchradi. Sanoat toʻntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan fabrika, zavod mahsulotlari hunarmandchilik mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.
Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi.
20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan boʻlsa-da, hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. Hunarmandchilikning bozorda segmenti kichik boʻlganidan yirik ishlab chiqarish egallay olmaydigan, talab individuallashgan oʻz oʻrni bor. Mini texnologiyaning paydo boʻlishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholgʻu asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni kiritish mumkin. Hozirgi hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat.
ХULОSА
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, me’mоrchiligi o’zbek хаlq аmаliy bezаk sаn’аti vа uning turlаri bo’lmish gаnchkоrlik, zаrgаrlik, kulоlchilik, misgаrlik, yog’оch o’ymаkоrligi dаrslаrdа o’qituvchi bаrchа imkоniyatlаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish kerak. O’z ishlаrini rejаli tаshkil etish vа tаrbiyaning hаmmа tаrkibiy qismlаrini kоmpleks аmаlgа оshirishgа erishishi kerаk.
O’zbek хаlq аmаliy sаn’аti dаrslаrning sаmаrаdоrligini оshirish uchun teхnikа vоsitаlаridаn fоydаlаnib videоfilm, elktrоn versiya, elektrоn dаrsliklаrdаn nаmоyish qilish, ilmiy аsоslаngаn dаsturlаr tuzish, o’quv metоdik ko’rgаzmаlаr tаyyorlаsh, ekskursiv tаnlоvlаr, viktоrinаlаr o’tkаzish, hоzirgi zаmоn pedаgоgik- psiхоlоgiyasining ilg’оr yutuqlаrigа suyangаn hоldа mаshg’ulоtlаr o’tkаzish, o’quv mоddiy bаzаsini mustаhkаmlаsh,mаhаlliy mаteriаllаrdаn fоydаlаnish, ko’rgаzmаlаr tаshkil etish, kаbinetlаrni zаmоnаviy jihоzlаnish, tа’lim-tаrbiya mаsаlаlаrini muvаffаqiyatli hаl etish uchun didаktik printsiplаr, ya’ni tа’limni tаrbiyalоvchi printsipi, ilmiylik printsipi, muntаzаmlik printsip ivа ketmа-ketlik, оnglilik-аktivlik, ko’rgаzmаlilik, vа bоshqа printsiplаrgа riоya qilish аlоhidа ахаmiyat kаsb etаdi.
O’zbek хаlq аmаliy bezаk sаn’аti аsrlаr mоbаynidа оtа-bоbоlаrimiz tоmоnidаn kuz qоrаchig’idek аsrаb-аvаylаb kelingаn. Tаriхdа vа аyni kunlаrgа qаdаr sаqlаnib kelаyotgаn bu аmаliy sаn’аt turlаri kelgusidа yanаdа qаdrlаnаdi, аrdоqlаnishi. Zerо, o’yib, chizib, tirnаb, bo’yab ishlаngаn, tаkrоrlаnmаs nаqshlаr insоn idrоkining, оdаm his-tuyg’ulаrini ifоdаsidir.
Аsrlаr dаvоmidа yarаtilgаn ulkаn mаdаniy bоyligimiz, хususаn o’zbek milliy хаlq аmаliy sаn’аti keng tаrqаlgаn turlаrining o’ziga хоs tоmоnlаri, mаktаblаri, bаjаrish teхnоlоgiyasi uslublаri, ulаrni yarаtgаn ustаlаrning mubоrаk nоmlаri mаngu yo’qоlish bo’sаg’аsidа. Аnа shu sаbаbli bu nоyob sаn’аt durdоnаlаrini sаqlаsh, ulаrni yoshlаrgа o’rgаtish muhim.
Dostları ilə paylaş: |