Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə1/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin




RO‘ZIXON DJALILOVA
TASVIRIY SAN’AT KOMPOZITSIYANING SHAXS MA’NAVIYATIDAGI O‘RNI



Farg‘ona - 2023


Djalilova Ro‘zixon Kazakovna
Tasviriy san’at katta o‘qituvchisi
Djalilova Ro‘zixon Kazakovna 1968-yil 23-noyabrda Farg‘ona viloyati Quvasoy shaharda tug‘ilgan. 1989- 1993- yillar Respublika Rassomchilik bilim yurtining "Rangtasvir" yo‘nalishiga 4 yil o‘qigan. 1993-1999-yillarda Mannon Uyg‘ur nomli Toshkent davlat san’at instituti “Interyer va jihozlash”kafedrasi, “Me’moriy yodgorliklar bezaklarini ta’mirlash musavviri” yo‘nalishini tamomladi. 1993-yildan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi ko‘rgazmalarida o‘z asarlari bilan faol qatnasha boshlagan. 2006-yilda O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. 1999-yil “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi” Respublika rassomlik kolleji “Ta’mirlash” yo‘nalishida o‘qituvchi, 2003-yil Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi,“Madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi,dotsenti, San’atshunoslik faku’lteti Tasviriy san’at kafedrasi katta o‘qituvchisi. O‘quv ishlari:Tasviriy san’at muxandislik grafikasi yo‘nalishiga mutaxassis fanlari ishchi o‘quv dasturlar, innovatsion o‘quv uslubiy majmualar, innovatsion testlar tayyorlagan.
Asosiy ilmiy va uslubiy ishlari. 100 ta ish e’lon qilingan, shulardan 75 ta ilmiy maqola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma 15 ta, 3 ta o‘quv qo‘llanma. 4 ta ijodiy albom. Ilmly–tadqiqot ishlari 2006-yil dissertasiya mavzusi: “Hozirgi O‘zbek badiiy madaniyatda falsafiy estetik tamoyillar uygunligi» (rang tasvir san’ati misoli ) Falsafa fanlari doktori, professor M. Abdullayev ilmiy rahbar . “Tasviriy san’atni shaxs ma’naviyatidagi o‘rni” monagrafiya bulgan Ijodiy mualliflik kalendar (rus, ingliz, o‘zbek tilida) (2006y). Ijodiy albom O‘quv uslubiy qo‘llanma. (2012-yillar) “Ko‘rgazmali tadbirlarni tashkillash uslubyoti” o‘quv uslubiy ko‘rsatma. (2015).Mutaxasislikning asosiy o‘quv qo‘llanmalari. “Tasviriy san’at texnalogiya va nusxa ko‘chirish” O‘quv uslubiy ko‘rsatma (2015-yil ) Kompozitsiya O‘quv uslubiy qo‘llanma(2012). «Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya”. O‘quv qo‘llanma. (2014 yil). “Malakaviy amaliyot” o‘quv uslubiy ko‘rsatma (2018) yil. “Ijodiy tematik asarlar loyiha kattaligi” O‘quv uslubiy qo‘llanma. (2019 yil). “Tasviriy san’at to‘garagini shakllantirish yo‘llari” o‘quv uslubiy qo‘llanma.(2019yil). 2016-yil Doktorlik dissertasiyasi mavzu:“O‘zbekiston mustaqillik yillarida qalamtasvir taraqqiyoti” ilmiy rahbar A.Madraimov. Mavzuga asosan “Qalamtasvir” o‘quv qo‘llanmama, (2009),“Akademik qalamtasvir asoslari» o‘quv qo‘llanma (1918yil), darslik yil 2023 “Tasviriy san’at to‘garagini shakllantirish yo‘llari” (2013 yil )o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrga tavsiya etilgan, chop etilmoqda. Uning tasviriy san’at tur va janr asarlari dunyo miqyosi galereya va shaxsiy kolleksiya, muzeylardan joy olgan. 2022-yil Yevropa tasviriy san’at xalqaro tanlov, festivallari faol ishtirokchisi. “Sunny coast of Sreeco”,“Vodil manzarasi” ga 1- darajali Diplom bilan taqdirlandi. Oltinchi Rossiya xalqaro tanlovi FMDK “Rossiya iste’dodlari”, “Eng yaxshi taqdimot” “San’atdan ilhomlanib” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi nominatsiyasi Kubok medal bilan taqdirlandi. San-Peterburg, Berlin, Germaniya “O‘zbekiston yangi san’at tarixidan ilhomlanib” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi loyiha taqdimoti monografiyasi, Grand priz oltin medal bilan taqdirlanildi. Fransiya “Yordon” rangtasvir asar, Grand priz kubok orden bilan taqdirlandi. Turkiya, Amerika, Koreya Samarqand, Farg‘ona Xalqaro respublika tanlov konfretsiya, pedagogik loyihalar faol ishtirokchisi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin