Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə8/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning bir turi. Bunda odam, hayvon va qushlarning hajmli tasviri turli materiallar yordamida yasaladi. Haykaltaroshliqda ko‘pincha tosh, yog‘och, loy, gips, metall va shu kabi materiallardan foydalaniladi. Uning mayda plastika, terrakota, dastgohli haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlik, istirohat bog‘i haykaltaroshligi, dekorativ haykaltaroshlik kabi turlari bor.
Hajmli kompozitsiyalar - haykaltaroshlikda, amaliy san’at va me’morlikda qo‘llaniladi. Bunday kompozitsiyalar uch o‘lchamli bo‘lib, ularni har tomondan kuzatish mumkin. Hajm (relef) perspektivasi - har qanday narsalar kishi ko‘zidan uzoqlashgan sari faqat o‘lcham, rang jihatdan emas, balki relef perspekgivasiga duch keladilar. Bunda predmetlar o‘z hajmini yo‘qotib, yupqa bo‘lib ko‘rinadi.
Barelef - frantsuzcha past relef ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlikda ishlatiladigan rel’ef atamasining bir turi. Rel’efning bu turida tasvir tekislik yuzasidan uning haqiqiy o‘lchamining yarmidan kam nisbatida bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Masalan tanga, metallar bunga misol bo‘la oldi.
Haykal - haykaltaroshlik mahsuli bo‘lib, ular loy, tosh, yog‘och, temir, mum kabi materiallardan hajmli qilib ishlanadi. Haykallarni yumaloq va relefli turlari bo‘ladi.Tasviriy san’atning turlaridan biri - haykaltaroshlik borliq yorug‘-soyaga ega bo‘lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Rangtasvir faqat bir tomondan tomosha qilish imkonini bersa, haykaltaroshlikni har tomondan ko‘rish mumkin. Bu haykaltaroshlik san’atning eng harakterli tomonlaridan biridir. Turli xildagi stol ustiga qo‘yiladigan haykalchalar, park va hiyobonlarga o‘rnatilgan haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, amaliy buyumlar - tanga, znachok, medallarning yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar, haykaltaroshlik san’atining ko‘rinishi xisoblanadi.Odatda haykaltaroshlik asarlari o‘z ko‘rinishiga qarab, dumaloq va qavariq (relef) haykallarga bo‘linadi. Dumaloq haykallarni hamma tomonidan aylanib ko‘rish mumkin bo‘ladi. Masalan, maydon va hiyobonlardagi haykal va yodgorliklar, stol ustiga qo‘yiladigan har xil haykalchalar shu turga mansubdir. Haykaltaroshlikning ikkinchi ko‘rinishi bo‘lgan qavariq yoki bo‘rtma haykallar, odatda, biror yuzaga bo‘rttirib ishlangan bo‘ladi.Haykaltaroshlikda, deyarli rang ishlatilmaydi. Haykallar rangli, haykal uchun tanlangan material (masalan, mramor, grant, bronza va h.k.) belgilaydi.Ba’zan xalq haykaltaroshligida haykallarni bo‘yash yo‘llari ham uchraydi. Haykaltaroshlik asarlari ham san’atning boshqa turlari kabi o‘zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab, qator tur va janrlarga bo‘linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda, monumental haykaltaroshlik, dekorativ haykaltoroshlik va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka ma’lum tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘rnatilgan monument, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari o‘zida katta mazmunni anglatib, mustaqil harakterga ega bo‘ladi. Lekin shu bilan birga u bevosita muhit, me’morchilik binolari hamda tabiat bilan bog‘lanish bo‘lishi lozim. Bu unga yanada ulug‘vorlik va tasirchanlik bahsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo‘lgan xislatlardan yana biri, qahramonlarni ko‘tarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi sababli, katta-katta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi bog‘lanishlar, undagi mayda detallar ko‘rsatilmaydi.Istirohat bog‘lari, hiyobonlar, ko‘cha va parklar, shuningdek, me’morchilik binolarning devorini bo‘yash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san’atiga kiradi. Agar monumental haykaltoroshlik asarlarida obrazlar ko‘tarinki ruhda ishlansa, dekorativ-haykaltaroshlik asarlariga esa obrazlar biron yumoristik tarzda talqin etiladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvonlar shakli ham keng ishlatiladi.Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo‘rtma tasvirlar, amaliy san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan, tasvirlar, turli fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar, chinnidan yasalgan turli haykalchalar, lattadan ishlangan o‘yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko‘rinishi hisoblanadi.Dastgohli haykaltaroshlikka mustaqil mazmunga ega bo‘lgan, san’atning boshqa turlariga tobe bo‘lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko‘rgazmalar uylariga qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik butun borlig‘ bilan aks ettiriladi, hamda inson psixologiyasidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta bo‘ladi. Haykaltaroshlikda ijodkor yorug‘-soyalar o‘yinidan foydalanish orqali o‘z haykallarini tasirli va jozibali bo‘lishiga erishadi. Haykal yorug‘-soya bilan tirik, yani nur tushishi bilan u ham jonlanadi, yorug‘olikning o‘zgarishi bilan undagi yorug‘-soya tovlanishi ham o‘zgaradi, natijada, undan tomoshabin oladigan tasurot ham o‘zgarib boradi. Tungi oy nurlarida shu haykalning o‘zi yana bir go‘zallik kashf etadi. Shuning uchun haykal turli paytda kishida turlicha taassurot qoldiradi. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko‘rinishi, tinch turgan holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish, bilan uning imkoniyati intilish va o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqelikka qayg‘urishi ham o‘z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak atrofiga bo‘lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda eng avvalo haykaltaroshning o‘ta ziyrakligi odam gavdasi va mimik o‘zgarishlarini to‘g‘ri ifodalashi muhim o‘rinni egallaydi. Haykallarning har biri bir taglikka o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zi haykaltaroshlar o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishda bir necha taglikka o‘rnatilgan haykallar, releflardan ham foydalanishi mumkin. Bunday holda bu hamma haykallar turli-ansambli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, hammasi birgalikda bir mazmunni anglatadi. XX-Asrda grafika san’ati.Grafikada rassomlar akvarel suv bo‘yoq, chizmatasvir, linogravyuura, ofort texnikasida ishlaydilar. Tasviriy san’atning eng murakkab va jozibador turlaridan biri — bu grafika san’atidir. Kitob grafika san’atda roman, hikoya, ertak, sheriy to‘plamlar, gazeta jurnallarni illyustratsiyasi ichki va tashqi tasviri kompozitsiya g‘oyasiga mos tasvirlanadi. Zarvarak (kitobning ustki qismi) o‘quvchilarga adabiy matnning ma’lum yo‘nalishini tasavvur etishlari uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari kitobning ustki bezagi reklama vazifasini ham o‘tashi mumkin. Muqova bezagi kitob mavzusining maqsadiga muvofiq bo‘lishi uchun kitobning nomi, uni ifodalovchi tasvir, matn munosabatlari hamda uyg‘unligi va birligiga ahamiyat berish lozim. Muqova bezagidagi kompozitsiya tuzilishi, mazmun va g‘oyani kitobning qaysi yoshdagi o‘quvchilarga yozilganligini belgilab beradi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin