Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Tasviriy san’at turlari, rangtasvir kompozitstiyani shaxs ma’naviyati, talim tarbiyaasidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə6/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

1.1.Tasviriy san’at turlari, rangtasvir kompozitstiyani shaxs ma’naviyati, talim tarbiyaasidagi o‘rni
Tasviriy san’at-ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakliga ega. Tasviry san’at qadimiy tarixga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san’atning dastlabki izlari so‘nggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40-20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali san’at inson faoliyatining mustaqil shakli qo‘tsifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma’naviyat moddiy ishlab chiqarish bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o‘sishi natijasida san’tnni aloxida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi. San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o‘z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruhda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuyg‘u, manfaat, ideallarini ifoda etgandesa san’at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o‘zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. San’at insonning moddiy va ma’naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir Estetik tafakkur tarixida san’at narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa shunday aks ettirish va hayotni go‘zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g‘oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma’naviy, milliy dunyosi san’at predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga "qatiyayan ijtimoiy-estetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va o‘z estetik bahosini beradi.San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi o‘rnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomidat jiddiy bahslarga sabab bo‘lgan shunga ko‘ra, san’at mazmuni ob’ektiv va sub’ektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. San’atning ijtimoiy estetik vazifalari juda keng va xilma xil. San’at inson uchun estetik zavq-shavq manbai inson hayotiga go‘zallik baxsh etadi odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi hayotni kuzatish, o‘rganish va bilish vositasi, hayotni inson orzu qilgan tomonga o‘zgartirishda yordam beradi, tarbiya vositasi, hayotdagi go‘zallikdan ilhomlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi, odamlar orasidagi ma’naviy ko‘prik, muloqot vositasi, odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda ma’lum dunyoqarashni shakllantiradi va harakat qilish san’atning jamiyat ma’naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloqan ma’lum darajada bog‘liqdir. San’atning maqsadi dunyoni badiiy o‘zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma’naviy boyita oladigan rangtasvir kompozitsiya asarlar yaratish yo‘li bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. San’at asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o‘zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham San’t asarlari beradigan ma’rifiy bulim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma’lumotlardan farq qiladi. San’atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etalgan kechinma va obrazlarning har bir o‘quvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uyg‘otishidadir. San’at so‘zi ikki ma’noda ishlatiladi. Kishilarning biror-bir vazifani mohirlik bilan bajarishlarini ham san’at deymiz. Masalan, o‘qituvchining dars o‘tish jarayonida kursatgan mahorati ham san’atdir. Bundan tashqari, rassom yoki xaykaltarosh, me’mor yoki kulol, bastakor yoki yozuvchi yaratgan asarlarni ham biz san’at deymiz, ya’ni ijodkor tomonidan go‘zallik qonun-qoidalari asosida yaratilgan, uzida real borliqni badiiy ifoda etgan va ma’lum royani ilgari surgan asar­larni tushunamiz. San’at asarlari hayotni kurinarli shakllar (masalan, tasviriy san’atda),tasvirlar (muzika), tovushlar(badiiy adabiyot), badiiy ifodalab yozish ayrim san’at turlari, san’atlar sintezi (teatr, kino)voqelikni rolda ijro etish yordami davir, kurinishlarini tur va janrni rangtasvir qalamtasvir, kompozitsiya milliy g‘oyalar asosida aks ettirishi mumkin. Lekin san’at qaysi kurinishda bulmasin, u dastlab kishilarning his-tuyg‘usi va ohangiga ta’sir etuvchi vosita sifatida namoyon buladi. Ularda ijtimoiy va axloqiy ideallarning shakllanishiga ta’sir etadi, ularning go‘zallik ta’siridagi tasavvurlarini shakllantiradi, estetik didlarini tasviriy san’at qalamtasvir, rangtasvir,grafika, xaykaltoroshlik kompozitsiya, turl, janrlarda aks etadi va rivojlantiradi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin