29
1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng
muhim doimiy, barqaror rivojlanib borayotgan sohasiga aylana boshladi. Turistik
xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-
xillasha bordi. Aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va
ehtiyoji orta bordi. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli o‘sib bordi.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam
olish, hordiq chiqarish) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik
mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik firmalar soni ko‘payabordi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori tеxnologiyalar asosida
rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro
Transmilliy kompaniyalar (TMK), mеhmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish
korxonalari, ko‘ngil ochar ob‘еktlar - bular barchasi xalqaro turizmni
rivojlantirishga juda qulay shart-sharoitlarni tug‘dirdi.
Dostları ilə paylaş: