3-MAVZU. Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati
Reja:
1.
Turizmning shakllanish tarixi.
2.
Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalar.
3.
Sayohatchi va turistni ajratib turuvchi asosiy farqlar.
4.
Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik. Ilk sayohatchilar tarixi.
5.
Tomas-Kuk zamonaviy turizmning asoschisi.
6.
Ziyoratchi olimlar. Markaziy Osiyo allomalarining turizm bilan bog‗liq
sayohatlari.
3.1.Turizmning shakllanish tarixi
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi sifatida Angliyalik
Tomas Kuk
tan olingan. U birinchilardan bo‗lib, sayohat maqsadida ommaviy safar
uyushtirishning mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843- yilda u
dastlabki temiryo‗l orqali turni muvaffaqiyatli tashkillashtirdi. 1851-yilda u
mamlakatning barcha xududlaridan kelgan 165 ming kishini Parijdagi
30
ko‗rgazmada ishtirok etishini tashkil qildi. Ko‗rgazmaga qilingan sayohat katta
foyda keltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865-yilda Parijga
Butunjahon ko‗rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi
bo‗ldi. 1856-yildan boshlab, Yevropa bo‗ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning
turistik agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyaning misli
ko‗rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan
8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o‗rin olganligini ham tasdiqlaydi. Tomas
Kuk 1872-yilda birinchi bo‗lib sanoat asosida jahon bo‗ylab sayohat uyushtirishni
taklif qilgan. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000
dan ortiq turistik agentliklarga ega bo‗lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat
ko‗rsatadi.
Salb yurishlari o‗rta asrlarning mashhur hodisalari sifatida qayd etiladi.
Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o‗z faoliyatiga
ko‗ra, keng miqiyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini
vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga hajga borishi yoki
xristianlarning Quddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‗tish kifoya.
Turizm sohasi oxirgi 30 yil ichida ayniqsa jadal sur‘atlarda rivojlandi. Bu
vaqt oralig‗ida xalqaro turistlar soni 3,8 marta, bu sohadan keladigan foyda 25
martaga o‗sdi. Hozirgi kunda turizm sohasiga dunyo yalpi mahsulotining 6 foizi,
xalqaro sarmoyalarning 7 foizi, ish o‗rinlarning har 16 chisi, dunyo iste‘mol
harajatlarining 12 foizi to‗g‗ri kelmoqda. Bugungi kunda turizm-jahon
miqiyosidagi iqtisodiyotning juda kuchli tarmog‗i bo‗lib, bu sohaga juda ko‗p
sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag‗lar jalb qilingan. Turizm
yirik biznes, katta pul va global miqiyosdagi jiddiy siyosatdan iborat.
Bugungi kunda jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning ko‗plab aholisi
turizm sohasiga jalb qilinmoqda. 1995–1997-yillar mobaynida sayohat qiluvchilar
sonining barqaror o‗sish tendensiyasi yiliga o‗rtacha 4 foizga kuzatilib, 2008-
yildan Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli bu sohadagi faollikning
kamayganligi qayd qilindi. Turizm sohasi ko‗pgina mamlakatlarda shiddat bilan
rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‗i hisoblanadi. Butunjahon
31
turizm tashkilotining (BTT) baholashiga ko‗ra, turizm xizmatlari rivojlangan
shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollar atrofida mablag‗
sarflaydi, ya‘ni har bir turist tomonidan bir sutkada shaharga 200 AQSH dollari
miqdorida foyda kelishi mumkin.
Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‗lgan bir necha
tarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo‗ladi. Bundan tashqari turizmning
rivojlanishi yana bir katta muammo bo‗lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1
ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‗liq bo‗lgan xalq xo‗jaligining
boshqa tarmoqlarida yangi ishchi joylarning ochilishiga yordam beradi. Shu bilan
birga mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta‘sir qilib, jumladan,
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini, mahalliy sanoat mahsulotlarini va milliy
hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi.
Turizm ko‗pgina mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‗lib, u
mahalliy aholi bandligini, mehmonxonalarni to‗ldirish, restoran, tomosha
tadbirlari, chet el valyutasining kelib tushishini ta‘minlaydi. Turizmning ichki
iqtisodiy tabiati turist tashrif buyurgan mamlakatda o‗z mablag‗ini, albatta sarflab
ketishini taqozo etadi. Turizm mahalliy turistik resurslar ekspluatatsiyasiga
asoslanadi va buning evaziga shu mintaqa yoki mamlakat foyda olishi kerak
bo‗ladi.
Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib
shakllangan bo‗lsada, faqat XX asrga kelib u jadal sur‘atlarda rivojlandi hamda
texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi
natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi.
Turizm sohasidagi adabiyotlarda turizmga uch xildagi umumiy ta‘rif
berilmoqda. Birinchisi, tor ma‘nodagi ta‘rif bo‗lib, unga binoan bu tushuncha
turistik korxonalar faoliyati bilan chegaralanadi. Ikkinchisi, bir yoqlama
iste‘molchiga qaratilgan bo‗lib, bu ta‘rifga asosan turizm faoliyati doimiy
istiqomat qilish joyidan tashqarida va ishlab chiqarish tashvishlaridan holi holatda
xizmat va tovarlarni iste‘mol qilish jarayoni sifatida tushuniladi. Uchinchisiga
32
ko‗ra esa, turizm tushunchasi jamiyatda insonlarning istiqomat qilish joyidan
tashqarida bo‗sh vaqtidan foydalanishi va buning uchun zarur bo‗lgan xizmat va
tovarlar turlarini qayta ishlash shartlari bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar
majmuasini ifodalaydi.
Bizningcha, so‗nggi ta‘rif nafaqat keng va atroflicha, balki, turizmning
jamiyatdagi o‗rniga yangi sifat va baho beradi. Bunga, birinchi navbatda, turizm
sohasiga, reklama – axborot xizmatlari, transport, qurilish, qishloq xo‗jaligi, qayta
ishlash kabi tarmoqlar bilan boshlanadigan hamda ta‘lim, sog‗liqni saqlash, sport
va madaniyat kabi tarmoqlar bilan tugaydigan keng miqiyosdagi faoliyat turlari
kirishi sabab bo‗ladi.
Hozirgi paytda turizm milliy iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liq bo‗lgan, maqsadi
insonlarning bo‗sh vaqtida dam olishi va sayohat qilishning turli xillariga hamda
mavjud bo‗lgan turistik resurslardan samarali tarzda foydalanishga, tobora o‗sib
borayotgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatni ta‘minlovchi korxona va
tarmoqlarning majmuini ifodalovchi iqtisodiy kategoriya sifatida ko‗rilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |