310
-
mehmonxonalarga tayyorlanayotgan taomlar zamonaviy talablarga javob
bera boshladi;
-
O‗zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy
raqobatchilarimizga
nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqori hollari
kamaytirib borilmoqda;
-
turistik esdalik uchun harid qilinadigan milliy suvenirlarimizning xilma
xilligi oshirilib, yo‗qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta
tashkil etildi;
-
targ‗ibot masalalariga yetarlicha e‘tibor berilib, xorijiy fuqarolarning
O‗zbekiston to‗g‗risidagi ma‘lumotlarining
chegarasi kengaytirib bormoqda,
bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik biznes hamkorlarning vositachiligidan
samarali foydalanilmoqda;
-
turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga
moslashtirib borilmoqda.
Yuqorida sanab o‗tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, ko‗rsatilayotgan
turistik xizmatlarning sifatli bo‗lishiga harakat qilinmoqda. Shuningdek, chet
ellarda O‗zbekiston turizmini reklama qilishda barcha turistik korxonalarning
tashviqot-targ‗ibot ishlari raqobatchilardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida
birlashtirilishi O‗zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‗z o‗rnini mustahkamroq
egallashiga yordam beradi.
Buning uchun o‗zimiz egalik qilayotgan turistik resurslarimizni yana bir bor
qaytadan chuqur o‗rganib chiqish, ulardan samarali
va barqaror foydalanish
yo‗llarini aniqlash va shu asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish shart bo‗lib
qolmoqda. Shu sababli, «O‗zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan o‗lkamiz
turistik resurslari o‗rganib chiqilib, turistik resurslarimizning maxsus kadastri
yaratilmoqda. O‗zbekiston turizmini rivojlantirish
uchun xizmat qila oladigan
resurslarining anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: