315
mijozlar bilan ishlash va turmahsulotni ishlab chiqish mos ravishdagi
ishchanlik muhitini talab etishi sababli xususiy yoki ijaraga olingan xizmat
binosida tegishli jihozlarning mavjudligi;
taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlarining
mavjudligi, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish va xavfsizlik talablari
bilan bog‗liqdir;
turizm xizmatlarini faqatgina mijoz bilan O‗zbekiston Respublikasi
qonunlari talablariga mos ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‗rsatish
mumkin.Boshqa holatlarda shartnoma huquqiy kuchga ega bo‗lmaydi va sud orqali
bekor qilinishi mumkin;
chet el davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishni o‗ziga xos
xususiyatlari to‗g‗risida, turistik tashrif vaqtida va har
bir aniq davlatga tashrif
buyurishni boshqa qoidalarini o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risida mukammal
ma‘lumotlarni belgilangan tartibda
har bir turistga yetkazish;
mijozga ish tartibi to‗g‗risida, uning huquqiy manzili, litsenziyaning
mavjudligi, majburiy sertifikatlashga tortiladigan xizmatlar uchun sertifikatlarning
mavjudligi, turizm faoliyatini aniq yo‗nalishlarini yuritish uchun javobgor bo‗lgan
lavozimli shaxslarning familiyasi, ismi, sharifi haqida to‗la ma‘lumot berish;
turistlar xavfsizligini ta‘minlash, jarohatlanganda, betob bo‗lganda va
boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam ko‗rsatish
tizimining
mavjudligi.