O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə189/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Me‟yyoriy hujjatlarni ekspertiza 
qilish bo„limi 


325


haqida O‗zdavstandart qaror qiladi. Ekspertizani o‗tkazganligi uchun korxona boj
to‗laydi.
Turizm sohasiga oid standartlar
. O‗zbekistonda tashkiliy-huquqiy
shakllaridan qat‘iy nazar, barcha turistik korxonalar tomonidan turistik xizmatlar
sifatiga majburiy va tavsiya etiluvchi talablarni belgilovchi standart mavjud.
Amaliyotda bu tizim turistning hayoti, sog‗lig‗i va mulkining xavfsizligini hamda
atrof-muhitni qo‗riqlashni taminlaydigan turistik xizmatlar sifatiga bo‗lgan
majburiy talablarini o‗z ichiga oladi. Shuni aytish kerakki, turistik xizmatlarga
(ekskursiya, poxod, sayohat) va xizmat ko‗rsatishi shartlariga bo‗lgan talablar
majburiy va tavsiyalanuvchilarga bo‗linadi. Barcha turistik xizmatlarga majburiy
bo‗lgan talablar quyidagilar:

hayot va sog‗liq xavfsizligi;

turist va ekskursantlar mulkining saqlanishi;



atrof-muhit muhofazasi.



Turist va ekskursantlar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi. 
Barcha turistik xizmat
turlari iste‘molchilar sog‗ligi, hayoti va mulki uchun xavfsizlik ta‘minlangan
bo‗lishi kerak. Turistik xizmatlar xavfsizligi normal sharoitda bo‗lganidek,
favqulodda holatlar (tabiiy ofat va boshqalar) da ham ta‘minlanishi kerak. Turistik
trassalar ekologik qulay va sanitar-epidemiologik sharoitlari Yaxshi bo‗lgan
hududlarda joylashtirilishi kerak.
Turistik xizmatlarga va xizmat ko‘rsatish sharoitlarga talablar. 
Ko‗rsatilayotgan turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun qo‗shimcha qulayliklarni
o‗z ichiga oluvchi talablarga mos kelishi kerak. Turistik xizmatlar va xizmat
ko‗rsatish sohasiga tavsiya qilinuvchi talablar quyidagilar:

turistik xizmatlar xizmat ko‗rsatiladigan iste‘molchilar xohishi va


jismoniy imkoniyatlariga javob berish kerak;

ijroning aniq va o‗z vaqtida bo‗lishi, iste‘molchilarga ko‗rsatilayotgan


turistik xizmatlar hajmi, muddati va xizmat ko‗rsatish shartlariga ko‗ra, yo‗llanma,
chipta, kvitansiyada ko‗rsatilgan talablarga mos kelishi kerak;



326


majmuiylik (komplekslilik) ko‗rsatiladigan turistik xizmatlar nafaqat


asosiy xizmatlarda balki, qo‗shimcha xizmatlardan (maishiy, aloqa, savdo)
foydalanish imkonini yaratish kerak;

xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning odob-axloqiligi, xizmat ko‗rsatuvchi


xodimlar axloq normalariga rioya etishi kerak, xodimlar iste‘molchilarga nisbatan,
muloyim xushmuomila bo‗lishlari kerak;

qulaylik-turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan qulay


sharoitlarda ko‗rsatilishi kerak, bino loyihalari qulay, ratsional jihozlangan bo‗lishi
kerak;

estetiklik-binolarning badiiy masalalari, turistik korxonaning hududi,


tashkilot marshruti, bino inter‘erlari jihozlanishi mos kelishi kerak, xodimlar tashqi
ko‗rinishi va nutq madaniyati estetik talablariga to‗la mos kelishi kerak;

davomiylilik ya‘ni xizmat ko‗rsatish davomiyligi, turistik va ekskursion


marshrutlar davomiyligi va murakkabligi, ishlatilayotgan transport vositalari va
boshqa xizmat ko‗rsatish vositalari turistlar jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos
kelishi kerak.
O‗zbekistonda turistik xizmatlarni loyihalashtirishda hujjatlarni ko‗rib chiqish
tartibi mavjud. Shuningdek, turistik-ekskursion xizmat ko‗rsatish sohasida
standartlashtirish ob‘ektlari, standartlar kompleksining strukturasi va boshqa
standartlarshtirish bo‗yicha hujjatlarning maqsadi va vazifasini belgilovchi
standart bor.
Menejerlar turistik xizmatlar uchun ishlab chiqiluvchi loyiha materiallari,
korxona va turistik xizmat ko‗rsatish ob‘ektlari (mehmonxonalar, turbaza,
marshrutlar va boshqalar) davlat ekologik ekspertizasidan o‗tishi shart. Xizmatlar
esa amaldagi qonunlar va normativ hujjatlardagi talablarga mos kelishi kerak.
Turistik xizmatlarni loyihalashtirish turistik korxonalar tomonidan amalga
oshirilishi mumkin yoki boshqa tashkilot tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bu
holda manfaati bo‗lgan korxona yoki tashkilot tashabbusi bilan shartnoma tuziladi.
Xizmat ko‗rsatishni loyihalashtirishni asosi bu turistik xizmatlarninig qisqa
bayonidir, ya‘ni bozorni tadqiq etish natijasida aniqlangan, buyurtmachi bilan



327


kelishilgan va ijro etuvchi imkoniyatlarini e‘tiborga olgan talablar majmuasidir.
Shu asosda, u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

xizmatlar tavsifi normalarining belgilanishi;


turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayoni texnologiyasini belgilash;


texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish;


sifat nazorati usullarini aniqlash;


loyiha tahlili;


loyihani tasdiqqa taqdim etish.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin