O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə19/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

3.4.Qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik 
O‗zga mamlakatlarga aniq maqsadlar bilan sayohat qilish Markaziy Osiyo
o‗lkasida qadim zamonlardan rivojlangan bo‗lib, o‗lkamizdagi ilk sayyohlik
ko‗rinishlari «Buyuk Ipak yo‗li» ga borib taqaladi. Bunda milloddan avvalgi II
asrda ochilgan Buyuk Ipak yo‗lini ahamiyati nihoyatda katta bo‗lgan. Bu yo‗l faqat
savdo-sotiq yo‗li bo‗lmay, ayni paytda dunyo xalqlari o‗rtasida madaniy-ma‘rifiy
va ilm-fan taraqqiyoti hamda xalqaro aloqalar yo‗li bo‗lgan.
VII-VIII asrlarda Arablar Movarounnahrni zabt etish yo‗li bilan mahalliy
xalqning urf-odati, dini va e‘tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyatga
o‗z ta‘sirini o‗tkazib, asta-sekinlik bilan islom dini kirib kela boshladi. Mahalliy
xalqning islom diniga o‗tishi bilan Markaziy Osiyoni Arab mamlakatlari Makkayu
Madina bilan bog‗ladi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib,
Movarounnahrliklar o‗z yurtlaridan chiqib, Afg‗oniston, Eron, Iroq, Suriya orqali
o‗tib, Saudiya Arabistondagi Makka va Madinada haj amalini bajarganlar. Bu yo‗l
mashaqqatli, og‗ir, bir necha oy va yillarni o‗z ichiga olgan bo‗lsada, yildan-yilga
hajga boruvchilarning soni ortib borgan.




39


3.5.Tomas-Kuk zamonaviy turizmning asoschisi 
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori
Tomas 
Kuk

birinchilardan bo‗lib sayohatchilarning ommaviy safar


uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab etdi hamda 1843 yilda u
dastlabki temir yo‗l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffakiyatga erishdi. 1851
yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi
ko‗rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‗rgazmaga 165 ming kishini
olib kelishga musharraf bo‗ldi. Ko‗rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli,
Kuk Angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko‗rgazmasiga
ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi bo‗ldi. 1856 yildan boshlab
Evropa bo‗ylab turlar odatiy xolga aylandi, Kukning turistlik agentligi va uning
filiallari tuzildi. Turistlik kompaniyaning misli kurilmagan muvaffakiyatga
erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq
mehmonxonalarning o‗rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk»
turistlik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga etdi.
Evropa va Amerika qit‘alari o‗rtasida muntazam kema katnovi 1832 yilda
yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, 1866 yilda Kuk AQSH ga turistlarning dastlabki ikki
guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo‗lib, besh oygacha davom etgan. Tomas
Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven
bo‗lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu
sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo‗lib industriya asosida
jahon bo‗ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun
jahon bo‗ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot
etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‗z faoliyat
sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun
yo‗l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‗z mohiyatiga ko‗ra asr ixtirosi - xavfsiz
pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan
ortiq turistlik agentliklarga ega bo‗lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat
ko‗rsatadi.


40



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin