52
ketishiga ham sabab bo‗lmoqda. Yuqoridagi BTTning nisbatiga ko‗ra ichki turizm
4 kishiga ega bo‗lishi kerak edi, demak O‗zbekiston sharoitida ichki turizm
salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada emasligini ko‗rsatmoqda.
Ichki
turizm
– O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan
fuqarolarning O‗zbekiston hududi bo‗ylab qiladigan sayohati. Ichki turizm davlat
chegaralarini kesib o‗tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‗liq emas. Milliy
valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‗zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80-
90 foizi ichki turizm ulushiga to‗g‗ri keladi. Unga qilinadigan harajatlar xalqaro
turizm harajatlaridan 5-7 barobar kam bo‗ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH,
Fransiya, Angliyada ommabop hisoblanadi.
Kiruvchi turizm
– O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan
fuqarolarning O‗zbekiston hududi bo‗ylab qiladigan sayohati.
Chiquvchi turizm
– O‗zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan
fuqarolarning o‗zga mamlakatlarga qilgan sayohati.
4.3.Tarixiy obidalar turizmi
Tarixiy obidalar turizmi
–Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent
shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalarni ko‗rishga
qiziqish.
Dostları ilə paylaş: