261
Birinchidan,
turistik firmada boshqaruv haqidagi qarorlarni va bu qarorlarning
bajarilishini menejer boshqaradi. Firmaning to‗g‗ri faoliyat yuritishga ham asosiy
javobgar rahbarlardan biri menejer hisoblanadi.
Ikkinchidan,
menejerning axborotlar bo‗yicha turistik firmani boshqarishi ham
o‗ta ma‘sul, zamonaviy talabdir. Boshqaruvda menejer eng ishonchli axborotlarni
to‗plab tahlil qiladi. Menejer axborotlarni qanchalik
puxta tanlasa va tegishli,
to‗g‗ri qaror qabul qilsa ijroni bajaruvchilar ham firma ishlab chiqarishida aniq,
belgilangan yutuqlarni erishadilar.
Uchinchidan,
menejer turistik firmaning rahbari sifatida ish ko‗rib, firmaning
ichki va tashqi muhitini ijobiy holatda belgilaydi. Menejer
bu tashkilotda alohida
mavqe‘ga ega bo‗lgan ishonchli shaxs. U o‗zining orqasidan odamlarni
ergashtiradi,
odamlar ham uning ish uslubiga, g‗oyasiga ishongani uchun unga
ergashadilar.
Mehmonxona biznesi boshqaruvning yuqori darajadagi innovatsiyani cheklab
qo‗yadi yoki o‗zlarini menejerlari bilan birga xizmat ko‗rsatish xodimlari o‗z
zimmalariga olganini yaxshilash bo‗yicha javobgarlikni e‘tiborga olmaydi, albatta
o‗zining tashkiliy o‗rganish va bilim bazalarini cheklab qo‗yadi va shu sababli u
biznesni eskirishi (ishdan chiqishiga)
olib keladi
48
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy turizmda turistik firmaning
zamonaviy menejeridan quyidagilar talab qilinadi:
o‗z-o‗zini boshqarish qobiliyatiga ega bo‗lishi;
aql-farosat hislatlariga ega bo‗lishi;
aniq shaxsiy maqsadlari bo‗lishi;
o‗z-o‗zini har xil jihatlarda o‗stirib, kamol toptirib borishi;
muammolarni yechish ko‗nikmalarining bo‗lishi;
innovatsiyalarni to‗g‗ri qabul qilishi;
atrofdagilarga ta‘sir qila bilishi;
zamonaviy boshqaruvga yondasha bilishi;
48
By Arturo Cuenllas. Innovation in hospitality management. Madrid. Spain.2012 y. –р 6.
262
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‗lishi;
ishlovchilarini o‗qita bilishi;
mehnat jamoasini shakllantirish va rivojlantirish qobiliyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: