Turizm faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan
amalga oshiriladi:
turizm industriyasi sohasidagi munosabatlarni takomillashtirishga
yo‗naltirilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni yaratish;
ichki va jahon turizm bozorlarida turizm mahsulotini siljitishga
hamkorlik qilish;
turistlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini
ta‘minlash;
turizm industriyasida standartlash, litsenziyalash, turizm mahsulotini
sertifikatlash;
turizmni rivojlantirish manfaatlarini hisobga olgan holda O‗zbekiston
Respublikasiga kirish, O‗zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‗zbekiston
Respublikasi hududiga tashrif buyurish tartiblarini belgilash;
turizmni rivojlantirishda davlatning maqsadli dasturini ishlab chiqish va
amalga oshirishga bevosita byudjet ajratmalarini ko‗paytirish;
turizm industriyasiga investitsiyalar kiritish uchun qulay sharoitlarni
yaratish;
soliq va bojxona tizimini tartiblashtirish;
O‗zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyati bilan shug‗ullanuvchi
va O‗zbekiston Respublikasi hududida turizm bilan shug‗ullanish uchun chet el
fuqarolarini jalb etuvchi turoperator va turagentlarga imtiyozli kreditlar taqdim
etish, soliq va bojxona imtiyozlarini berish;
turizm faoliyatida kadrlar tayyorlashga hamkorlik qilish;
turizm industriyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
xalqaro turizm dasturlarida O‗zbekiston turistlari, turoperatorlari,
turagentlari va ularning birlashmalari ishtirokiga hamkorlik qilish;
kartografik mahsulotlar ta‘minotini yaratish;
278
O‗zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda qo‗llaniladigan
boshqa usullar.
Dostları ilə paylaş: |