Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo‘yicha
Idoralararo Kengash tuzilib,
ushbu Kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida
quyidagilar belgilab berildi:
282
a)
turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish;
b)
jahon andozalari darajasida kichik va o‗rta mehmonxonalar, motellar va
kempinglar tarmog‗i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
d) sayr-tamoshalar zamonaiy industriyasini, madaniy va sport –
sog‗lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko‗maklashish;
e) noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy – madaniy merosini keng ko‗lamda
targ‗ib qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;
h) turizm tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-texnikaviy va investitsiya
siyosatini o‗tkazish;
i) turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta‘minlash.
Yurtimizda turizm ishini yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni
takomillashtirish, turizm xizmatlari bozorida kichik turistik tashkilotlarining
qatnashishini faollashtirish, xorijiy sarmoyadorlarni turizm sohasidagi faoliyatga
keng jalb qilish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-
yil 8-avgustda «Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish
to‗g‗risida» Qaror qabul qildi. Qarorda Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi
(bundan buyon – XSTU) ni tashkil etish va uni «O‗zbekturizm» MK tarkibiga a‘zo
sifatida kirishi belgilab berildi. XSTU faoliyatining asosiy yo‗nalishlari etib
quyidagilar belgilandi:
«Buyuk Ipak yo‗li» ni tiklashda, respublikada turizmning zamonaviy
infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
uyushma a‘zolari bo‗lgan xususiy turizm tashkilotlariga ko‗maklashish va
ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o‗tkazish;
xususiy turizm tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy sarmoyadorlarni va
mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‗larini jalb qilish;
«O‗zbekturizm» MK da, davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida
uyushma a‘zolari bo‗lgan xususiy sayyohlik tashkilotlarining manfaatlarini
ifodalash;
283
uyushma a‘zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam ko‗rsatish;
turizm biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga va ularni qayta
tayyorlashga ko‗maklashish.
«O‗zbekturizm» MK tomonidan Vazirliklar, korxonalar, tashkilotlarning
taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda O‗zbekiston davlat standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi 1998-yil 31-dekabrda ro‗yxatdan
o‗tkazgan «Mehmonxonalar klassifikatsiyasi» ishlab chiqildi. Mazkur standart
kamida 10 nomerga ega bo‗lgan mehmonxonalar, motellar, kempinglar, turistik
bazalar, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasiga kelayotgan turistlar va
fuqarolarning boshqa vaqtincha yashab turish joylarining klassifikatsiyasini
belgilaydi.
Unda
shuningdek,
ishlatiladigan
asosiy
terminlarning
sharhi,
mehmonxonalarga qo‗yiladigan umumiy talablar, ularning javobgarligi, turli
toifadagi mehmonxonalarga qo‗yiladigan talablar haqida batafsil ma‘lumotlar
berilgan. Ayniqsa, turli toifadagi mehmonxonalarga qo‗yiladigan talablarda: bino
va unga tegishli hudud, texnik jihozlar, nomerlar fondi, texnik ta‘minot, mebel va
boshqa jihozlar ta‘minoti, jihozlash va nomerlardagi sanitariya-gigiyena
buyumlari, umumiy foydalanish sanitariya ob‘ektlari, jamoat joylari, ovqatlanish
xizmatlari ko‗rsatish joylari, xizmatlar, ovqatlanish xizmatlari, xizmatchilar va
ularni tayyorlashga bo‗lgan talablar haqida 1-5 yulduzli mehmonxonalarga xos
aniq vazifalar berilgan.
1999-yil 20-avgustda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
«Turizm tug‗risidagi» Qonun qabul qilindi. Bu qonun asosida turizm sohasidagi
bozor munosabatlari uzil-kesil yo‗lga qo‗yildi hamda dunyo bozori bo‗yicha
raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi.
O‗zbekistonda turizm sohasini yangi bosqichga kutarishda Respublika
Prezidentining
1999-yil
15-apreldagi
«2005-yilgacha
bo‗lgan
davrda
O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to‗g‗risida» gi Farmoni
alohida ahamiyatga egadir. Ushbu Farmon millatlararo aloqalarni kengaytirish va
mustahkamlashga ko‗maklashish hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo‗shilish,
284
O‗zbekistonning madaniy-tarixiy va ma‘naviy merosini jahon hamjamiyatiga
targ‗ib qilish, shuningdek, turistlarga xizmat ko‗rsatish sifatini xalqaro andozalar
darajasiga ko‗tarish maqsadida qabul qilinib, 2005 yilgacha bo‗lgan davrda
O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi va uni amalga oshirish
bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibi tasdiqlandi.
Farmonda mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, turistik tashkilotlar xorijdan
keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari, turizm maqsadlariga
mo‗ljallangan transport vositalari uchun bojxona bojlari to‗lashdan uch yil
muddatga ozod qilinishi ko‗rsatib o‗tildi. Shuningdek, «O‗zbekturizm» MK
tizimidagi korxonalarga xorijiy turistlarga erkin ayirboshlanadigan valyuta
hisobidan turistik xizmat va qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish huquqi berilib, buning
uchun maxsus kassalar ochilishiga ruxsat berildi.
«Umid» jamg‗armasi har yili studentlarni turizm industriyasi mutaxassisliklari
bo‗yicha yetakchi xorijiy mamlakatlarga ta‘lim olish uchun yuborishni ko‗zda
tutishi ko‗rsatib o‗tildi. O‗zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar, Moliya va
Madaniyat ishlari vazirliklarining va «O‗zbekturizm» MKning O‗zbekiston
Respublikasining AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va
Italiyadagi elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‗yicha maslahatchi
lavozimi birliklarini joriy etishlariga ijozat berildi.
Ushbu Davlat dasturi olti bo‗limdan iborat bo‗lib, 1-bo‗lim: «Turizmning
me‘yoriy – huquqiy bazasini shakllantirish»,-deb nomlanib, unda O‗zbekiston
Respublikasining «Turizm to‗g‗risida» gi Qonunini tayyorlash, fuqarolarimizning
xorijga chiqishi va O‗zbekistonga xorijiy fuqarolarning kirishi haqidagi takliflarni
o‗rgangan holda, xorijiy turistlar uchun boj, viza va boshqa hujjatlarni
rasmiylashtirish
Nizomiga
o‗zgartirishlar
kiritish;
Dostları ilə paylaş: |