Xalqaro turizm.
Turistlar oqimini ta‘minlab beruvchi asosiy mamlakatlar.
Xalqaro va ichki turizm bozorlari.
Xalqaro turizm rivojlanishining O‗zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri.
O‗zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish xolati.
302
uchun dam olish uylari,
turistik bazalar, kempinglar zamonaviy talablarga javob
bera olmas edi,chunki ularni ta‘mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq
Markaz tomonidan ko‗rib chiqilar edi.
Mustaqillikka erishgandan so‗ng bu holatga, shuningdek, xalqaro turizm
sohasidan olingan daromadning barchasini respublika
tashqarisiga olib chiqib
ketilishiga chek qo‗yildi. O‗zbekiston xalqaro turizm sohasida bozor
munosabatlari amal qila boshladi, davlatning ko‗plab turistik korxonalari
xususiylashtirildi, turistik mahsulot yaratish hamda shu kabi mahsulotga mustaqil
narx belgilash erkinligi yaratib berildi.
Natijada turistik xizmatlar bozorida korxonalar o‗rtasida sog‗lom
raqobat
yuzaga keldi. «O‗zbekturizm» Milliy Kompaniyasining vujudga kelishi va bu
tashkilotning 1993-yili Butunjahon turizm tashkilotiga a‘zo bo‗lib kirishi
O‗zbekiston xalqaro turizmi taraqqiyotida qo‗yilgan ulkan qadam bo‗ldi.
Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko‗tarish va samarali faoliyat
ko‗rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.
O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmni rivojlantirish borasida ishlab
chiqilgan yana bir muhim hujjatlar qatoriga O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‗li»ni qayta tiklashda
O‗zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni
rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni hamda mazkur
farmonni amalga oshirish maqsadida e‘lon qilingan O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi «O‗zbekiston Respublikasida
xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo
etish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarorini xalqaro turizmni rivojlantirish dasturi sifatida kiritish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: