O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Xalqaro turizmni rivojlantirishda «Buyuk Ipak yo„li»ni va xalqaro



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə173/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

20.2.Xalqaro turizmni rivojlantirishda «Buyuk Ipak yo„li»ni va xalqaro 
turizm yarmarkalarning o„rni.
O‗zbekiston xalqaro turizmining rivojlanishida «Buyuk Ipak Yo‗li» ning
tutgan o‗rni va mohiyati nihoyatda cheksiz. Bir necha asrlar davomida ushbu



303


zaminning G‗arb va Sharqida istiqomat qilgan xalqlarni Janubiy-Sharqiy Osiyodan
to O‗rta yer dengizi mamlakatlarigacha cho‗zilgan va «Buyuk Ipak Yo‗li» deb nom
olgan savdo-sotiq yo‗li bir-biri bilan bog‗lab turar edi. Bu yo‗lga «Ipak Yo‗li», deb
nom berilishining asosiy sababi, bu yerda tashiladigan mahsulotlarning asosiy
qismi ipak matolari va mahsulotlari bo‗lganligidandir. Ipak tayyorlash bilan
bog‗liq bo‗lgan sir-asrorlarni Xitoy ustalari ming yillar davomida boshqa
davlatlardan yashirib kelgan.
Ammo «Buyuk Ipak Yo‗li» orqali tashilgan mahsulotlar faqat ipakdangina
iborat bo‗lmay, balki bu yo‗l orqali bronza, chinni, jun, xom ashyolar va ulardan
tayyorlangan buyumlar ham edi. «Buyuk Ipak Yo‗li» qariyib ikki ming yillik
tarixga ega bo‗lib, bu yo‗l asosan Italiyadan tortib Turkiya orqali Iroq va Eronga
borgan. U yerdan esa Markaziy Osiyo hamda Shimoliy Pomir orqali o‗tib Qashqar
va Yorkentgacha yetgan. Bu yerda yo‗l ikkiga ajralgan hamda shimol tomondan
Takla-Makon sahrosini aylanib o‗tib, Lobnor ko‗li yaqinida yana qo‗shilgan va
Xitoygacha borgan.
Buyuk Ipak Yo‗lida Turkiston hududi yetakchi rolni bajarib kelgan. Ushbu
hududdagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Xo‗jand, Chorjuy kabi qator
shaharlar ipak yo‗lidagi asosiy manzillar bo‗lgan. O‗zbekiston o‗zining qo‗lay
geografik o‗rni tufayli bu tarixiy yo‗lda markaziy o‗rinni egallagan. «Buyuk Ipak
Yo‗li» ko‗p asrlar davomida kishilik madaniyatining vujudga kelishida katta o‗rin
egallagan.
Uning tarixda tutgan o‗rni hamda ahamiyatini tiklash, bu yo‗lda turizmni
rivojlantirish kabi maqsadlarni mo‗ljallab, 1994-yilning oktabr oyida Birlashgan
Millatlar Tashkiloti va uning nufuzli tashkiloti YUNESKO ishtirokida
O‗zbekistonda Butunjahon turistik tashkilotining kengashi bo‗lib o‗tdi. Kengash
a‘zolari Ipak yo‗li bo‗ylab turizm faoliyatini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan
Samarqand Deklaratsiyasini qabul qildi. 1995-yilning oktyabr oyida Toshkent
shahrida «Ipak Yo‗lida turizm» nomi bilan birinchi marotaba Xalqaro turistik
yarmarka o‗tkazildi. Shundan keyin ushbu xalqaro turistik yarmarka har yili
muntazam ravishda o‗tkazilib kelinmoqda.



304


Bu xalqaro turistik yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar xalqaro
turizmni yanada rivojlantirish, Respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini ishga
solish hamda «Buyuk Ipak Yo‗li»ga xos bo‗lgan qadimiy an‘analarni tiklashga
keng yo‗l ochib bermoqda. Toshkent shahrining «O‗zekspomarkaz»da «Xalqaro
turizm ko‗rgazmasi–2013» bo‗lib o‗tdi.
Ko‗rgazmada jami 655 ta kompaniyalar va 24 ta davlatdan kelgan (Fransiya,
Shveysariya, Ruminiya, Chexiya, Turkiya, Isroil, Italiya, BAA, Eron, Hindiston,
Xitoy, Tailand, Malayziya, Singapur, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‗iston,
Turkmaniston, Qirg‗iziston va boshqa davlatlar) 65ta xorijiy kompaniyalar ham
o‗z xizmat turlari bilan ishtirok etdi. Bu yilgi ko‗rgazmga yana ikkita yo‗nalish,
ta‘lim va geoturizm yo‗nalishlari ham kiritilgan edi.
Ko‗rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni o‗n ikki ming nafardan oshib ketdi.
Yarmarka sayyohlarni qabul qilish va ichki turizm, ekoturizm, faol va sarguzashtli
turizm, ekskursiyaviy va sog‗lomlashtirish turizmi, turistik ma‘muriyatlar va milliy
ofislar, turistik agentliklar va turoperatorlar, otellar, sanatoriya-kurort majmualari,
dam olish maskanlari, havo yo‗llari va yo‗lovchi tashuvchilar, uyushmalar, ta‘lim
muassasalari, muzeylar, teatrlar, transport va sug‗urta kompaniyalari, onlayn-
bronlashtirish tizimlari kabi keng qamrovga ega ekspozitsiyalarni o‗zida
birlashtirgan.
Shuningdek, turistik yarmarkasi Yakunlariga ko‗ra, «Eng Yaxshi turistik
yo‗nalish», «Eng Yaxshi turistik kompaniya», «Eng Yaxshi turistik imkoniyatlar».
«Eng Yaxshi ko‗rgazma stendi», «O‗zbekiston hududlari ichida eng Yaxshi
taqdimot», «Eng Yaxshi hudud stendi», «Eng Yaxshi mehmonxona taqdimoti»
kabi nominatsiyalar bo‗yicha g‗oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‗alari
topshirildi.
Bundan tashqari, ko‗rgazmaning ta‘lim turizmiga bag‗ishlangan yangi bo‗limi
boshqa mavzuga oid yo‗nalishlar ichida o‗z bilimini yanada oshirishga intiluvchi
yosh avlod vakillari orasida katta qiziqish uyg‗otdi. Unda respublikamizda ushbu
sohaga kadrlarni yetishtirib berayotgan yetakchi oliy va o‗rta maxsus o‗quv
yurtlari – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis



305


instituti,Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, poytaxtdagi kasb-hunar
kollejlari, «O‗zbekturizm» MK respublika ilmiy-o‗quv konsalting markazi
vakillari ishtirok etib, sayyohlik sohasida milliy kadrlarni tayyorlash tizimi bilan
yaqindan tanishtirdilar.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin