20.3.Turistlar oqimini ta‟minlab beruvchi asosiy mamlakatlar Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‗zbekistonda xalqaro turizm sohasini
rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga kelganligi,
turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuvi, mamlakat
iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma‘lumki, xalqaro turizm sohasi mamlakat
byudjeti uchun zarur bo‗lgan valyuta tushumini ta‘minlash, yangi ish joylarini
vujudga keltirish va shu bilan birgalikda aholining turmush darajasini ko‗tarish
uchun xizmat qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining
kattaligi bilan qo‗shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi.
O‗zbekistonning geografik o‗rni, nihoyatda qulay, tabiiy iqlim sharoitiga ega
ekanligi, insoniyat madaniy taraqqiyotida ham katta o‗rin tutadi. O‗zbekiston
betakror, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil
milliy taomlari, ajoyib milliy an‘analari, urf-odatlariga ega bo‗lgan mehmondo‗st
xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e‘tiborini o‗ziga tortadi va ularni
O‗zbekistonga yana qayta kelishiga undaydi.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda O‗zbekistondagi siyosiy barqarorlik,
tinchlik- totuvlik muhim ahamiyatga ega bo‗lmoqda. O‗zbekiston Respublikasiga
2005–2013-yillarda tashrif buyurgan fuqarolarning oqimi qo‗yidagi 20.1-jadvalda
ifodalangan.
20.1-jadval O„zbekiston Respublikasiga 2005 –
2013- yillarda tashrif buyurgan fuqarolarning oqimi (rasmiy ravishda deklaratsiyadan o‗tgan, kishi hisobida)
№
Davlatlar nomi
O„zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan fuqarolarning soni