O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti


O„zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanish holati



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə179/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

20.6.O„zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanish holati 
O‗zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizmni rivojlantirish
chora-tadbirlari davlat tomonidan belgilangan bo‗lib, iqtisodiy aloqalarni yanada



311


rivojlantirish uchun turli bitimlar, kelishuvlar amalga oshirilgan va oshirilmokda.
Bugungi kunda xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
ishlar qo‗yidagilardan iborat bo‗lmoqda:

xalqaro turizmda kichik tadbirkorlik faoliyatidan keng foydalanish va


xalqaro bozorlarga chiqishga intilish;

mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan mamlakatlarni


O‗zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilish;

turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda bir yilda kamida


bir marta malaka oshirishga y

uborish, o‗qitish, ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga


sifatli xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish;

respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o‗tkaziladigan


turistik yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta‘minlash;

xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni Yaxshilash,


birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo‗shma korxonalar tuzish va
ular faoliyatini keng yo‗lga qo‗yish;

ichki turistik bozorda o‗zaro raqobatni yanada kuchaytirish va boshqa


tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Xalqaro turizmni rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyoti uchun g‗oyatda zarur
bo‗lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turizm sohasi orqali aholining
moddiy farovonligini Yaxshilash, ularni doimiy ish bilan ta‘minlash maqsadida
yangi ish o‗rinlarini tashkil qilish lozim bo‗lmoqda.
O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning rivojlanishi, unga bo‗lgan
munosabatning ijobiy tomonga siljishi bilan belgilanmoqda. Respublikamiz
sharoitida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
turizmning imkoniyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda katta bo‗lib
hisoblanadi. Shu tufayli respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish jarayoni tadbirkorlarga keng yo‗l ochishi
bilan birga, uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug‗dirmoqda.



312


Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida asosiy omillardan biri
tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy adolatdan iboratdir. O‗zbekiston
hozir Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan
davlatlardan biri bo‗lib, o‗ziga xorijiy investorlarni, ishbilarmonlarni va
turistlarni jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi.
O‗zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho beradigan bo‗lsak,
uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini
ko‗ramiz, bu haqida respublika hududida mavjud bo‗lgan to‗rt mingdan ortiq
qadimiy me‘morchilik, monumental san‘at yodgorliklari dalolat beradi.
O‗zbekiston tarixiy me‘morchilik yodgorliklarning umumiy soni bo‗yicha
jahondagi yetakchi o‗nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to‗rtta yirik shaharlari
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati
yodgorliklari markazi sifatida tan olingan va xalqaro tashkilot tomonidan
muhofazaga olingan

Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy obidalar bilan
bir qatorda dam olish va madaniy hordiq chiqarish uchun xizmat qiladigan turistik
ob‘ektlarning ham mavjudligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.


313



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin