71
yillarida imperator Tit tomonidan qurilgan. Ellips shaklidagi inshoot balandligi 57
metr. Unga 50 ming tomoshabin bemalol sig‗adi. O‗rindiqlar toshdan ishlangan.
Imperator o‗rindig‗i sahna bilan teng bo‗lgan (ya'ni 3,5 metr balandlikda). Kolizey
sahnasida bayram tantanalari,
teatr tomoshalari, gladiatorlar janglari va
qurbonliklar o‗tkazilgan.
Hindiston Tojmahali
Temuriylar avlodlari tomonidan Hindiston zaminida bunyod etilgan ushbu
me'moriy yodgorlik 1631-52 yillarga mansubdir. U Agra shahri yaqinidagi Jamna
daryosi bo‗yida Shoh Jahonning Arjumandbonuga bo‗lgan muhabbati ramzi
o‗laroq qad ko‗targan. Shoh Jahonning o‗zi ham
keyinchalik shu yerda dafn
etilgan. Inshoot murabba tarxli bo‗lib, 3 qavat va 5 gumbazdan iborat. Bino
marmar supa ustiga qurilgan, to‗rt tomonida balandligi 45 metr bo‗lgan minoralar
barpo etilgan. Oq marmardan ishlangan devorlarga aqiq, marvarid, sadaf, qahrabo,
zumrad, yoqut, fil suyagi kabi qimmatbaho toshlardan qadama naqshlar ishlangan.
Iordaniyadagi Petra majmuasi
U qoyalarni o‗yib ishlangan ibodatxonalar, maqbaralar, turar joy binolari, 3 ming
kishilik teatr va boshqa binolarning betakror majmuasidir. Eramizdan avvalgi III
asr va eramizning I asrida bunyod etilgan. Majmua 3 kv. km. bo‗lib, unda 1000
dan ortiq o‗yma inshootlar mavjud.
Iso haykali
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Korkovadu tog‗ida joylashgan. U g‗olib
yodgorliklarning eng yoshi - 1931 yilda bunyod etilgan. 700
metr balandlikda
joylashgan haykalning balandligi 8 metr.
Dostları ilə paylaş: