65
energoinformatsiyali, tabiatdan o‗ziga xos maydon va landshaft sifatida
foydalanish bo‗lib,
bu resurslar madaniy, ziyorat kabi turizm turlarini
rivojlantirishga asos bo‗lib xizmat qiladi.
Rekreatsiya sifatida foydalanish turiga ko‘ra:
mineral suvlar;
botqoqlar;
tuzlar;
o‗rmonlar;
daryo sohillar;
buloqlar;
tabiatdagi so‗lim joylar.
Resurslarning davomiylik darajasiga ko‘ra:
tugaydigan tabiiy resurslar, ular o‗z navbatida yangilanib turadigan
(chuchuk suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar)
turlarga bo‗linadi.
tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz
to‗lqinlari, suvlari kiradi.
O‘zi qayta tiklanishi va o‘sishi imkoniyatiga ko‘ra:
qayta tiklanadigan resurslar, bunga o‗rmonlarni misol keltirish mumkin,
o‗rtacha 20-30 yilda qayta tiklanadi.
qayta tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‗rinni rekreatsiya resurslari egallaydi,
ular mamlakat aholisini hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun xizmat
qiladi. Tabiiy resurslardan to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanish natijasida bir qancha
muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‗g‗ri foydalanish, ko‗plab
rejasiz qurilishlarni amalga oshirish tufaylidir. Natijada tizim muvozanati buzilib,
ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‗lmoqda.
Madaniy – tarixiy resurslar
66
Ma‘lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy –
madaniy
resurslari salohiyati asosiy o‗rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy
resurslardan ko‗p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning
jozibadorligi, ularning tarixiy va tasviriy bahosidan foydalanish qulayliliga bog‗liq.
Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya‘ni antropogen
yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy
obidalarning tez buzilishiga olib keladi.
Madaniy –
tarixiy resurslar, moddiy va madaniy turli yodgorliklar majmuasi
ma‘lum mintaqaning turistik qiziqish ob‘ektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmning rivojlanishiga
sabab bo‗ladi.
Ammo oxirgi paytlarda, turistik oqimning oshishi ayrim
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Madaniy – tarixiy resurslarni turizm
maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish
ob‘ektlari sifatida qayta tiklash;
tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof – muhitni saqlash va
Yaxshilashda boshqaruv tashkilotlari ma‘suliyatini oshirish.
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy ob‘ekt va yodgorliklar
asosiy o‗rinda turadi. «Madaniy ob‘ekt» deyilganda quyidagilar tushuniladi:
yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy,
madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g‗orlar, tarixiy yozuvlar;
ansambllar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o‗zaro
bog‗langan binolar guruhi. Masalan Registon, Shoxizinda, Xazrati Imom ansambli;
inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy
ahamiyatga ega bo‗lgan, o‗ziga jalb qiluvchi o‗ziga xos joylar.
Butunjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritiladigan ob‘ektlarning quyidagi
xususiyatlari hisobga olinadi:
inson ijodining noyob namunalari;
67
ajoyib madaniy, arxitektura ob‘ektlari hamda madaniy landshaftlarning
alohida
ahamiyatga ega hududlari;
zamonaviy sivilizatsiyaning noyob namunalari, qurilishlari;
inson tarixi bilan bog‗liq binolar yoki arxitektura ansambllari,
landshaftlari.
Tabiatning noyob ko‗rinishlarini butunjahon ro‗yxatiga kiritiladigan
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
yer qatlamining shakllanishida geologik-geomorfologik jarayonlar
asosida shakllangan yodgorliklar;
turli-tuman o‗ziga xos ekosistemalar, landshaftlar;
ma‘lum mintaqaning o‗ziga xos o‗simlik va hayvonlari;
kamyob biologik turlari.
Dostları ilə paylaş: