60
chog‗lik, sport kabilar kiradi. Aktiv turizmga har xil sarguzashtli sayohatlarni ham
kiritish mumkin: sarguzashtli turizm (adventure tour), ekzotik joylarga,
vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi.
Odatda bu ekzotik va ekologik
jihatdan toza tabiiy hududlar, g‗arb sayohatlari,
noan‘anaviy transport vositalari bilan bog‗liq bo‗lgan, biror-bir qolipga tushmagan
turizmdir. Ba‘zi holatlarda bu xildagi turizm jiddiy jismoniy zo‗riqishlar (extgeme
tour) bilan bog‗liq bo‗ladi. Turistdan mustahkam sog‗liq va dovyuraklik talab
qilinadi. Masalan, Koloradaning toshqin daryolarida qayiqlarda sayr qilish,
Shimoldagi mamalakatlarda itlar tortadigan chanalarda va tog‗-chang‗i
kurortlaridagi dam olish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Ularda qatnashish
uchun turistlar oldindan ma‘lum ko‗nikmaga va jismoniy tayyorgarlikka ega
bo‗lishlari kerak bo‗ladi.
Turizmning passiv turiga
turistik sayohatning tinchroq va kam kuch sarf
qilinadigan, jismoniy zo‗riqishga xos bo‗lmagan turi kiradi. Bu tur bir maromda
dam olishga moslashgan shaxslarga mo‗ljallangan, tanishish turizmi bo‗lib,
davolovchi xarakterdagi sog‗lomlashtiruvchi
xususiyatlardan iborat, ya‘ni turli
sanatoriy va kurortlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Bunday turdagi turizm
ko‗proq yosh farzandli oilalarga, katta yoshdagi turistlarga va nafaqaxo‗rlarga
tegishli bo‗ladi.
Hozirgi paytda O‗zbekistonga kiruvchi va chiquvchi
fuqarolarning jami
maqsadlari bo‗yicha amalga oshirilgan sayohatlardagi bevosita turistik maqsadlar
bo‗yicha tashriflarning ulushi 3.2- jadvalda ifodalangan.
3.2 va 3.3-jadvalardan, amalga oshirilayotgan tashriflar qiyosiy tahlili
shundan dalolat beradiki, tashriflarning turistik maqsadlarda qilingan safarlar
bo‗yicha ma‘lumotlari dunyoda 51% ni, Rossiyada 10% ni va O‗zbekistonda 7,6%
ni tashkil qilmoqda. Bunda kiruvchi oqim uchun mahalliy
turizm industriyasi
taklifi nuqtai nazaridan ham, ichki turizmda iste‘mol jihatidan ham jami amalga
oshirilgan tashriflarning safar maqsadiga ko‗ra qarindoshlarga tashrif bilan xordiq
olishi 78,0 %ni tashkil etgan, keyingi o‗rinlarda esa
bevosita turistik maqsadlar
bilan keluvchilar 7,6% ni tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun dunyodagi
61
fuqarolarning tashrif maqsadlari bo‗yicha tahlili, unda bevosita turistik maqsadlar
bilan keluvchilar 51% ni tashkil etgan (3.3-jadval).
3.2-jadval
Dostları ilə paylaş: