54
Ilmiy turizm.
O‗qish, ta‘lim olish maqsadida,
malaka oshirish maqsadida
safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta‘lim
olish uchun safar qilish O‗zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan
biri bo‗lib hisoblanadi. Ushbu safarlarning ommabop bo‗lib borayotgan turi bu
xorijiy til o‗rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga
va boshqa ingliz tilida
so‗zlashadigan davlatlarga safarlarni amalga oshirish.
Hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‗otayotgan
sport turizmining
asosiy
maqsadi turistlarga o‗zlari tanlagan sport turi bilan shug‗ullanishga imkoniyat
yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi:
turli
inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo‗llar, sport maydonchalarini,
asbob-
uskunalarni talab etadi. Sport turizmi bo‗yicha sayohatlarga qo‗yiladigan asosiy
talablardan biri bu- dam oluvchilarning xavfsizligini ta‘minlash hisoblanadi. Sport
turizmining sayohatlari safarlarning maqsadiga bog‗liq ravishda 2 turga bo‗linadi:
aktiv va passiv ravishda bo‗lishi mumkin.
Shop-turlar
Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi (MDH) davlatlari
uchun xos bo‗lgan xorijga tashrifning asosiy maqsadi bo‗lib, ushbu mamlakatda
tanqis bo‗lgan xalq iste‘mol tovarlarini harid qilish va uni o‗z mamlakatida sotish
hisoblanadi (poyafzal,
trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar –
Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan; mebel va jihozlar – Dubay, Xitoy va
Italiyadan; tele-radio mahsulotlar – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoydan;
avtomashinalar –Germaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklaridan).
Dostları ilə paylaş: