53
sog‗lomlashtiruvchi – davolovchi tashkilotlar,
kurort zonalarida, shifobaxsh
suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh
mineral suvli
kurortlarda) olib boriladi. Turistik sohaga ixtisoslashtirilgan sog‗lomlashtirish
maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida mineral suvlarni ichish yoki mineralli
va oltingugurt vodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlari belgilanadi. Bunga
misol tariqasida chet el shifobaxsh suvli kurortlaridan –
Rossiyadagi Kavkazda
joylashgan Kislovodsk, Jeleznovodsk, Pyategorsk, Yesentuki; Vishi, Vittel va Eks-
le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, Visbaden va Baden-Baden (Germaniya);
Karlava Vari (Chexiya); Spa (Belgiya); Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa
(Turkiya); Atami (Yaponiya) termal buloqlarining
kattagina qismini keltirish
mumkin.
O‗zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan holda,
Farg‗ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob»,
«Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Abu Ali Ibn Sino»,
Buxorodagi «Sitorai Mohi-Xosa» va Toshkent viloyatida joylashgan «Chinobod»
hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash
dam olish imkoniyatiga ega
bo‗lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: