55
viloyatlarimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo‗la oladi. Ayniqsa,
musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy,
Bahouddin
Naqshband, Abduholiq G‗ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A‘zam, Hakim
at-Termiziy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim
o‗ringa ega bo‗lmoqda.
Qo‘msash, sog‘inish turizmi
– bu asosan qarindosh yoki do‗stlarini ko‗rishga
mo‗ljallangan bo‗lib, o‗z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko‗ra ko‗chib ketgan
kishilar bilan bog‗liqdir. Ko‗chib ketganlar shartli ravishda ikki turga bo‗linadi:
majburiy ko‗chganlar, o‗zlarining tarixiy yerlarini diniy, harbiy yoki
siyosiy sabablariga ko‗ra tashlab ketganlar.
o‗z xohishlari bo‗yicha ko‗chganlar – Yaxshi hayot izlab o‗z yurtlarini
tashlab ketganlar.
Majburiy ko‗chganlar – sayyoramizda ko‗pchilikni tashkil qiladi. Aholi
migratsiyasi
iqtisodiy, siyosiy va diniy omillar ta‘sirida bo‗ladi. Bunga misol
tariqasida, Sobiq Ittifoq davrining 1940- yillarida amalga oshirilgan majburiy qator
millatlar bo‗lgan qrim-tatarlar, Kavkaz
orti mamlakatlari fuqarolari, nemislar,
yahudiylar, turklarning ko‗chib kelishlari va o‗z yurtlariga qayta ko‗chib
ketishlarini keltirish mumkin.
Qo‗msash turizmga yaqqol misol bo‗lib, O‗zbekistonda Sobiq ittifoq davrida
yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh urug‗lari respublikamizning
turli shaharlarida faoliyat ko‗rsatib kelayotgan qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar
va boshqa millatga mansub bo‗lgan aholini ko‗rsatishimiz mumkin.
Ekoturizm
deganda, nafaqat ma‘rifiy-ma‘naviy maqsadlarni ko‗zlagan
holda
betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‗simlik dunyosiga sayohat, balki
ijtimoiy-iqtisodiy
masalalarni
amalga
oshirilishi
yordamida
ekologik
muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog‗liq majmualar yig‗indisini
tushunamiz. (O‗zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi. //
Ekologiya xabarnomasi. № 6, 2007 y.).
Dostları ilə paylaş: