51
Geografik va turistik talab yo‗nalishi bo‗yicha turizmning quyidagi turlarini
ko‗rsatish mumkin: «Milliy», «Xalqaro», «Hududiy (mintaqaviy)»,
«Ichki»,
«Kiruvchi» va «Chiquvchi».
Xalqaro turizm
–
mamlakat fuqarosining chet davlatlarga turistik
maqsadlarda chiqishi va chet davlat fuqarolarining turistik maqsadlar bilan ushbu
davlatga tashrif buyurishi hisoblanadi. Xalqaro turist tushunchasiga ko‗ra, tashrif
buyurgan xorijiy davlatga 24 soatdan kam bo‗lmagan
muddatga kelgan va
malakaviy faoliyatiga haq to‗lanmaydigan vaqtinchalik tashrif buyurgan turistlar
kiradi.
Milliy turizm -
ichki va chiqish turizmini o‗z ichiga oladi,
bunda rezident
shaxsning mamlakat ichida va undan tashqaridagi ichki yoki tashqi
sayohatchilarning bir qismi sifatidagi faoliyatlari tushuniladi.
10
Turistik oqimlarning yo‗nalishi bo‗yicha turizm turlari «Kiruvchi» va
«Chiquvchi» toifalariga bo‗linadi. Ko‗pgina rivojlangan
mamlakatlarda turizm
turlari uyg‗un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat
saqlanadi.
Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti
(BTT) ishlanmalari bo‗yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi:
1 ta kiruvchi turist
–
1 ta chiquvchi turist
–
4 ta ichki turist.
Ushbu nisbatning O‗zbekiston bo‗yicha o‗tkazilgan
tadqiqotlar natijasiga
ko‗ra, har bitta kiruvchi turistga 1,4 nafar chiquvchi turist to‗g‗ri kelib, shularga
nisbatan ichki turistlar soni 3,5 nafar turistni tashkil etmoqda.
1 ta kiruvchi turist
–
1,4 ta chiquvchi turist
–
Dostları ilə paylaş: